Jinsiy olatni kattalashtirish — o’stirish usullari, normal uzunlik ko’rsatkichi
O'qildi: 2 261
Bugungi kunda erkaklar jinsiy olatini kattalashtirish bo’yicha reklamalar ko’rsatadigan barcha sehrli dori-darmonlar va vositalar, eng yaxshi holatda shunchaki pullaringizni ko’kka sovuradi, eng yomon holatda esa sog’ligingizga zarar yetkazadi. Yagona ishonchli usul — jarrohlik amaliyoti o’tkazishdir, lekin bu qurbonlikka arzigulik sabab bo’la olmaydi.
BJU International ilmiy jurnalida chop etilgan tadqiqot natijalari shuni ko’rsatdiki, 15 000 nafar ishtirok etgan ko’ngilli erkaklarning 95 foizida a’zo uzunligi 16 sm`dan kichik bo’lgan. Boshqacha qilib aytganda, har 100 kishidan 5 nafaridagina olat 16 sm`dan uzun bo’lishi mumkin.
Xuddi shu tadqiqotda ishtirokchilarning 5 foizidan kamida a’zo 10 sm`dan kichik bo’lgan. Ya’ni har 100 erkakdan 5 nafari yoki undan kamrog’ida.
Jarrohlik o’tkazilgandan keyin jiddiy asoratlar yuzaga kelish ehtimoli mavjud:
Amalga oshirilishida saroblarga berilmaslik lozim. A’zo ikki baravar ham, hatto bir yarim baravar ham uzunroq bo’lmaydi. Hech bir jarroh, agar u vijdonli bo’lsa, jinsiy olatning qanchalik kattalashishini aniq aytmaydi. Har bir holat har bir bemorning anatomik xususiyatlariga bog’liq, 3 sm dan ko’proq uzayishi — bu yoki omad, yoki afsonadir. Shuning uchun bu operatsiyani boshdan o’tkazgan bemorlarning faqatgina 35 foizi aralashuvdan mamnun bo’lishadi.
Muvaffaqiyatli operatsiyadan keyin ham ba’zi noj’oya ta’sirlar paydo bo’lishi mumkin. Masalan, boylamning ajratilishi (kesilishi) tufayli erektsiya vaqtida olatning ko’tarilish burchagi o’zgaradi, qov terisining bir qismi (tuklari bilan) olat asosining bir qismiga aylanadi. Qanday ko’rinishini tasavvur ham qilmang.
In’yektsiya yordamida ham olatni qalinlashtirsa bo’ladi. Bunda bemorning o’zidan yog’ to’qimasi olinib, jinsiy olatning ichiga yuboriladi. Natijada a’zo shishadi va kengayadi. Ammo uzoq muddatga emas: usul juda ko’p noxush oqibatlarga olib keladi. Eng keng tarqalganlaridan biri — yog’ to’qimasi teri ostida tartibsizlik bilan harakatlana boshlaydi. Natijada, ba’zi joylarda to’plamlar shakllanadi, boshqa joylarda esa — chuqurlar. A’zoning shakli va ko’rinishini to’g’rilash uchun faqat jarrohlik aralashuvi o’tkazish mumkin.
Bunday vositalarni qo’llash bamisoli qo’l yoki oyoqni shunchaki krem surtish bilan uzun qilishga harakat qilishdek kabi.
Shuningdek operatsiyasiz yana bir usul mavjud — ekstender qo’llash. Uning samarasini kichik tadqiqotlar tasdiqlagan. Bir necha oy davomida ekstender qo’llash orqali olatning 1-3 sm ga uzaytirish mumkin. Ammo bu tadqiqotlar juda tor doirada olib borilgan va usulning 100% samarali ekanligini tasdiqlamaydi.
Balog’at yoshidan keyin erkaklar gormoni jinsiy funktsiyaga ta’sir qiladi, a’zo o’lchamiga emas. Bundan tashqari, shifokor bilan maslahatlashmagan holda ularni qo’llash gormonal buzilish bilan yakunlanadi. Bu jinsiy funktsiyani yo’qotish, bepushtlik va boshqa jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Bunday amallardan biri — a’zo atrofidagi yog’larni kamaytirishdir. Rosti, bu faqat tana vazni ortiqcha bo’lgan erkaklarga tegishlidir. Ba’zida atrofdagi to’qimalar jinsiy a’zoni yashirmasligi uchun shunchaki vazn tashlash yetarli bo’ladi.
