Salomatlik Goʼzallik Husnni buzadigan toshma – husnbuzar toshishining oldini olishga yordam beradigan odatlar

Husnni buzadigan toshma – husnbuzar toshishining oldini olishga yordam beradigan odatlar

O'qildi: 379


Husnni buzadigan toshma – husnbuzar toshishining oldini olishga yordam beradigan odatlar

Husnbuzar toshishi nafaqat ayollar va o‘smirlar, balki erkaklar uchun ham og‘riqli muammo. Gormonal o‘zgarishlar, stresslar, noto‘g‘ri ovqatlanish, chekish va boshqa omillar teri ahvolini yomonlashishiga olib keladi. Ammo oddiy tartib va odatlarga rioya qilish orqali teri salomatligi va go‘zalligini saqlash, husnbuzar toshishini kamaytirish mumkin.

Foto: Getty Images

Telefonni antiseptik vosita bilan tozalab turing

Kun davomida qo‘lni yuvib turish odatga kirganidek gadjetlarni ham vaqti-vaqti bilan zararsizlantirib turish kerak. Telefon turli joyda biz bilan birga bo‘ladi va unga bakteriya va mikroblar son-sanoqsiz darajada ko‘p yopishadi. Yuzga yaqin olib kelib, uzoq vaqt davomida telefonda so‘zlashganda esa mikroblar teri va hujayralarga o‘tadi. Bakteriya yuz terisi poralari ichiga kirib ko‘paya boshlaydi va bu yallig‘lanish – husnbuzar toshishiga sabab bo‘ladi.

Makiyaj cho‘tkalarini yuvib turing

Makiyaj qilish uchun mo‘ljallangan cho‘tkalar yuvib turilmasa, bo‘yoqlardan qolgan qoldiqlar sabab bakteriyalarga to‘lib ketadi. Bunday cho‘tkani ishlatganda esa teri zararlanadi. Kechga borib yuzda mayda toshmalar paydo bo‘lsa, cho‘tkalaringizning qanchalik toza yoki yo‘qligini ko‘zdan kechirib ko‘rish tavsiya qilinadi. Makiyaj cho‘tkasini haftada bir marta, tonal krem surtadigan vositani esa har gal ishlatgandan keyin yuvib turish kerak.

Oddiy sochiq o‘rniga qog‘oz sochiq yoki salfetkadan foydalaning

Bakteriyalar namlikni yaxshi ko‘radi, yuzni har gal artgandan keyin sochiq ho‘l bo‘ladi va unga mikroblar yopishadi. Har bir oila a’zoniki alohida bo‘lgan taqdirda ham qayta foydalanganda bakteriyalar takror teriga yopishishiga imkon yaratiladi. Shu sababdan ham kosmetologlar oddiy sochiq o‘rniga qog‘oz sochiqlardan foydalanishni maslahat beradi.

Yostiq jildlarni tez-tez yangilab turing

Sochingizni yuvgandan keyin har uch kunda yostiq jildlarni almashtirib turish kerak. Bu orqali har tunda yuz va teriga kiradigan bakteriyalarni yostiqda to‘planish ehtimolini kamaytirasiz.

Shirinliklarni kamroq iste’mol qiling

O‘tkazilgan bir qancha tadqiqot natijalariga ko‘ra, ayrim insonlarda husnbuzarlar kamayishi uchun shirin va sutli mahsulotlardan tiyilish kifoya ekanligi aniqlangan. Ratsionda shakar miqdorining ko‘p bo‘lishi qarish jarayonini tezlashtiradi, hujayralarni zararlantiradi shuningdek teri uchun muhim bo‘lgan kollagen va elastinni kamaytiradi. Terining tarang va elastikligini saqlab qolish uchun shakar va tarkibida shakar miqdori mo‘l bo‘lgan mahsulotlarni iste’mol qilishni kamaytirish kerak.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.