Bodom yog‘i — go‘zallik moyining ko‘pchilikka noma’lum xususiyatlari
Sakkiz ming yildan ortiq vaqt mobaynida bodom yog‘i mutlaqo haqli ravishda “go‘zallik moyi” deb ataladi. Shuningdek, teri va soch parvarishi haqida gap ketganda ushbu mahsulot hamisha yordamga keladi.
Foto: PinterestBodom yog‘ida ko‘plab linoleik va oleyk kislotalari, A, F, E va B2 vitaminlari, magniy, fosfor, rux, karoten va boshqa ko‘plab foydali moddalar mavjud. Mazkur go‘zallik moyini bir qancha mahsulotlarga o‘rinbosar sifatida ishlatish mumkin.
Bodom yog‘i ko‘z atrofi terisi uchun juda foydali. Bodom yog‘i nozik terini o‘zining boy tarkibi bilan yallig‘lantirmagani uchun ham undan ajinlarni bartaraf etishda foydalanish mumkin. Shuningdek, E vitaminining yuqori miqdori tufayli bodom yog‘i kosmetik ajinlarga qarshi kremlarga ajoyib alternativ bo‘lib xizmat qiladi. Yuz terisini tekislaydi, elastikligini qaytaradi hamda terini taranglashtiradi. Uning tarkibidagi A vitamini terini namlaydi va uni atrof-muhitning salbiy ta’siridan va yuvish vositalarining zararlaridan himoya qiladi.
Foto: PinterestBundan tashqari, muammoli teri egalari bodom yog‘ining F vitamini bilan ta’minlangan antibakterial ta’sirni yuqori baholaydi. Tunda undan foydalanish tongga qadar yaxshi natijani namoyon qiladi.
Sochi uzun bo‘lishini istovchilar haftasiga 2-3 marta sochlar ildiziga bodom yog‘ini surib, massaj qilsa, ularning o‘sishi ikki baravarga tezlashadi. Bodom yog‘idan sochlar uchun ajoyib niqob sifatida ham foydalaniladi. Buning uchun mahsulot soch uzunligi bo‘ylab suriladi. Bir soatga o‘ralib, so‘ngra shampun bilan yuviladi. Natijada sochlar silliq, yorqin va qalinlashadi.
Foto: PinterestNamlovchi, tinchlantiruvchi, yumshatuvchi xususiyatiga ega bodom yog‘i teri oftobdan yoki termal kuyishlarda samarali davolaydi. Shikastlangan terini parvarish qilish uchun ajoyib vosita sanaladi. Bodom yog‘ining yengil tarkibi oson so‘riladi. Makiyajni ham mukammal darajada tozalaydi. Qolaversa, bodom yog‘i bilan massaj qilingan terida o‘zgarishlar yuz beradi. Teri yuzasi silliqlashadi, elastiklik oshadi, dag‘allik va bo‘rtmalar yo‘qoladi.
Ayollar uchun yog‘ning eng foydali jihati shundaki, kuniga bir osh qoshiq bodom yog‘i iste’mol qilish ichaklarni gaz va toksinlardan tozalaydi va qorin chiqishining oldini oladi. Shuningdek, modda almashinuvi jarayoniga ham ijobiy ta’sir o‘tkazib, ortiqcha vaznga ega bo‘lishning oldini oladi.
Manba