O’rtacha kattalikdagi a’zo ustidagi qattiq press mushaklari katta a’zo ustidagi osilib turgan qorindan ancha yaxshi ko’rinadi. Yanada osonroq usuli — atrofdagi tuklarni tartibga keltirish. Masalan, trimmer yordamida.
Xulosa qilib aytganda:
Normal uzunlik
Erkaklar jinsiy a’zosining erektsiya holatidagi kattaligi 10-18 sm`ni tashkil qiladi. O’rtacha uzunligi — 13,12 sm. Bu ko’rsatkich ham har bir individual holatda farq qilishi mumkin.BJU International ilmiy jurnalida chop etilgan tadqiqot natijalari shuni ko’rsatdiki, 15 000 nafar ishtirok etgan ko’ngilli erkaklarning 95 foizida a’zo uzunligi 16 sm`dan kichik bo’lgan. Boshqacha qilib aytganda, har 100 kishidan 5 nafaridagina olat 16 sm`dan uzun bo’lishi mumkin.
Xuddi shu tadqiqotda ishtirokchilarning 5 foizidan kamida a’zo 10 sm`dan kichik bo’lgan. Ya’ni har 100 erkakdan 5 nafari yoki undan kamrog’ida.
Patologik jihatdan kichik bo’lgan a’zolar (erektsiya vaqtida 7,5 sm dan kichik) juda kam uchraydi. Shunday ekan, bir necha santimetr qo’shib olish istagida bo’lgan erkalar behuda xavotirlanishmoqda.Bir tadqiqotda olat kichikligidan shikoyat qilib, Qohira universitetiga murojaat qilgan 92 nafar shaxs o’rganilganda, ularning hech birida a’zo haqiqatda ham kichik aniqlandi. Boshqacha qilib aytganda, 92 nafar mutlaq normal yigitlar o’zlarida kichik jinsiy olat mavjudligiga qaror qilishgan.
Olat uzunligini o’lchashda a’zo asosidan uning boshi uchigacha bo’lgan oraliq inobatga olinadi. Asos — u qov suyagi bilan tutashgan qismdir.
Jarrohlik aralashuvi
Olatning kattaligi siydik chiqarish va erektsiyaga ta’sir qilmaydi. Shuning uchun odatda jinsiy olatni kattalashtirish bo’yicha har qanday operatsiya — bu faqat kosmetologik jihatdan kerakli bo’lishi mumkin va plastik jarrohlik klinikalaridan tashqari boshqa hech qayerda tavsiya etilmaydigan amaliyotdir. Dastlab shu kabi operatsiyalar shikastlanish yoki tug’ilish nuqsonlari tufayli siydik chiqarishga qiynaladigan erkaklar uchun ishlab chiqilgan. Keyinchalik ular erkaklar jinsiy a’zosini uzunroq qilish uchun qo’llanila boshlandi.Jarrohlik o’tkazilgandan keyin jiddiy asoratlar yuzaga kelish ehtimoli mavjud:
- Infektsiyalar.
- Chandiq shakllanishi.
- Impotentsiya.
- Sezgirlikni yo’qotish.
Ligamentotomiya
Bu olat va suyak orasidagi boylamni ajratish bo’yicha o’tkaziladigan operatsiyadir. Suyakka tortilib turmaydigan jinsiy a’zo erektsiya holatida uzunroq ko’rinadi.Amalga oshirilishida saroblarga berilmaslik lozim. A’zo ikki baravar ham, hatto bir yarim baravar ham uzunroq bo’lmaydi. Hech bir jarroh, agar u vijdonli bo’lsa, jinsiy olatning qanchalik kattalashishini aniq aytmaydi. Har bir holat har bir bemorning anatomik xususiyatlariga bog’liq, 3 sm dan ko’proq uzayishi — bu yoki omad, yoki afsonadir. Shuning uchun bu operatsiyani boshdan o’tkazgan bemorlarning faqatgina 35 foizi aralashuvdan mamnun bo’lishadi.
Muvaffaqiyatli operatsiyadan keyin ham ba’zi noj’oya ta’sirlar paydo bo’lishi mumkin. Masalan, boylamning ajratilishi (kesilishi) tufayli erektsiya vaqtida olatning ko’tarilish burchagi o’zgaradi, qov terisining bir qismi (tuklari bilan) olat asosining bir qismiga aylanadi. Qanday ko’rinishini tasavvur ham qilmang.
