Salomatlik Goʼzallik Piling, skrab va massaj: Uy sharoitida qilsa bo‘ladigan SPA muolajalari

Piling, skrab va massaj: Uy sharoitida qilsa bo‘ladigan SPA muolajalari

O'qildi: 309


Piling, skrab va massaj: Uy sharoitida qilsa bo‘ladigan SPA muolajalari

Har bir ayol o‘ziga vaqt ajratishi, salomatligi haqida qayg‘urishi kerak. SPA-muolajalari esa xotin-qizlarning terisi, ko‘rinishi yaxshilanishi uchun ayni muddao hisoblanadi. Bunday salonlarga tashrif buyurishga vaqt yoki iloji yo‘qlar uchun uyda bajarish mumkin bo‘lgan muolajalar ketma-ketligi bilan bo‘lishamiz.

Foto: Freepik

Skrab

Uyda skrab tayyorlashda asos sifatida istalgan o‘simlik yog‘idan foydalanish va unga tuz, shakar, qahva, maydalangan suli yormasi qo‘shishingiz mumkin.

Oyoq uchun piling — tuzli skrab

Tuzli skrab tayyorlash uchun yarim stakan dengiz tuziga 2 osh qoshiq zaytun yoki o‘simlik yog‘i qo‘shib aralashtiring. Bunday skrabdan foydalanish limfa tizimi faoliyatini yaxshilaydi va shishlar uchun profilaktika hisoblanadi.

Qo‘l uchun piling — shakarli skrab

Qo‘l terisi qurib qoladigan bo‘lsa va oddiy kremlar foyda bermay qo‘yga bo‘lsa, shakar qo‘shib tayyorlanadigan skrabdan foydalanib ko‘ring. Buning uchun shakarga yog‘ qo‘shing va qo‘llaringizga surtib ishqalang.

Tana uchun piling — qahvali skrab

Teri baxmal kabi silliq bo‘lishi uchun yarim stakan maydalangan qahvaga qaynagan suv soling va bo‘tqa holiga keltiring. 2-3 qoshiq yog‘li smetana qo‘shing va skrab tayyor.

Yuz uchun piling — suli yormasi va yong‘oqdan tayyorlanadigan skrab

Yong‘oq va suli yormasini teng nisbatda qo‘shib blenderda aralashtiring.

Moy

Moydan nafaqat terini massaj qilishda, balki niqob tayyorlashda ham foydalaniladi.

Qo‘llar uchun vanna

Moyni 39-40 daraja haroratda qizdiring va qo‘llaringizni 10—15 daqiqa ichiga soling. Keyin qo‘lingizni qog‘oz sochiq bilan artib tashlang.

Shifobaxsh o‘tlar

10 ga 10 o‘lchamda eski choyshab yoki boshqa bir matoni kesib oling. Unga quritilgan o‘tli aralashma soling. Moychechak, yalpiz va boshqa o‘tlardan foydalanish mumkin. Mato chetlarini qopchaga o‘xshab birlashtiring. Bunday qopchalardan soch va terini parvarishlash uchun pechda 37-38 daraja qizdirib yuz massaji uchun ham foydalansa bo‘ladi.

Toshlar yordamida tovonlarni massaj qilish

Oyoqlaringizni vanna qilish uchun tog‘ora ichiga silliq va bir xil o‘lchamdagi toshlar soling. Muolaja davomida tovonlarni 2-3 daqiqa davomida toshga ishqalang.

Yuz uchun toshli massaj

Bunday muolajadan keyin teringiz yangilangandek tuyiladi. Buning uchun ikkita dumaloq shakldagi silliq tosh kerak bo‘ladi. Ulardan birini issiq suvga ikkinchisini esa muzlatkichga soling. Yuzni birinchi issiq keyin esa sovuq tosh bilan ishqalang.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.