Salomatlik Goʼzallik Makiyaj yordamida ko‘zlarni katta ko‘rsatish bo‘yicha 8 tavsiya

Makiyaj yordamida ko‘zlarni katta ko‘rsatish bo‘yicha 8 tavsiya

O'qildi: 329


Makiyaj yordamida ko‘zlarni katta ko‘rsatish bo‘yicha 8 tavsiya

Kosmetik vositalardan to‘g‘ri foydalanib chiroyli ko‘rinishga ega bo‘lish, ko‘zning katta va nigohlarning porloq ko‘rinishiga erishish mumkin.

Foto: Harper’s Bazaar

Ko‘z ostidagi halqalardan qutuling

Toliqqanlikdan belgi beradigan halqalar ko‘zlarni kichik va kasaldek ko‘rsatadi. Shu sabab ham ko‘z atrofiga namlantiradigan patchi va kremlardan foydalanish, keyin esa konsiler surtish tavsiya qilinadi. Konsilerni teri rangidan ochrog‘ini tanlash va barmoq yoki sponch bilan yaxshilab singdirishga harakat qilish kerak.

Kipriklar ustidan qalam bilan urg‘u berish

Ko‘zlar katta ko‘rinishi uchun podvodka bilan strelka chizish shart emas. Layner yoki qalam yordamida kipriklarga urg‘u berish orqali ham kutilgan natijaga erishsa bo‘ladi.

Foto: Harper’s Bazaar

Kiprik qayirgich yordamidan foydalaning

Qayrilgan kipriklar nigohni chiroyli, ko‘zlarni esa katta ko‘rsatadi. Kiprik qayirgichdan foydalanish, ayniqsa, kipriklari to‘g‘ri bo‘lganlar uchun yaxshi samara beradi.

Tush surting

Kiprikka tush surtilganidan keyin ko‘zlar aslidan ancha katta ko‘rinadi. Cho‘tkani kiprikning ildizidan tashqariga tomon harakatlantirib surting. Kipriklar yopishib qoladigan bo‘lsa, cho‘tkasi bilan ajrating, ortiqcha qoldiqlar kiprikka yopishib qolmasligiga e’tibor qarating. Kundalik obraz uchun tabiiy ko‘rsatadigan jigarrang tushdan foydalanish tavsiya qilinadi.

Pastki qovoqqa yorqin rangli bo‘yoq bilan urg‘u bering

Kremli yoki och pushti qalam bilan ko‘zning pastki qovog‘iga(kipriklar o‘sadigan qatorga)urg‘u bering. Buning natijasida ko‘zlaringiz shahlo va katta ko‘rinadi.

Foto: Harper’s Bazaar

Haylayterdan foydalanishni unutmang

Qosh ostiga hamda ko‘zning ichki burchagiga haylayter surting. Teri rangi och bo‘lganlarga och krem rangdagi, bug‘doyrang teri egalariga esa tillarang haylayterdan foydalanish tavsiya qilinadi.

To‘q va och ranglarni moslang

Ko‘zni katta ko‘rsatish uchun turli ranglar umumlashmasidan foydalaning. To‘q rangli tenni ko‘zning tashqi burchagiga, och ranglisini esa markazga surting. Bo‘yoq to‘planib qolmasligi uchun yaxshilab singdiring.

Qoshning tartibli bo‘lishiga e’tibor qarating

Tartibsiz qoshlar ko‘zning kichik ko‘rinishiga ham sabab bo‘ladi. Shu sabab vaqtida qoshni tartibga keltirishni yoddan chiqarmaslik kerak. Makiyaj uyg‘un bo‘lishi uchun terilgan qoshni qalam yoki ten bilan bo‘yashni unutmang. Yoki rangsiz gel bilan ham urg‘u bersangiz bo‘ladi.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.