Salomatlik Goʼzallik Oziqlantiring va namlantirishni unutmang: teriga 30 yoshdan keyin qanday parvarish kerak?

Oziqlantiring va namlantirishni unutmang: teriga 30 yoshdan keyin qanday parvarish kerak?

O'qildi: 312


Oziqlantiring va namlantirishni unutmang: teriga 30 yoshdan keyin qanday parvarish kerak?

Necha yosh bo‘lishdan qat’i nazar terini parvarish qilish muhim sanaladi. Yoshlikda yog‘li teri va husnbuzarlarga qarshi kurashish asosiy bo‘lsa, yosh o‘tishi bilan ajin va pigment dog‘lar tushishining oldini olish kerak.

Foto: Cosmopolitan

Namlantirish va terini tozalashning o‘zi vaqt o‘tishi bilan kamlik qiladi. Terining yangilanishi va rangi tiniq va sog‘lom bo‘lishiga hissa qo‘shuvchi piling muolajasi haqida ham unutmaslik kerak.

Qolaversa, terining elastik va tarang bo‘lishi uchun foydali kosmetik vositalardan foydalanish kerak.

Terining tonusiga javob beradigan kollagen oqsilining ishlab chiqarilishi 25 yoshdan keyin sekinlashadi, aynan shu sabab ham 30 yoshdan keyin nafaqat maxsus kosmetik vositalardan foydalanish, balki to‘g‘ri ovqatlanish va terini nafaqat usti, balki ichki tomondan ham namlantirib turish kerak.

30 yoshdan keyin terini parvarish qilish bo‘yicha 5 qoida:

Ajin tushishining oldini oladigan krem

Bunday kremning tarkibida foydali komponent va antioksidantlarga boyini xarid qiling.

Quyoshdan himoya qiluvchi kremdan foydalanishni unutmang

SPF-kremlarni nafaqat sohilda yoki yozda, balki boshqa kunlarda ham surtishni kanda qilmaslik kerak. Bu erta ajin va dog‘ tushishining oldini olibgina qolmay, melanoma profilaktikasi ham sanaladi.

Terini ichidan namlantirishni unutmang

Muntazam ravishda suv ichish bilan birga, maxsus vitamin va minerallar kompleksini qabul qilish kerak. Tarkibidagi vitamin, o‘simlik komponentlari terining salomatligi va go‘zalligini ta’minlaydi. Kompleks tarkibidagi kollagen peptidlari terining elastik bo‘lishiga hissa qo‘shib, ajinlarni kamaytiradi.

To‘g‘ri ovqatlaning

Ratsionda uglevod, oqsil va yog‘ga boy mahsulotlar bo‘lishiga e’tibor qarating. Teri salomatligi uchun ahamiyatli bo‘lgan yog‘lar yetishmaganda, teri avvalgidek elastik bo‘lmaydi va ajinlar paydo bo‘la boshlaydi.

Tiniqib uxlang

Haddan ortiq ko‘p yoki kam uxlash salomatlik, kayfiyat va teri ahvoliga salbiy ta’sir qilgani sabab olimlar 7 soat uxlash kerakligini ta’kidlaydi. Tiniqib uxlamaganda ko‘z ostida qora halqalar paydo bo‘ladi, teri so‘lg‘in va nosog‘lom ko‘rinadi. Ko‘p uxlaganda esa shishlar paydo bo‘ladi. Aynan shu sabab ham rejimga rioya qilib, kerakligicha uxlash kerak.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.