Salomatlik Goʼzallik Teri makiyajdan dam olishi kerakmi? Mutaxassis javob beradi

Teri makiyajdan dam olishi kerakmi? Mutaxassis javob beradi

O'qildi: 284


Teri makiyajdan dam olishi kerakmi? Mutaxassis javob beradi

Har kuni makiyaj qilish teri uchun zararli ekani haqida ko‘p gapiriladi. Bu rostmi yoki yolg‘on?Quyida bir necha mutaxassislar bildirgan fikrlar bilan tanishish mumkin.

Foto: Cosmopolitan

Kosmetolog Taisiya Petrova

Men mijozlarimga pardozni muntazam ravishda tozalashini maslahat beraman. Avvalo, ishni kosmetikalarning tarkibiy qismini o‘rganishdan boshlash kerak. Ko‘pincha bunday vositalar talk va titan dioksidini o‘z ichiga oladi – bu moddalar esa terini quritadi. Undan namlik chiqaradi. Shuningdek, dekorativ kosmetikalar teshiklarga juda chuqur kirib, rang beruvchi pigmentlarni to‘sib qo‘yadi. Natijada yallig‘lanish reaksiyalari yuzaga keladi. Toshmalardan tortib husnbuzarlargacha.

Terini muntazam tozalashning foydalaridan yana biri – juda yog‘li kosmetik vositalardir. Agar tarkibida mineral moy bo‘lsa, bundan qochib bo‘lmaydi. Mineral moylar teriga selofan paket kabi ta’sir o‘tkazadi. Uning ostidagi teri nafas ololmaydi, o‘zini namlovchi moddalarni chiqarmaydi. Bu esa qurish, yallig‘lanish, dermatit va dermatozga olib keladi.

Foto: Cosmopolitan

Xulosa qilib aytganda, teri chindan ham makiyajdan tanaffus qilishi kerak. Unga yordam berish uchun haftasiga 1—2 marta detoks tashkil qilish zarur. Shuningdek, yuzni mitsellyar suvi bilan yuvish va namlantiruvchi kremdan foydalanish kerak. Bundan tashqari namlantiruvchi nioqblar ham juda samarali hisoblanadi.

Vrach-dermatolog Mariya Bondareva

Ko‘p narsa terining turi va holatiga bog‘liq. Teriga kuni bo‘yi makiyaj berilgadan so‘ng kechki payt ularni yuvish va dam oldirish zarur. Agar pardoz bir necha qatlamdan iborat bo‘lsa, avval mitsellyar suvi, keyin ko‘pikli vosita bilan yuvish kerak.

Agar teri zaralangan bo‘lsa, unda bo‘yanishni kamaytirish yaxshiroqdir. Agar buning iloji bo‘lmasa, dam olish kunlari umuman pardoz qilmaslik zarur. Agar teri yog‘li bo‘lsa, maxsus parvarish usulidan foydalanish kerak. Shuningdek, bu borada kosmetolog bilan birgalikda mahsulot tanlash kerak.

Foto: Cosmopolitan

Kosmetolog Darya Kolesova

Birinchi savol – bu dekorativ kosmetikaning sifati bilan bog‘liq. Har doim tanlov mavjud: tabiiy mahsulotlar yoki ommaviy brendlarga asoslangan mineral kosmetika. Ularning tarkibi tubdan farq qiladi. Mineral kosmetikada teri haftada bir kun dam olishi kerak.

Shuningdek, uyqu vaqtida ham teri tozalangan bo‘lishi kerak. Terini dekorativ kosmetikadan maxsus vositalar yordamida tozalash oddiy yuvishga qaraganda bir necha barobar samarali hisoblanadi.

Kosmetolog Maryam Bagdasaryan

Terining yana bir muhim vazifasi – nafas olishdir. Makiyaj esa bunga yo‘l qo‘ymaydi. Mahsulotlar teri teshiklarini berkitib qo‘yadi. Shuningdek, makiyajdan muntazam foydalanish yog‘ bezlari, yallig‘lanish va yuzda qora nuqtalar paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Tonal krem tarkibida silikon va spirt mavjud. Ular terini qurishi hamda ajin tushishiga olib keladi. Shuning uchun tonal kremdan ko‘ra SPF’dan foydalanish afzalroq.

Agar tonal kremidan voz kechishning iloji bo‘lmasa, quyidagilarni sinab ko‘rish mumkin:

  1. teri turiga mos keluvchi tonal kremini tanlash kerak. Buning uchun konsultantlardan yordam so‘rash mumkin;
  2. tonal kremdan yengilroq tuzilgan yoki kukunli upa bilan foydalanish kerak;
  3. tonal kremdan har kuni foydalanmaslik zarur;
  4. har qanday mashg‘ulotdan oldin bo‘yanish vositasini yuvish kerak;
  5. terini tozalashda pardoz vositalari qolib ketmasligi uchun yaxshilab yuvish kerak;
  6. doimiy ravishda kosmetolog bilan maslahatlashib turish zarur. Uy sharoitida to‘g‘ri parvarish hamda davolash choralari terining yaxshilanishiga yordam beradi.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.