Bodom yog‘i — soch va teri uchun eng yaxshi parvarish vositasi
Tarkibida A, F, E, va B2 vitaminlari, magniy, fosfor, rux, karotin, shuningdek, boshqa bir qancha foydali moddalar mavjud bo‘lgan bodom yog‘idan foydalanish qiyinchilik tug‘dirmaydi.
Foto: CosmopolitanQovoq uchun krem sifatida
Shishlar keltirib chiqarmagani va yengil bo‘lgani sabab bodom yog‘ini hatto terisi eng nozik kishilar ham qovoq va ko‘z atrofidagi ajinlarni yo‘q qilish uchun foydalanish mumkin.
Yuz uchun ajin tushishiga qarshi krem sifatida
Tarkibida E vitaminining bisyor ekani sabab ushbu kremdan ajinlarga qarshi qo‘llanadigan krem o‘rnida foydalansa bo‘ladi. U teri ahvolini yaxshilaydi, taranglashtiradi.
Qo‘l kremi sifatida
Tarkibida A vitamini bo‘lgani sabab mazkur yog‘ terini namlantirib, atrof-muhitdagi zararli ta’sirlardan himoya qilishga yordam beradi.
Husnbuzarlarga qarshi vosita sifatida
Ayol-qizlar tarkibida F vitamini bor ekani sabab antibakterial xususiyatga ega bo‘lgan bodom yog‘idan foydalanish orqali teridagi muammolarni bartaraf qilishga erishishi mumkin. Buning uchun uni kechasi yuzga surtib qo‘yishning o‘zi kifoya.
Soch o‘sishini tezlashtiruvchi vosita
Haftasiga 2—3 marta ildizlariga bodom yog‘i surtish orqali soch o‘sishini ikki karra tezlashishiga erishish mumkin.
Kuyganda samara beradigan vosita sifatida
Namlantirish, tinchlantirish va qizarishlarni bartaraf qilish xususiyatiga ega bo‘lgan mazkur yog‘da teri termik shikastlanganida samarali foydalanish mumkin. Issiq tovadan, yoki quyosh nuridan kuyishdan qat’i nazar bodom yog‘idan foydalanishingiz mumkin.
Tozalaydigan losyon sifatida
Bodom yog‘i yuzdagi o‘chmaydigan makiyajni ham tozalay olish xususiyatiga ega.
Selyullitga qarshi vosita sifatida
Terida selyullitlar paydo bo‘ladigan bo‘lsa, uni bodom yog‘i yaxshi samara beradi.
Soch uchun niqob sifatida
Soch uzunligi bo‘ylab bodom yog‘i surtib, ustidan sochiq bilan bir soatga o‘rab qo‘yish keyin esa oddiy shampun bilan yuvib tashlash kerak.
Ozishga yordam beradigan vosita sifatida
Kuniga bir osh qoshiq bodom yog‘i ichilsa, ichaklar shlak va gazlardan tozalanadi.
Manba