Salomatlik Salomatlik Miya faoliyatini yaxshilaydi, yuz terisini taranglashtiradi: Qora shokoladning foydali xususiyatlari

Miya faoliyatini yaxshilaydi, yuz terisini taranglashtiradi: Qora shokoladning foydali xususiyatlari

O'qildi: 385


Miya faoliyatini yaxshilaydi, yuz terisini taranglashtiradi: Qora shokoladning foydali xususiyatlari

Qora shokolad – bu kakao kukuni, kakao moyi va shakardan iborat bo‘lgan shokolad turi, ammo sut qo‘shilmaydi. U boshqa shokolad turlariga qaraganda foydali hisoblanadi, chunki tarkibida kakao ko‘p, shakar kam.

Foto: Getty Images

Shokolad tarkibida kakao qancha ko‘p bo‘lsa shuncha achchiq ta’mga ega bo‘ladi. Tarkibida 70—80 foiz kakao bo‘lgan shokolad achchiq shokolad nomi bilan, tarkibida 50 foiz kakao bo‘lgan shokolad qora shokolad nomi bilan sotiladi. Achchiq shokolad foydaliroq hisoblanadi.

U yuqori energiya manbasi bo‘lib, 100 gr achchiq shokolad deyarli 539 kkl tashkil qiladi.

Tarkibida:

  • hujayra tolasi — 7.4 gr;
  • temir moddasi — 5.6 mgr;
  • magniy — 133 mgr;
  • fosfor — 170 mgr;
  • kaliy — 360 mgr;
  • kalsiy — 45 mgr;
  • RR vitamini — 2.1 mgr;
  • E vitamini — 0.9 mgr;
  • B1, B2 vitaminlari — 0.7 mgr
va to‘yingan yog‘ kislotalari mavjud.

Antioksidatlardan flavin, flovonoidlar, kaxetin moddalari bor. Tarkibidagi kofein va teobromin esa kofega nisbatan deyarli 100 baravar kam.

Achchiq shokoladning 7 ta tasdiqlangan xususiyati mavjud.

Antioksidant ta’siriga ega

Kakao urug‘i antioksidant flovonoidlar, polifenolar va boshqa biologik faol moddalarga boy. Antioksidantlar organizmdagi erkin radikallarni zararsizlantiradi. Ushbu “tajovuzkor“ zarralar miokrd infarkti, qon bosimi kasalligi, xafli o‘smalar, miya ishemiyasi, qandli diabet va boshqa ko‘plab surunkali kasalliklarni ketirib chiqaradi.

Qon bosimini pasaytiradi

Nemis va Britaniya olimlarning tadqiqotlarida kakaoning faol komponentlari arteriya hujayralarida azot oksidini ishlab chiqarishini rag‘batlantiradi, u qon tomirlarining qarshiligini kamaytiradi va kengaytiradi, bu qon bosimini pasayishiga olib keladi, shuningdek, antioksidantlar va mikroelementlar qonning bioximik ko‘rsatkichlarini yaxshilaydi.

Aterosklerozning oldini oladi

Kakao tarkibidagi moddalar “yomon” xolesterinni(past zichlikdagi lipoprotoinlarni)kamaytiradi. Tarkibidagi antioksidantlar arteriya ichki devori hujayralari(endoteliya)shikastlanishining oldini oladi. Endoteliya shikastlanishi qon quyqasi tromb hosil bo‘lishiga olib keladi, bu qon oqimini qisman yoki to‘liq cheklashi mumkin.

Terini himoya qiladi, ayniqsa nozik yuz terisini taranglashtiradi

Kakao kukunidagi antioksidantlar teri hujayralaridagi qon oqimini ko‘paytirishi, metobolizmni yaxshilashi, teri namligi saqlashi isbotlangan. Bu o‘zgarishlar fonida quyosh nurlarining teriga ziyoni pasayadi.

Miya faoliyatini yaxshilaydi

Kakao tarkibidagi flavonoidlar, antioksidantlar miya to‘qmalarida qon oqimini oshiradi, Parkinson, Alsgeymer kasalligining oldini oladi. Serotanin “baxt” garmoni sintezini kuchaytiradi, depressiyaning oldini oladi. Undan tashqari oz miqdordagi kofein va teobromin xotira, fikrlash, diqqatni kuchaytiradi, bu ayniqsa intensiv aqliy mehnat davrida, ruhiy stress paytida juda muhim.

Qandli diabet kasalligiga ta’siri

Shokolad tarkibidagi polifenollar to‘qmalarning glyukozaga sezuvchanligini oshiradi, qondagi qand miqdorini, “yomon” xolesterin miqdorini kamaytiradi. Insulinni tana to‘qmalariga ta’sirini oshiradi. Kakao kukunidagi flovonoidlar qandli diabet kasalligi ta’sirida rivojlanadigan neropatiyani kamaytiradi.

Foydalanish bo‘yicha maslahatlar

Tarkibida kakao miqdori 70 foiz va undan yuqori bo‘lgan mahsulotga ustunlik berish tavsiya etiladi. Shuningdek sun’iy yog‘lar, ranglar, konservantlar bo‘lmagani ma’qul.

Shokoladni xona haroratida(15—20oS)suv va quyosh nurlaridan himoyalangan holatda saqlash kerak.

Kattalarga kuniga 40—50 gr, 7—12 yoshgacha 15—20 gr, 15—17 yoshgacha 30—40 gr tavsiya etiladi. Muntazam ko‘p iste’mol qilish qaramlikni keltirib chiqaradi.

Shokoladni ovqatdan keyin har bir bo‘lakchasini issiq choy yoki sut bilan ichish afzal, och qoringa yeyish tavsiya etilmaydi.

Shifokor Xurshid A’zamxo‘jayev tavsiyalari asosida tayyorlandi


Mavzuga doir:


  • Ozmoqchi bo‘lsangiz, ratsioningizga qora shokoladni kiritishning 3 sababi
  • Shirinlik, sut va dermatologlar tiyilishni tavsiya qiladigan boshqa mahsulotlar


Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.