Tonal krem tanlashda yo‘l qo‘yiladigan 7 xato
Tonal krem undan foydalangan ayol-qizlarning teri rangiga mos turishi, yuzda yig‘ilib qolmasligi kerak. Buning uchun esa uni tanlashda eng ko‘p qo‘yiladigan xatolar qaysilardan iborat ekanligi haqida ma’lumotga ega bo‘lish kerak.
Foto: Cosmopolitan1-xato: Tonal krem xarid qilishdan avval bilakka surtib tekshirib ko‘rish
Bilak va yuz rangi bir-birga mos tushmaydi. Shu sabab ham tonal kremning teriga tushish yoki tushmasligini yanoq va iyakka surtib tekshirib ko‘rish kerak.
2-xato: Tonal kremni makiyaj ustidan surtib tekshirib ko‘rish
Siz surtgan krem rangi sizga mos bo‘lgan taqdirda ham ustidan boshqa tonal krem surtilganda qo‘shilib tamoman boshqacha rang hosil qilishi mumkin. Shuning uchun tozalangan teriga surting.
3-xato: Do‘kondagi tonal kremlarni rangidan xulosa qilib xarid qilish
Do‘konlardagi yorug‘lik bilan tashqaridagi yorug‘liklar o‘rtasida farq bor. Sun’iy yorug‘lik ta’sirida ranglar boshqacha ko‘rinadi. Xarid qilishdan avval tonal kremni bo‘yningizga surting, yorug‘likka chiqib tekshirib ko‘ring va shunga qarab olish-olmaslikka qaror qiling.
4-xato: To‘q rangli tonal krem tanlash
Ikki xil rangdan birini tanlashga qaror qila olmasangiz, ikkalasini aralashtirib ishlating yoki ochrog‘ini xarid qiling.
5-xato: Tonal kremni yaxshilab singdirmaslik
Tonal krem surtgandan keyin uni sponj yoki chyo‘tka yordamida yaxshilab singdirish kerak. Yo‘qsa, teri ustida yig‘ilib qoladi.
6-xato: Xaridni kechasi amalga oshirish
Teri rangi va ahvoli har kuni har xil bo‘lishi mumkin. Yuz charchaganda, muzlaganda so‘lg‘in ko‘rinadi. Qorong‘ida esa bu ko‘zga tashlanmasligi va bilinmasligi mumkin. Shu sabab ham tonal kremni tiniqib uxlab turgandan keyin(teri dam olgach)sinab ko‘rish kerak.
7-xato: Haddan ortiq quyuq va kremdan foydalanish
Tonal krem yuzingizni butkul qoplashi shart emas, uni surtgandan keyin terining tabiiyligi ko‘zga tashlanib turishi kerak. Yuzdagi kamchiliklarni yashirish uchun konsiler va korrektordan foydalaning.
Manba