Salomatlik Goʼzallik “Juda arzon va xavfsiz”: kosmetologlar mijozlarni qanday aldaydi?

“Juda arzon va xavfsiz”: kosmetologlar mijozlarni qanday aldaydi?

O'qildi: 296


“Juda arzon va xavfsiz”: kosmetologlar mijozlarni qanday aldaydi?

Yuz terisidagi mumammo tufayli kosmetologlar mijozlarga bir qancha takliflar bildiradi. Ularning orasida mijoz uchun foydalilari, shuningdek, yolg‘on aralashgani tufayli zararlilari ham bo‘ladi.

Foto: “Domashniy ochag”

Mos mo‘lmagan muolaja tavsiya etiladi

Bunday vaqtda mutaxassis bor diqqatini birinchi navbatda klinikada mavjud bo‘lgan davolash vositalariga qaratadi. Nozik va quruq teri egalari maslahatlashish uchun kosmetologiyaga tashrif buyurganda, kosmetolog unga o‘zidagi vositalarga qarabgina tavsiya beradi. Terining quruqligi va muammoli ekani esa ikkinchi masalaga aylanadi. Shu tarzda davolanish rejasi tuziladi, qanday bo‘lmasin mijozni muolaja olishga ko‘ndiradi. Aslida esa bunday hollarda mijozni qayerga borishi va uning uchun nimalar muhimligini bildirib o‘tish kerak. Shundagina mablag‘, vaqt va eng asosiysi, yuz terisi zarar ko‘rmaydi.

Shuningdek, mijoz ham kosmetolog huzurida darrov taklif qilingan muolajaga rozi bo‘lmasligi kerak. Reja bilan tanishib chiqilgandan so‘ng, bu haqda yaxshilab o‘ylash, internetdan boshqa ma’lumotlarni izlab ko‘rish va boshqa mutaxassis bilan ham fikr almashish zarur.

Arzon muolaja tavsiya etiladi

Ma’lumki, uzoq vaqtdan buyon har qanday sohada inqiroz yuz berayotgani sir emas. Faoliyatning susayishi, shu jumladan, kosmetologiyada ham kuzatilmoqda. Insonlar pulni tejashga harakat qilmoqda. Go‘zallik muolajalari ham bundan mustasno emas. Lekin aksariyat ayollar inqirozda ham kosmetologiya bilan aloqani uzmaydi. Umuman, muolaja bilan bog‘liq savollarga javob berish davomida kosmetolog arzonroq davolash choralarini taklif qiladi. Buning uchun ko‘pincha xavfli va sertifikatlanmagan dorilar yoziladi. Bu o‘z o‘rnida kosmetologning ishlashida ham qiyinchilik tug‘dirsa, mijozning hayotiga xavf solishi mumkin. Ammo mutaxassislar mijozni iloji boricha o‘z so‘zlariga ishontirish va undan foyda olish barobarida, muolajalarga bo‘lgan ishonchsizlik hamda xavf tug‘diradi.

Foto: “Domashniy ochag”

Buning uchun birinchi navbatda rasman tasdiqlangan kosmetologiyaga tashrif buyurish kerak. Ular har qanday muolajalar uchun javobgar hisoblanadi. Uyga chaqirilgan kosmetologda esa hech qanday huquqlar bo‘lmaydi. Asoratlar qolgan taqdirda ham shifokorni ayblashning imkoni bo‘lmaydi. Muolaja haqida hujjatlar mavjud bo‘lishi kerak. Bu dalil sifatida xizmat qiladi. Unda dorilarning nomlari bo‘lishi kerak. Agar bu kabi hujjatni imzolash taklif etilmagan bo‘lsa, unda yaxshilab o‘ylab ko‘rish lozim.

Muolajadan avval va keyin suratga tushish kerak. Shuningdek, foydalanilgan preparatlarni ham suratga olish tavsiya etiladi. Har bir jarayon suratga olinsa, keyinchlik muammo paydo bo‘lganida ham uni isbotlash oson bo‘ladi. Barcha muolajalarda sertifikat talab etilishi kerak. Sertifikatda dori nomi, yaroqlilik muddati, partiyasi va partiyaning raqami ko‘rsatilishi muhim. Qutidagi va sertifikatdagi raqamlar esa bir-biriga mos kelishi kerak.

