Salomatlik Goʼzallik Oddiy, ammo samarali 6 usul: uy sharoitida sochlarni fen va dazmolsiz qanday tekislasa bo‘ladi?

Oddiy, ammo samarali 6 usul: uy sharoitida sochlarni fen va dazmolsiz qanday tekislasa bo‘ladi?

O'qildi: 338


Oddiy, ammo samarali 6 usul: uy sharoitida sochlarni fen va dazmolsiz qanday tekislasa bo‘ladi?

Sochlarni tekislash uchun har doim ham fendan foydalanish shart emas, ba’zida siz e’tibor bermagan oddiy usullar ham o‘ylaganingizdan yaxshiroq samara beradi.

Foto: Cosmopolitan

1-usul: Sutdan foydalaning

Sut tarkibidagi oqsil sochlarni mustahkamlaydi. Sovuq sut solingan idishga sochlaringizni 10 daqiqaga soling. Ustidan maxsus bosh kiyim kiyib 30 daqiqadan keyin oddiy shampun bilan yuvib tashlang. Sochlarni quritish davomida tekis qilib tarang.

2-usul: “Toga”

“Toga” — sochlarni fen va dazmolsiz tekislashning lotin-amerikacha texnikasining nomi hisoblanadi. Yuvilgan sochlarni tabiiy quriting, keyin nomiga tarang. Oxirigacha quritgandan keyin sochlarni bosh atrofidan aylantirib “nevidimka” bilan mahkamlang. Tongda sochlaringiz tekis va jilokor bo‘ladi.

3-usul: Rezinkadan foydalaning

Uyqudan avval sochlaringizni ikkiga bo‘lib, yig‘ing. Keyin har 3 santimetrga elastik rezinka taqing. Tongda rezinkani yechib sochlarni tarang.

4-usul: Bigudi yordamida tekislang

Yuvilgan sochlarni bigudiga o‘rang. Yopishadigan, plastik bigudi yaxshi samara beradi.

5-usul: Tabiiy niqob

Buning uchun bir necha niqobdan foydalanishingiz mumkin.

1-variant: 240 ml kokos sutiga 1 osh qoshiq asal qo‘shing.

2-variant: 470 ml sutga 1 ta tuxum qo‘shing.

3-variant: 240 ml kokos sutiga 5 osh qoshiq limon sharbati, 2 osh qoshiq zaytun yog‘i hamda 3 osh qoshiq jo‘xori kraxmali soling.

6-usul: Uy sharoitida jelatin bilan laminatsiya

Haftada 1-2 marta qilish tavsiya qilinadigan va birinchi martadayoq samara beradigan muolaja uchun 1 osh qoshiq jelatinni uch osh qoshiq suvga aralashtiring. Mikroto‘lqinli pechga qo‘ying keyin esa yarim osh qoshiq balzam qo‘shing. Niqobni ildiziga tekkizmasdan soch uzunligi bo‘ylab surting. Maxsus bosh kiyim kiyib, 40 daqiqadan keyin oddiy shampunda yuvib tashlang.

Ployka va fensiz soch quritishga yordam beradigan vositalar

Zardob

Maxsus zardoblarni nam sochga surting va sochlarni tabiiy yo‘l bilan quriting.

Tekislovchi kremlar

Bunday kremlarni ham zardob singari surtish va qurishini kutish kerak.

Sprey

Spreylarni nafaqat nam, balki quruq sochlarga ham qo‘llasa bo‘ladi. Ildizidan boshlab uchigacha surtgandan keyin tarash hamda qurishini kutish kerak.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.