Go‘zallik ukollari va koronavirus vaksinasi: Ularni nima bog‘laydi va xavotirlanishga asos bormi?
Gialuron kislotali fillerlar kosmetologiyada va estetik tibbiyotda juda ham mashhur sanaladi. Uning yordamida lablarni kattalashtirish, yanoqlarga urg‘u berish, shuningdek, ajin va ko‘z ostidagi halqalarni bartaraf etish mumkin. Shunga qaramay, go‘zallik va salomatlik haqida yozadigan go‘zallik nashrlari koronavirus vaksinasi va fillerning “chiqisha olmasligi” haqida ma’lumot bera boshladi.
Foto: “Lisa.ru”Bu qanchalik to‘g‘ri?
Bu barcha vaksinalarga taaluqli emas, gap Moderna vaksinasi haqida ketayotgan bo‘lsa, bo‘lishi mumkin. Avvalroq AQShdagi mahsulot va medikamentlarning sifatini nazorat qiluvchi tashkilot tomonidan o‘tkazilgan sinovda fillerning vaksinaga reaksiya berish holati qayd qilingan. Bunda aynan filler ishlatilgan tana qismida shish kuzatilgan.
Vaksinaga allergiya
Fillerdan voz kechish kerakmi degan savolga mutaxassislar yo‘q deb javob beradi va bunga bu kabi reaksiyalar kamdan kam kuzatilishi, unchalik xavfli emasligi hamda tez davo chorasi ko‘rish mumkinligini sabab qilib ko‘rsatadi.
Moderna bilan o‘tkazilgan tadqiqotda 30 ming kishi ishtirok etgani va ulardan uchtasigina shish haqida xabar bergani esa bunga yaqqol misol bo‘la oladi. Shifokorlarning aytishicha, bu vaksinaning ish berayotganini qo‘shimcha tasdig‘i bo‘lib, qayd qilingan o‘zgarish immunitet bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Bunday reaksiyadan keyingi davolash allergiyadan aziyat chekadigan kishilarni davolash singari asosan antigistamin va steroid preparatlar bilan amalga oshiriladi.
Ma’lumot uchun, komik aktrisa Halima Ibragimova Instagram sahifasida koronavirus vaksinasi shishirilgan lablarga salbiy ta’sir qilishi, xususan ularning “oqib tushishi” haqida videomurojaat joylagan edi.
Manba