Salomatlik Goʼzallik Atiringiz sizga to‘g‘ri kelmasligidan darak beruvchi 7 belgi

Atiringiz sizga to‘g‘ri kelmasligidan darak beruvchi 7 belgi

O'qildi: 303


Atiringiz sizga to‘g‘ri kelmasligidan darak beruvchi 7 belgi

Do‘kondagi atir sizga yoqqani bilan, bu ifor sizga to‘g‘ri kelishini bildirmaydi. Sizga mos bo‘lmagan atir bosh og‘rig‘i hamda allergik reaksiyalarni keltirib chiqarishi, shuningdek, kayfiyat yomonlashishiga olib kelishi mumkin.

Foto: Cosmopolitan

Vaqt o‘tsa ham, burunning atir iforiga o‘rganmasligi

Atir sepgandan keyingi 15-20 daqiqada burun iforga o‘rganishi kerak. Yo‘qsa, ifor kishining g‘ashiga tegishi mumkin.

Aksirish

Atir sepganda tinmay aksirish undagi qaysidir moddaga allergiya borligini bildiradi. Organizm bilan bunday eksperiment qilib o‘tirmasdan, yaxshisi, ushbu atirni boshqa bir odamga sovg‘a qilib yuboring.

Kiyinish uslubingizga mos kelmaslik

Sport uslubida kiyingan qizdan xushbo‘y gullar ifori yoki aksincha nozik, ayollarga xos jozibali libos kiygan qizdan o‘tkir ifor taralishi biroz g‘alati. Shu sabab ham atir tanlaganda kiyinish uslubingiz va boradigan joyingizni inobatga oling.

Iforning farq qilishi

Do‘kon peshtaxtalaridagi bir bo‘lak kartondan(tester)atirning haqiqiy ifori taralmaydi. Teriga sepilganidan keyingina asl hid taralishi mumkin. Aynan shu sabab ham xarid qilishdan avval atirni sepib,  biroz muddat sayr qiling. Oradan vaqt o‘tganidan keyin ham hidi avvalgidek yoqadigan bo‘lsa, unda bemalol sotib olsangiz bo‘ladi.

Atir iforining yil fasliga to‘g‘ri kelmasligi

Dengiz, sitrus notalarini o‘zida mujassam qilgan atirlar qishda yoqimsiz bo‘lishi, yozda esa gul ifori g‘alati tuyilishi mumkin. Tanlov qilganda shu jihatlarni ham inobatga oling.

Boshning og‘rishi

Ba’zi vaqtlarda to‘g‘ri kelmagan atir ifori ham bosh og‘rig‘ini keltirib chiqarishi mumkin. Agar sizda shunday holat kuzatiladigan bo‘lsa, atiringizni o‘zgartirib ko‘rish tavsiya qilinadi.

Kechga borib atir iforidan charchash

Kunning boshida yoqimli tuyilgan hid kechga borib yoqmay qoladigan bo‘lsa, bu atir sizga tushmaganidan darak beradi. Gap shundaki, mukammal kompozitsiya hech qanday yoqimsiz emotsiyalarga sabab bo‘lmaydi.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.