Qoshlarni tatuaj qildirmaslik uchun eng asosiy besh sabab
Zamonaviy kosmetologiya tatuajga murojaat qilmasdan ham qoshlarni chiroyli qilish uchun ko‘plab variantlarni nazarda tutadi. Shuni unutmangki, tatuaj — bu doimiy qosh makiyaji emas, balki butunlay boshqa protsedura. Bunday jarayonning kamchiliklari va oqibatlari yoqimsiz bo‘lishi mumkin.
Foto: Getty ImagesQosh tatuajining kamchiliklari:
U eskiradi
Hozirda tabiiy go‘zallik tendensiyada, hatto mahorat bilan qilingan qosh tatuaji ham tabiiy ko‘rinmaydi. Bu protseduraning ijobiy va salbiy tomonlari hatto modellar va kinoyulduzlar o‘rtasida bahslarga ham sabab bo‘lyapti. Gollivud yulduzlarining qoshlariga nazar soling — ularda tatuaj ko‘rganmisiz?Yo‘q!Nima uchun?Chunki bu narsa urfdan qolib bo‘lgan. Tatuajning barcha variantlarini sinab ko‘rganlar asta-sekin undan voz kechgan.
Tatuajni uyda ketkazib bo‘lmaydi
Qoshlarni tatuaj qilish uzoq vaqtga(bir necha oydan bir necha yilgacha)mo‘ljallangan. Agar u muvaffaqiyatsiz bajarilgan bo‘lsa(bu tez tez sodir bo‘ladi), uyga kelib, uni yuvib tashlolmaysiz. Hech narsa bilan. Go‘zallik salonlaridagi vizajistlar ko‘pincha tatuaj qilingan qoshlar o‘rniga yangilarini yaratishga harakat qilishlari kerak bo‘lgan vaziyatga duch kelishadi. Bu ish juda mashaqqatli va hech kim natijaga kafolat bermaydi. Lekin qoshlar shaklini yuz shakliga qarab tanlashning ishonchli usullari mavjud va ularni bemalol sinab ko‘rish mumkin.
Tatuaj faqat lazer yordamida olib tashlanadi
Muvaffaqiyatsiz tatuajdan qutulishning yagona usuli — lazer yordamida olib tashlash, ammo protsedura og‘riqli va qimmat. Eng yoqimsiz narsa esa chizilgan qoshlardan butunlay qutulish uchun odatda bir-ikki oy davom etadigan 4-5 seans olish kerak bo‘ladi. Muvaffaqiyatsiz tatuaj oqibatlarining tuzatilishi uzoq vaqt va qimmatga tushishi mumkin.
Foto: Getty ImagesTatuaj qilingan qoshlar yoshga yosh qo‘shadi
Hamma vizajistlar biladiki, qoshlarni tatuajlashning asosiy kamchiliklaridan biri — yoshni kattaroq ko‘rsatadi. Lekin negadir qizlar bunga ishonmaydi. Afsuski, bu haqiqat: tatuaj qilingan qoshlar sun’iy ko‘rinadi, hatto bo‘yoqlar muvaffaqiyatli tanlanganda ham, ular insonni 5 yilga qaritadi.
Xato qilish ehtimoli juda katta
Salonlarda qoshlarga tatuaj qilishning bir nechta turlari taklif etiladi: har birini bittalab chizish, “3D tatuaj” deb ham ataladi, mumli tatuaj, u ham haqiqiy qoshga o‘xshatib bo‘yaladi. Nazariy jihatdan, hammasi juda jozibali ko‘rinadi. Ammo qoshni tatuaj qilishning har bir texnikasi o‘zining ijobiy va salbiy tomonlariga ega. Ular farq qiladi va ko‘pincha salbiy bo‘ladi — aslida vizajistlar ko‘pincha kerakli natijaga erisha olmaydi.
Eng keng tarqalgan xato va muammolar quyidagilar:
- Noto‘g‘ri tanlangan bo‘yoq tufayli juda quyuq pigment. Bu eng keng tarqalgan xato. Bunday holda vizajistlar odatda qoshlarni lazer bilan ozgina ochartirishni taklif qiladi va bu vaqt talab etadi, chunki bitta protsedura yetarli bo‘lmaydi.
- Asimmetriya. Agar bir qosh boshqasidan bir oz yuqoriroq yoki biroz ingichka bo‘lsa, bundan ham yoqimsiz holat bo‘lmaydi. Qosh tatuajining kamchiliklaridan biri — sizda amalga oshirilgan tatuaj dugonangiznikidek chiqishiga kafolat yo‘q, hatto ishni bitta vizajist bajargan bo‘lsa ham.
- Sun’iy ko‘rinish. Qoshlar flomaster bilan chizilganga o‘xshaydi. Bunday tatuajni odatda o‘zgartirish deyarli befoyda, bu og‘riqli va qimmat ekanligini aytmasa ham bo‘ladi.
Mavzuga doir:
- Istalgan makiyajning omadsiz chiqishiga sabab bo‘luvchi 7 xato
- Qosh va kipriklarni laminatsiya qildirish zararlimi?O‘zbekistonlik tajribali mutaxassis javob beradi
- Qosh laminatsiyasi qanday qilinadi va nima uchun kerak?Mutaxassis javob beradi
- Qosh shakli xarakter haqida nimalarni so‘zlaydi?Yulduzlar misolida izoh beramiz(foto)
Manba