Salomatlik Goʼzallik Yangi yil bayrami manikyuri uchun eng yaxshi g‘oyalar (foto)

Yangi yil bayrami manikyuri uchun eng yaxshi g‘oyalar (foto)

O'qildi: 355


Yangi yil bayrami manikyuri uchun eng yaxshi g‘oyalar (foto)

Dekabr oyida qizlarning asosiy vazifasi Yangi yil bayramiga tayyorgarlik ko‘rishdir. Shuningdek, ularni ko‘ylak, turmak va manikyur dizayni bo‘yicha bir qancha savollar qiynaydi. Quyida manikyur uchun taklif etilgan bayramona dizaynlar ana shu savollarning bir qismiga javob berishi mumkin.

Foto: “Afisha.uz”

Qishda tirnoqlarga odatda qor parchalari naqshini tushirish ko‘proq kuzatiladi. Sababi ushbu naqshlar bayramona kayfiyat bag‘ishlashi shubhasiz.

Foto: “Afisha.uz”

Yil davomida ranglar uyg‘unligidan foydalanilmagan bo‘lsa, bu bayramona manikyur uchun ayni muddao. Ayniqsa, oq va yashil, pushti va havorang kombinatsiyasi ajoyib ko‘rinishni hosil qiladi.

Foto: “Afisha.uz”

Bayram arafasida yanada yorqin ranglarga e’tibor qaratish kerak. Ular aynan qaysidir kiyimga mos bo‘lishi shart emas, yorqin ranglar odatda turli uslubga mos tushadi.

Foto: “Afisha.uz”

Yaltiroq kukun yordamida  yog‘ayotgan qor tasvirini tirnoqda osongina aks ettirish mumkin.

Foto: “Afisha.uz”

Agar yuqoridagi variant ma’qul kelmasa, unda shunchaki toshlar bilan bezak berish kerak.

Foto: “Afisha.uz”

Bir xil rangli bo‘yoqlar hech qachon urfdan qolmaydi. Undan bayram yoki oddiy kundalik hayotda ham foydalanish mumkin.

Foto: “Afisha.uz”

O‘ziga ishongan xonimlar uchun ushbu ko‘rinishdagi manikyurlar juda mos keladi. Bu kabi uslubda jiddiylik va bayramona ko‘rinish uyg‘unlashgan.

Foto: “Afisha.uz”





Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.