Salomatlik Salomatlik Hamigaki: tishlarni tozalashning yaponcha texnikasi

Hamigaki: tishlarni tozalashning yaponcha texnikasi

O'qildi: 395


Hamigaki: tishlarni tozalashning yaponcha texnikasi

Tishlarni kuniga necha marta yuvish kerak? Albatta, ikki marta. Lekin yaponlar buni juda kam deb hisoblaydi. Ularda hatto tishlarni yuvishning o‘ziga xos uslubi bor.

Foto: “Domashniy ochag”

Kunchiqar mamlakat aholisi orasida gigiyenaga yuqori darajada e’tibor qaratiladi. Yaponlar har ovqatdan keyin kuniga bir necha marta tishlarini yuvadi. Ular tozalikni salomatlik garovi deb hisoblaydi.

Hamigaki nima?

Yaponlar juda yoshligidan tishlarini yuvishni o‘rganadi. Shu sababli ota-onalar bilan tishlarini yuvish ko‘pincha Yaponiyaning har bir fuqarosi uchun eng esda qolarli voqealardan biridir. Ular hatto bu tartib oila ichidagi munosabatlarni mustahkamlaydi, deb hisoblaydi.

Maktabdagi darslar

Bu hali hammasi emas. Agar ota-onalardan biri bolasiga tishlarni tozalashni to‘g‘ri o‘rgata olmasa yoki bolani gigiyenaga o‘rgatishni unutgan bo‘lishi mumkin. Shuning uchun ham Yaponiyada bolalar har ovqatdan keyin tishlarini yuvadi. Butun sinf o‘qituvchining qat’iy nazorati ostida jarayonni amalga oshiradi.

Hamigaki yaponlargina biladigan maxsus harakatlarmi?Yo‘q, hammada bir xil. Faqat farq bajarilishning puxtaligida. Albatta, yosh o‘quvchilarga tishlarni tozalashni o‘rgatish qiyin. Ammo yaponlar buning ham yechimini topdi: ular shunga mos bolalar qo‘shiqlarini yaratdi.

Restoranda ham tishlarni yuvish kerak

Ajablanarlisi shundaki, bu tarbiya kattalarga ham tegishli, ular har ovqatdan keyin tishlarini yuvadi. Uyda yoki restoranda bo‘lishning ahamiyati yo‘q. Buning uchun ular o‘zlari bilan maxsus cho‘tkalarini olib yuradi. Mamlakatga tashrif buyurganlar odatda restoran hojatxonasiga kirib, og‘zida cho‘tka bilan diqqatni tortgan yapon yigitini ko‘rganda hayron qoladi.

Uyga qaytganda

Xuddi butun dunyodagi odamlar kabi yaponlar uyga kelganda qo‘llarini yuvadi. Lekin bu hammasi emas. Ular qaytganlarida har doim og‘izini ham chayadi. Yaponiya do‘konlarida hatto buning uchun maxsus mahsulotlar sotiladi. Shuningdek, har bir do‘konda og‘izdagi hidni bartaraf etishga yordam beradigan konfetlar ham mavjud.

Yaponlarning tish pastasi va cho‘tkasi qanday?

Yaponiyada tish cho‘tkasi sotiladigan do‘konga kirgan odamning yo‘qolib qolishi hech gap emas. Og‘iz gigiyenasi bilan ovora bo‘lgan yapon xalqining do‘konlarida cho‘tkaning shunchalik ko‘p turlari borki, ularning birortasini tanlab olish ham qiyin.

Biroq ularning aksariyati odatdagi cho‘tkalardan farq qiladi. Ular ixchamroq o‘lcham va yaxshi sifatga ega. Eng muhimi, tishlarni yaxshiroq tozalashga yordam beradigan juda yumshoq, nozik tuklar milkka zarar bermaydi. Tish pastasiga kelsak, u hamigaki deb ham ataladi, Yaponiya savdo do‘konlarida  bir yarim milliondan ortiq turi bor!Bu brendlar bir-biridan qanday farq qilishi mumkinligini tasavvur qilish qiyin, lekin ular mavjudligi ularga talab ham borligini bildiradi.

Tish va yurak

Yaponiya dunyodagi yurak-qon tomir kasalliklari bilan kasallanish darajasi past bo‘lgan uch mamlakatdan biri – Koreya va Fransiya bilan bir qatorda turadi. Savol tug‘ilishi tabiiy, tish va yurak o‘rtasida qanday bog‘liqlik bor?Hozirgi tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, tish salomatligining yomonligi, milk kasalligi va og‘izdagi bakterial infeksiyalar yurak xastaligi xavfining oshishi bilan bog‘liq. Balki, hamigaki texnikasi Yaponiyalarning qariganda ham tetik yashashining sabablaridan biridir va bu mamlakatda o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 84-85 yoshni tashkil etadi va bu dunyodagi eng yuqori ko‘rsatkich.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.