Salomatlik Goʼzallik Fen, dazmol va ploykasiz ham qilsa bo‘ladigan 5 xil soch turmagi

Fen, dazmol va ploykasiz ham qilsa bo‘ladigan 5 xil soch turmagi

O'qildi: 429


Fen, dazmol va ploykasiz ham qilsa bo‘ladigan 5 xil soch turmagi

Sochlarni chiroyli jingalak qilish uchun salonga borish yoki dazmol va fendan foydalanish kerak deb o‘ylaganlar yanglishadi. Uyda bor narsalar oddiy rezinka, tasma hatto paypoq yordamida ham havas qilsa arzigulik jingalak qilsa bo‘ladi.

Rezinkalardan foydalaning

Foto: Liza

Sochni suv yoki sprey yordamida namlab oling va mayda rezinkalardan foydalaning. Avvaliga sochlarni ikkiga ajratib oling va har ikki tarafdagisini to‘rt qismga bo‘ling. Sochni uchidan tepagacha aylantirib, rezinka bilan mahkamlang. 30 daqiqadan keyin ko‘ngildagidek jingalak sochlarga ega bo‘lasiz.

Uxlashdan avval sochingizni o‘rib yoting

https://youtu.be/WQRqMOXd5co

Sochni yuvgandan keyin fen bilan nomiga quriting va ertalabgacha qoldiring. Jingalak qalin bo‘lishini istasangiz sochni “drakon” uslubida o‘rang, tongda lak bilan qotirishingiz mumkin.

Qog‘oz va matodan foydalaning

Foto: Liza

Buning uchun uzunligi taxminan 10 sm bo‘lgan ingichka 10 dona mato va qog‘oz bo‘lagi kerak bo‘ladi. Qog‘ozni o‘rtasiga matoni qo‘yib aylantirib chiqing. Namlangan sochni qog‘ozga aylantirib chiqing va mato bilan mahkamlang.

Tasmadan foydalaning

https://youtu.be/rdub8yGrD9g

Sochni ikki qismga ajratib yaxshilab tarang va sprey seping. Tasmani ikki tarafini ham teng qoldirib boshingiz ustiga qo‘ying. Har ikki uchidan sochlarni aylantirib chiqing. So‘ngra tasmaning ikki tomonini birlashtirib, bog‘lab qo‘ying.

Paypoqdan foydalaning

https://www.youtube.com/watch?v=VPt6Ae_GjK8&t=54s

Sochlarni Gollivud yulduzlarnikidek jingalak qilib turmaklash uchun sochlaringiz nam bo‘lishi, qotiradigan sprey va yangi yoki toza paypoqlar kerak bo‘ladi. Sochni ikki qismga bo‘ling va har ikki qismini paypoq o‘rtasidan aylantirib chiqing, uchlarini bog‘lang. 40-60 daqiqadan keyin jingalak sochlardan ko‘zingiz quvnashi aniq.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.