Salomatlik Salomatlik 75 foiz kasalliklarning oldini olishda yordam beradigan profilaktika qoidalari

75 foiz kasalliklarning oldini olishda yordam beradigan profilaktika qoidalari

O'qildi: 329


75 foiz kasalliklarning oldini olishda yordam beradigan profilaktika qoidalari

Kasallikni davolagandan ko‘ra uning oldini olish afzalroq ekanligini ko‘pchilik biladi, biroq bunga hamma ham amal qilavermaydi, deb yozadi “Domashniy Ochag”.

Foto: “Vk.com”

Avstraliyalik shifokor Kennet Jeffri shunday deydi: “Davolab bo‘lmaydigan kasallik yo‘q, davolab bo‘lmaydigan odamlar bor, ular tabiat qonunlarini tushunishga aqli yetmaydiganlar va o‘zlarini tarbiya qilishga iroda kuchiga ega bo‘lmaganlardir”.

Aynan bu narsa kasallikning oldini olish bilan bog‘liq. Hozirgi kunda bir qancha yuqumli kasallikning oldini olishda yetarlicha usullar mavjud, hatto irsiy kasalliklarning ham profilaktikasi muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. Shuningdek, to‘g‘ri yondashuv bilan surunkali kasallikning ham oldini olish mumkin. Olimlarning aniqlashicha, organizmning 25 foizi irsiy jihatdan yaratilgan, qolgan 75 foizini turmush tarzi bilan tartibga solish mumkin. Masalan, parhez, atrof-muhit, sog‘lom turmush tarzi yordamida kasallikning oldini olish mumkin.

Jismoniy mashqlar

Jismoniy mashqlar — turli kasalliklarning oldini olish va tanani yaxshilash uchun bebaho dori. Yoga, gimnastika, velosiped haydash, suzish va har qanday jismoniy harakat talab etiladigan mashqlar organizmda mavjud ichki kasalliklarni chiqarib tashlashi isbotlangan. Mashqlar tinchlantiruvchi, uyg‘unlashtiruvchi, umumiy tartibga soluvchi va yallig‘lanishga qarshi ta’sirga ega. Shuningdek, jismoniy mashqlar qon bosimining pasayishiga yordam beradi, yurak faoliyatini normallashtiradi, mushaklar va suyaklarni mustahkamlashga yordam beradigan gormonlar ishlab chiqaradi. Bundan tashqari, qandli diabetning rivojlanishiga to‘sqinlik qiluvchi insulin moddasini ishlab chiqarishni faollashtiradi va stressga tushishning oldini oladi.

Foto: “Domashniy Ochag”

Ayniqsa, oshqozon va ichak kasalliklarining oldini olishda jismoniy faollik va dinamik mashqlar juda foydali. Shu bilan birga, asab tizimi, ovqat hazm qilish organlari va qorin sohasidagi oshqozon, ichak, jigar, taloq va buyraklar faoliyatini yaxshilaydi va tartibga soladi.

To‘g‘ri nafas olish

Nafas olish — inson tanasi uchun kerak bo‘lgan asosiy vazifalardan biridir. To‘g‘ri nafas olish kasalliklarning oldini olish, ichki organlar muvozanatini va umumiy holatini ta’minlash uchun muhim rol o‘ynaydi. Uning foydali jihati bir necha ming yillar davomida an’anaviy tibbiyot tomonidan isbotangan. To‘g‘ri nafas olish mashqlarini bajarish ortidan inson o‘zining tetiklasha boshlaganini sezadi, hattoki xitoycha ushu sport mashg‘uloti nafas olish mashqi asosida rivojlangan.

Foto: “medical.org”

Oddiy nafas olish o‘pkaning 2/3 qismini yomon kislorod bilan to‘ldiradi. Havoning to‘liq yangilanishi uchun nafas olish paytida ko‘krak qafasi emas, balki qorin bo‘shlig‘i mushaklari kengayishi kerak. Professional xonandalarda bu holat ko‘p kuzatiladi. Bunda kislorod o‘pkaga kiradi va keyin qonga o‘tadi, qorin bo‘shlig‘i organlari faoliyati normallashadi. To‘g‘ri nafas olish mashqlari qonning kislorod bilan to‘yinishini ta’minlaydi va qonda tromblar paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaydi, gipertoniya shakllanishiga imkon bermaydi. Ayniqsa, tananing o‘z-o‘zini tartibga solishiga yordam beradi, modda almashinuvi jarayoni yaxshilanadi, vazn ortmaydi, aql, asab va uyqu normallashadi.

To‘g‘ri ovqatlanish

To‘g‘ri ovqatlanish — deyarli barcha kasallikning oldini olish demakdir. Bundan tashqari, ovqatlanish har bir kishining sog‘lig‘i va birinchi navbatda, oshqozon-ichak yo‘lini nazorat qiluvchi yagona jarayondir. Sababi oshqozon-ichak kasalliklari asosan noto‘g‘ri ovqatlanish ortidan paydo bo‘ladi. To‘g‘ri ovqtlanish va vaznga ahamiyatli bo‘lish unchalik ham qiyin emas. Shunchaki, organizm uchun zararli hisoblangan mahsulotlardan o‘zni cheklash kifoya.

Foto: “versia.ru”

Buning uchun turli xil kasalliklarning oldini olishda hamda sog‘liqni asrashda yordam beradigan oziq-ovqat mahsulotlarini ratsionga kiritish kerak.

  • Ko‘k choy tarkibida kuchli antioksidantlar mavjud bo‘lib, u yurak-qon tomir kasalliklari va saratonning bir nechta turidan himoya qiladi. Yapon olimlari ko‘k choyning saratonning og‘ir darajalari hamda o‘limga olib keladigan barcha sabablari bilan bog‘liqligini aniqladi.
  • Barcha turdagi yong‘oqlar ham inson organizmi uchun koni foyda. Garvard olimlarining tadqiqotiga ko‘ra, 14 yoshdan yuqori bo‘lgan ayol-qizlar hafta mobaynida 30 grammdan yong‘oq iste’mol qilsa, ikkinchi turdagi qandli diabetga chalinish darajasi yong‘oqni kamroq iste’mol qiladigan ayollarga nisbatan 20 foizga kamaygani kuzatildi.
  • Soya mahsuloti qon bosimi va xolesterin miqdorini kamaytiradi, qonda tromb hosil bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaydi. Suyakni himoya qilib, tuxumdonlar, prostata va ko‘krak saratoniga qarshi kurashishda yordam beradi. Shuningdek, menopauza vaqtida qizishni yengillashtiradi.
  • Dukkakli mahsulotlar. Kuniga bir marotaba bo‘lsa ham don mahsulotini iste’mol qilish kerak, bu nafaqat yurak xuruji, balki yosh bilan bog‘liq ko‘plab kasalliklarning rivojlanish xavfini kamaytiradi.
  • Yog‘li baliq — artrit, qandli diabet va xotira pasayishining oldini oladi. U omega-3 kislotasiga boy bo‘lib, yurak va arteriyalarni sog‘lom asrashda yordam beradi.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.