Ratsionga kiritish tavsiya etiladi. Teri holatini yaxshilaydigan 3 ta supermahsulot
Albatta, oziq-ovqat mahsulotlarining sog‘liq uchun bir qator foydali tomonlari bor. Ular barcha organlarning ishlashiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan, ozishga va yoshlikni saqlab qolishga yordam beradigan vitamin va minerallar manbayi − ayniqsa teri, tirnoq va sochlar uchun. Shuningdek, ular organizmni asrash vazifasini kuchaytiradi, kasalliklardan himoya qiladi va toksinlarni yo‘q qilishga yordam beradi. Bundan tashqari, supermahsulotlar stressni nazorat qilish va jismoniy mashqlarni yengillashtiradi. Agar sog‘lom va silliq teriga ega bo‘lishni istovchilar bo‘lsa, ratsionga qo‘shish kerak bo‘lgan uchta supermahsulot haqida bilib qo‘yishi kerak.
Foto: Harper’s BazaarKinoa
Kinoa − sog‘lom turmush tarafdorlari orasida juda mashhur. Ushbu mahsulot tarkibida juda ko‘p miqdordagi vitamin va minerallar, oqsil, kletchatka, B guruhi vitaminlari, fosfor, temir, kaliy, kalsiy va rux mavjud. Kinoa donalarida teri, soch va tirnoqlarning holatiga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan aminokislota lizini mavjud. Bundan tashqari, kinoa tanadagi modda almashinuvi jarayonlarini yaxshilashga va tezlashtirishga, natijada ozishga yordam beradi. Shuning uchun har bir kishi ushbu donni o‘z ratsioniga kiritishi kerak.
Chia urug‘lari
Chia urug‘lari tarkibida oqsil, kletchatka va kalsiy, linolenik kislota, omega-3 bo‘lib, ular urug‘ tarkibida baliqlarnikidan ham ko‘proqdir. Chia teri uchun ham juda foydali bo‘lib, quruqlik bilan kurashishga yordam beradi. Bundan tashqari, teri elastikligini oshiradi. Shuning uchun ham ko‘proq ayollar chia urug‘ini sevib iste’mol qiladi. Chia urug‘idan salatlar, pudinglar tayyorlab ichish mumkin. Natijasi esa uzoq kuttirmaydi.
Foto: Harper’s BazaarKakao donalari
Aynan shokoladlar tayyorlanadigan ushbu mahsulot juda foydali bo‘lib, ular tarkibida kaliy, magniy, rux, fosfor, beta-karotin, B1 va B2 vitaminlari hamda 300 dan ortiq ozuqa moddalari mavjud. Bundan tashqari, kakao donalari tarkibida butun tananing salomatligi va tashqi ko‘rinishiga foydali ta’sir o‘tkazadigan ko‘p miqdorda antioksidant mavjud. Kakao juda ham foydalidir, uning tarkibida kokoxil deb ataladigan modda mavjud bo‘lib, terini tiklashga yordam beradi.
Manba