Qalinlashtiruvchi operatsiyalar
Jinsiy a’zoni qalinlashtirish uchun, silikondan yoki bemorning o’z to’qimasidan tayyorlangan turli xil implantatlar qo’llaniladi. Bu bahsli muolaja bo’lib, ko’plab qarshi ko’rsatmalarga ega.In’yektsiya yordamida ham olatni qalinlashtirsa bo’ladi. Bunda bemorning o’zidan yog’ to’qimasi olinib, jinsiy olatning ichiga yuboriladi. Natijada a’zo shishadi va kengayadi. Ammo uzoq muddatga emas: usul juda ko’p noxush oqibatlarga olib keladi. Eng keng tarqalganlaridan biri — yog’ to’qimasi teri ostida tartibsizlik bilan harakatlana boshlaydi. Natijada, ba’zi joylarda to’plamlar shakllanadi, boshqa joylarda esa — chuqurlar. A’zoning shakli va ko’rinishini to’g’rilash uchun faqat jarrohlik aralashuvi o’tkazish mumkin.
Jinsiy olatni kattalashtirish usullari
Jinsiy olatni «uy sharoitida» kattalashtirish va qalinlashtirish usullari, sirlari mavjud emas. Cheksiz uzayishini va’da qilgan barcha vositalar marketing fokuslari yoki to’g’ridan-to’g’ri yolg’ondir. Quyida keng tarqalngan usullar qay tarzda ta’sir ko’rsatishi keltiriladi. Ularning aksariyati besamar usullardir.Tabletkalar
Jinsiy olatni uzaytirish uchun tabletkalar — vitaminlar, o’simliklar, noyob masalliq ekstraktlari va gormonlardan tarkib topgan oziq-ovqat qo’shimchalaridir. Bular olatning kattaligini o’zgartirmaydi. Bundan tashqari, ular dori sifatida ro’yxatdan o’tkazilmagan, ya’ni hech kim bunday mahsulotlarni nazorat qilmaydi. Shuning uchun tabletkalar aslida nima ekanligi ma’lum emas.Kremlar, losyonlar
Bunday vositalar reklamasi internetda har bir qadamda topiladi. Ularning tarkibi tabletka qo’shimchalari bilan bir xil, faqat chiqarilish shakli boshqacha. Mahalliy qo’zg’alish xususiyati yoki shishganligi sababli, a’zo vaqtinchalik kattalashgandel sezilishi mumkin, lekin bu yoqimsiz va xavflidir: bunday kosmetik vositalar ham nazorat qilinmaydi va tekshirilmaydi.Bunday vositalarni qo’llash bamisoli qo’l yoki oyoqni shunchaki krem surtish bilan uzun qilishga harakat qilishdek kabi.
Iste’mol sodasi
Reklamalar shubhali saytlarga jalb qiladi va jinsiy olatni soda yordamida kattalashtirish yoki soda va «yulduzcha» kremi aralashmasi, boshqa shu kabi g’alati aralashmalardan iborat bo’lgan vositalarni taklif etadi. Tarkibiy qismlarni qanday nisbatda aralashtirishni taklif etishmasin, bunday aralashmalar olatga surtish tavsiya etilmaydi, va umuman olganda, tananing boshqa qismlariga ham.Vakuumli pompa
Ushbu qurilmaning mexanik ta’siri natijasida jinsiy olatga qon kelishi kuchayadi, oqibatda uning biroz shishishi kuzatiladi. Shu sabab a’zo bir muddat kattalashgandek ko’rinishi mumkin. Ammo bu holat tezda o’tib ketadi va pompalardan tez-tez foydalanilsa, a’zo to’qimalariga zarar yetkazish mumkin. Oqibatda uning shakli o’zgaradi yoki erektsiya bilan bog’liq muammolar yuzaga kela boshlaydi.Olatni uzaytirish uchun mashqlar
«Jelking» usuli — bu erektsiyani ushlab turish bilan jinsiy olatni asosidan boshigacha tortib, o’z-o’zini massaj qilishdir. Boshqa uy sharoitida bajariladigan usullarda bo’lgani kabi, mashqlar samara berishi haqida dalillar yo’q, asoratlari esa mavjud: og’riq va deformatsiyalar.Shuningdek operatsiyasiz yana bir usul mavjud — ekstender qo’llash. Uning samarasini kichik tadqiqotlar tasdiqlagan. Bir necha oy davomida ekstender qo’llash orqali olatning 1-3 sm ga uzaytirish mumkin. Ammo bu tadqiqotlar juda tor doirada olib borilgan va usulning 100% samarali ekanligini tasdiqlamaydi.