Tejamkorlik uchun kamroq muolajadan foydalanish

Ma’lumki, muolaja vaqtida foydalanadigan qurilmalar valyuta kursi bilan bog‘liq bo‘lib, u har qanday vaqtda narxning ko‘tarilishiga sabab bo‘ladi. Shuningdek, muolajalar bir marotaba amalga oshirilishi bilan ta’sir qilmasligi mumkin. Buning uchun bir kurs muolaja tavsiya etiladi. Shuningdek, har bir jarayon turli vaqt oralig‘ida ta’sir jarayonini namoyon etadi. Bu vatqda mijoz uzoq kutmalsigi, ammo mutaxassis undan foydalanib qolishni istaydi. Shuning uchun ham qisqa muddat ichida samarasiz muolajani amalga oshiradi.

Foto: “Domashniy ochag”

Muolaja yoki preparatning ahamiyati

Masalan, kosmetolog tomonidan arzon muolajalar ham qimmatlaridan kam emasligi ta’kidlanadi. Ammo mijoz bunday vaqtda biroz bilimga ega bo‘lishi, o‘zidagi holat haqida hech bo‘lmaganda internet ma’lumotlaridan foydalanib o‘rgansa, vaziyat boshqacha tus olishi mumkin. Bunday vaqtda kosmetologning tavsiyasiga nisbatan fikr bildirish mumkin. Albatta, narxlar orasidagi farq ularning samaralilik darajasini belgilashi tabiiy.

Muammoni hal etish uchun turli xil muolajani tavsiya etish

Ammo har qanday muammoni ham muolaja yordamida davolab bo‘lmaydi. Masalan, qarigan ayollar yuzidagi ajinlar, ko‘z ostida terining osilishi kabi holatlar vaqt o‘tgani sayin tabiiy ravishda o‘z holatini o‘zgartiradi. Garchi ularni bartaraf etish uchun turli xil qimmatbaho muolajalardan foydalanish ham vaqtinchalik hisoblanadi.

Muolaja ta’sirining haqiqiy davomiyligi haqida ma’lumot berilmaydi

“Ta’sir qachongacha davom etadi?” degan savollar mutaxassislarga yoqmasligi tabiiy. Ammo bu kabi muolajalarning umri abadiy emas. Masalan, blefaroplastikaning ta’siri besh yil. Osilgan qovoqni bir marta olib tashlash butun umrga yetadi degani emas. Qayta-qayta muolaja esa keyinchalik zarar berishi mumkin. Mutaxassislar bu haqda sir tutsada, har bir muolaja amal qilish muddatiga ega. Masalan, ayrim muolaja 3-4 oy davom etishi, kimgadir esa 2 oydan ham kamroqqa yetishi mumkin.

Foto: “Domashniy ochag”

Yoshga mos bo‘lmagan muolaja

Yosh qiz yuzidagi ajinlardan shikoyat qilganida, kuchli ta’sirga ega muolajalar tavsiya etiladi. Bu borada mijozga bor haqiqatni tushuntirish biroz qiyinligi sababli, ularning zararidan ogohlantirlmagan holda kuchli vositalarni qo‘llash jarayoni boshlanadi. Ammo ular odatda 45 yoshdan o‘tgan ayollarga tavsiya etilishi kerak. Mijoz vaqt o‘tib, muammolarning ikki baravarga ortganidan arz qilganida, kosmetologlar aybni osongina mijozning o‘ziga yuklash bilan qutuladi.

Reabilitatsiya shartlari haqida aytilmaydi

Odatda tug‘ilgan kun yoki bayram uchun o‘zgarishni istagan ayollar o‘sha vaqtga yaqin kosmetologga murojaat qiladi. Ammo mutaxassis tomonidan ularga faqatgina muolaja foydalari haqida gapiriladi. Ulardan qolgan kuyish, shish va qizarish necha kunda bartaraf etilishi esa aytilmaydi. Natijada erta tongda uyg‘onib, katta o‘zgarishni kutgan ayollarning xafsalasi pir bo‘ladi. Agar ushbu holat ikki hafta yoki undan ko‘proq davom etishi ma’lum bo‘lsa, har qanday mijoz buni rad etishi tabiiy.

Foto: “Domashniy ochag”

Og‘riqdan ogohlantirilmaydi

Bunda kosmetolog tomonidan biroz og‘riqli bo‘lishi, unga chidashning imkoni borligi aytiladi, xolos. Ammo har kimning sezgirlik darajasi har xil. Bunday vaqtda ayolning gormonal holati ham inobatga olinishi zarur. Agar bunday vaqtda kasallik holati yoki stress jarayoni davom etsa, og‘riq yanada kuchli va zararli bo‘lishi mumkin.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.