Salomatlik Goʼzallik Ulama kipriklardan foydalanishning plyus va minuslari

Ulama kipriklardan foydalanishning plyus va minuslari

O'qildi: 373


Ulama kipriklardan foydalanishning plyus va minuslari

Ko‘pchilik ayollar kipriklarni mukammal tarzda uzaytiruvchi tushlardan foydalanishni kamaytirmoqda. Ayniqsa, ularning kipriklari siyrak va uzun bo‘lmasa, sun’iy kiprik ulash imkoniyatidan foydalanishni afzal deb biladi. Quyida esa jarayon bilan bog‘liq ijobiy va salbiy holatlar bilan tanishish mumkin.

Foto: Cosmopolitan

Kiprik turlari va ularning joylashuvi

Foto: Cosmopolitan

Sun’iy kipriklar mikrofiber, inson sochlari, sintetik material va polimerlardan tayyorlanishi mumkin. Ularning uzunligi esa 6-17 millimetrni tashkil etadi. Standart ranglar qora va jigarrang bo‘lishiga qaramay, har qanday rangdagi kipriklarni buyurtma qilish mumkin. Mutaxassislar iloji boricha tabiiy ko‘rinishni saqlab qolish uchun turli uzunlikdagi kipriklardan foydalanadi. Odatda qisqaroqlari pastki qovoq va ko‘zning ichki burchagida, uzunlari esa tashqi qismdan joy oladi. Agar ko‘zlar qisiq bo‘lsa, ularni kattaroq ko‘rsatish maqsadida markaz qismga uzun kipriklar ulanadi. Dumaloq ko‘zlarda esa ikkala qovoq uzun kipriklar bilan hoshiyalanadi va juda chiroyli ko‘rinishni hosil qiladi.

Kimlar uchun ulama kiprik mumkin emas?

Foto: Cosmopolitan

Kipriklarni ulashda tolalar qovoqqa emas, tabiiy kiprik tolalariga yopishtirilishi barchaga ma’lum. Shunga ko‘ra, kipriklar juda nozik va mo‘rt bo‘lsa, ulama kiprik yaxshi tanlov emas. Bu kabi hollarda shunchaki yaxlit yopishtirib qo‘yiladigan kiprik tavsiya etiladi. Sababi kiprik ektirish jarayonida nimjon tabiiy kipriklar sun’iylarini uzoq vaqt ushlab turishga dosh berolmaydi. Kipriklarni tolalab ulash uchun tabiiy kipriklar zich va qalin bo‘lishi juda muhim.

Ulama kiprikdan keyingi taqiqlar

Foto: Cosmopolitan

Ulama kiprik egasi bir qancha taqiqlarga amal qilishi kerak. Jarayondan 24 soat o‘tgach, kipriklarga umuman tegmaslik zarur. Shuningdek, yuz qismi bilan uxlash, tush surish va tarkibida yog‘ bo‘lgan har qanday kosmetik vositadan voz kechish kerak. Bundan tashqari, kipriklarni tarash mumkin emas, ular faqat sovuq suvda yuviladi va issiqda ko‘p vaqt qolib ketmaslikni talab etadi.

Salbiy jihatlari

Yagona xavf – tabiiy kipriklarning to‘kilib ketishidir. Bunday holda ulama kiprikdan voz kechib, qayta tiklovchi muolajalardan foydalanish kerak. 99 foiz holatlarda kipriklar qayta o‘sib chiqadi. Faqat buning uchun uzoq vaqt kutishga to‘g‘ri keladi.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.