Bundan tashqari, mustaqil ravishda bajariladigan har qanday amallar tavsiya etilmaydi. Bu qon tomirlariga zarar yetkazishi, siydik yo’llarining torayishi, priapizmga olib kelishi mumkin.
Gormonlar
Testosteron qabul qilish va uning ishlab chiqarilishini rag’batlantiradigan preparatlar qabul qilish qo’shimcha santimetrlar qo’shadi degan yanglish fikr mavjud.Balog’at yoshidan keyin erkaklar gormoni jinsiy funktsiyaga ta’sir qiladi, a’zo o’lchamiga emas. Bundan tashqari, shifokor bilan maslahatlashmagan holda ularni qo’llash gormonal buzilish bilan yakunlanadi. Bu jinsiy funktsiyani yo’qotish, bepushtlik va boshqa jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Erkak jinsiy a’zosi kichik ko’rinsa nima qilish kerak
A’zo kattaligi asosiy narsa emasligi necha bor takrorlanmasin, erkaklar baribir tashvishga tushishda davom etib kelishmoqda.Eng qiziqarli jihati shundaki, so’rovlar natijalariga ko’ra, 85% hollarda ayollar hamrohining jinsiy a’zosi kattaligi qoniqarli deb hisoblashadi. Biroq, erkaklar o’z a’zosi uzunligi va kengligidan faqatgina 55% holatda qoniqadi.Kichkina o’lchamlarni o’ydan chiqara olmasangiz, hech bo’lmaganda o’z qo’lingizda bo’lgan amallarni bajarishga harakat qilish mumkin.
Bunday amallardan biri — a’zo atrofidagi yog’larni kamaytirishdir. Rosti, bu faqat tana vazni ortiqcha bo’lgan erkaklarga tegishlidir. Ba’zida atrofdagi to’qimalar jinsiy a’zoni yashirmasligi uchun shunchaki vazn tashlash yetarli bo’ladi.
O’rtacha kattalikdagi a’zo ustidagi qattiq press mushaklari katta a’zo ustidagi osilib turgan qorindan ancha yaxshi ko’rinadi. Yanada osonroq usuli — atrofdagi tuklarni tartibga keltirish. Masalan, trimmer yordamida.
Xulosa
Erkaklar jinsiy a’zosini tabiiy o’stirish bo’yicha haqiqatda sinalgan usullar mavjud, faqatgina ular aynan shu maqsad uchun qaratilmagan. Umumiy salomatlikni qo’llab-quvvatlash olat o’sishiga ham ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Buning uchun to’g’ri ovqatlanish, yetarlicha uxlash, oqsilga boy taomlar iste’mol qilish kerak. Jinsiy funktsiya buzilganda, uni me’yorlashtirish uchun testosteron darajasini oshirishga qaratilgan o’rtacha og’irlikdagi jismoniy mashqlar bajarish mumkin.Xulosa qilib aytganda:
- Olatni katta qilish uchun kremlar, malhamlar, uy sharoitida tayyorlanadigan vositalar, qurilmalar, mashqlar samara bermaydi, ular haqida ma’lumot berish esa be’mano, yagona usul — jarrohlik aralashuvi.
- Jinsiy olatni o’stirishni xohlovchilarning aksariyati hali jinsiy hayotni boshlamagan, o’ziga juft topgach, hammasi o’z joyida ekanligi ma’lum bo’ladi. Muddatidan oldin qaror chiqarmaslik zarur.
- O’zaro yaqinlikda erkak a’zosining kattaligi emas, tomonlarning roziligi, ularning tayyorligi, muhitning qulayligi va shu kabi omillar ko’proq ahamiyatga ega. Bir-biriga befarq bo’lmagan juftliklarda uzun-kaltalik borasida bahslar bo’lmaydi.
Izoh qoldirish
Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.