Salomatlik Goʼzallik Qosh laminatsiyasi qanday qilinadi va nima uchun kerak? Mutaxassis javob beradi

Qosh laminatsiyasi qanday qilinadi va nima uchun kerak? Mutaxassis javob beradi

O'qildi: 303


Qosh laminatsiyasi qanday qilinadi va nima uchun kerak? Mutaxassis javob beradi

Ushbu protsedura bundan bir necha yil avval paydo bo‘lganiga qaramay, grafik qoshlar urfda bo‘lgani sabab keng tarqalmagan. Lifting, qosh laminatsiyasi va biozavivka — bularning bari bir protsedur hisoblanadi va jarayonda qosh tolalari bir boshqa tomonga qarab yo‘naltiriladi. Kollogenirovaniye esa qoshni oqsil bilan qayta tiklaydigan qo‘shimcha protsedura hisoblanadi. Brovist va vizajist Nadya Nejinka ushbu protsedura va uning amalga oshirish jarayoni haqida ma’lumot beradi.

Foto: Freepik

Mikrobleyding bilan farqi nima?

Mikrobleyding tatuajning bir turi hisoblanadi va jarayonda terida kichik tilinishlar kuzatilishi mumkin bo‘ladi. Laminirovka esa faqat qosh tolalari bilan amalga oshiriladi. Qosh tolalari yetarli bo‘lmagan, shakl va yo‘nalish berishga qiynaladiganlar uchun laminirovka ayni muddao. Hammaga birdek mos tushadigan ushbu protseduradan qosh sohasida yallig‘lanish bor bo‘lganlarga, homilador va yaqinda ona bo‘lganlarga va antibiotik qabul qiladiganlarga tavsiya qilinmaydi. Qolaversa, qosh tolasi ingichka bo‘lgan ayol va qizlar ham master tanlashda yanglishmasligi ehtiyot bo‘lishi kerak.

Jarayon qanday amalga oshiriladi?

1,5 soat davom etadigan protsedura uch va qo‘shimcha ikki bosqichda davom etadi. Birinchi va asosiy bosqichda asosi tioglikolevaya kislota bo‘lgan, qosh tolasini yumshoq va yo‘naltirish oson qilishga yordam beradigan aralashma surtiladi. Ikkinchi bosqichda esa birinchi ta’sirni biroz kamaytiradigan va qosh teshiklarini oz-moz qoplaydigan asos surtiladi. Mazkur ikki bosqichdan keyin qosh bo‘yaladi, tarkibida oziqlantiruvchi yog‘ bo‘lgan asos surtish orqali jarayonga yakun yasaladi. Mijozning xohishiga qarab, qo‘shimcha kollogenli va botoksli protsedura amalga oshiriladi.

Qanday samara beradi?

  • Lamirovka qilinganda qosh tolalari “quloq soladigan” va bir tomonga yo‘naltirish oson bo‘lgani sabab ham qosh tolalari qalinlashadi.
  • Qoshlar qalin va tabiiy ko‘rinishga ega bo‘ladi va 6 hafta saqlanib turadi. Ko‘p hollarda esa qoshning o‘sish tezligiga ham bog‘liq.
Protsedurani qancha muddatda o‘tkazgan yaxshi?

2 oyda 1 martadan ko‘proq o‘tkazish tavsiya qilinmaydi. Istalgan komponentning allergiya keltirib chiqarish xavfi mavjud. Qolaversa, tolalar to‘kilishi va ularni qaytadan o‘sishini kutishga to‘g‘ri kelish mumkin.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.