Salomatlik Goʼzallik Faqat kosmetik vositalar emas: Qaysi mahsulotlar ajin tushishining oldini oladi?

Faqat kosmetik vositalar emas: Qaysi mahsulotlar ajin tushishining oldini oladi?

O'qildi: 263


Faqat kosmetik vositalar emas: Qaysi mahsulotlar ajin tushishining oldini oladi?

Terining tiniq va tarang bo‘lishi, shuningdek, ajin tushishining oldini olish uchun ratsiondagi mahsulotlarga e’tiborli bo‘lish muhim sanaladi.

Foto: “Domashniy ochag”

Baliq va o‘simlik yog‘i

Erta ajin tushishini istamaydiganlarning ratsionida omega-3 va omega-6 yog‘ kislotasiga boy mahsulotlar bo‘lishi kerak. Haftada bir marta baliqning istalgan turini iste’mol qilishni kanda qilmaslik kerak. Shuningdek, qovoq urug‘i, ismaloq, o‘simlik yog‘i singari mahsulotlar ham foydali ekanini unutmaslik kerak.

Yong‘oq

Koenzim Q10 va E vitamini hujayralarning regeneratsiyasi va oziqlanishi uchun muhim sanaladi. Shu sabab ham qarishga qarshi vositalarni tayyorlashda aynan ushbu moddalardan foydalaniladi. Ajinlar tushishining oldini olish uchun krem surtishdan tashqari, yong‘oqlarni iste’mol qilish ham yaxshi samara beradi. Mutaxassislar koenzim Q10 va E vitaminining koni bo‘lgan ushbu mahsulot yoshlikni saqlashda juda ham muhim ekanini ta’kidlaydi. Ammo kaloriyaga boy ekani sabab me’yorni bilish muhim sanaladi. Yuz terisining go‘zal bo‘lishi uchun haftada uch marta 50 grammdan bodom, yong‘oq va funduk iste’mol qilish kerak.

Ko‘katlar va sitrus mevalar

Kollagen teri hujayralarini sintezlaydigan, uning elastikligi va tarangligi uchun javob beradigan oqsildir. Yosh o‘tishi bilan teri tarangligini saqlash oson bo‘lmaydi. Ajinlar ko‘paymasligi uchun kollagen qancha ko‘p bo‘lsa, shuncha yaxshi. C vitamini esa uning ishlab chiqarilishini ta’minlaydigan eng yaxshi rag‘batlantiruvchi vosita hisoblanadi. Shu sabab ham C vitaminining koni bo‘lgan kivi, na’matak, qizil bulg‘ori qalampiri va petrushka iste’mol qilishni kanda qilmaslik kerak.

Qizil va olovrang mevalar

Yuz terisi so‘lg‘in ko‘rinmasligi uchun ko‘proq qizil va olovrang mevalar iste’mol qilish kerak. Sabzi, bulg‘ori qalampiri, pomidor, qovoq va o‘rik singari mahsulotlar teri hujayralarining yangilanishi uchun javob beradigan antioksidant — beta karotinning koni sanaladi. Qolaversa, qarishga qarshi aksariyat kremlar tarkibida retinol — organizmda karotin sabab ishlab chiqariladigan A vitamini bisyor bo‘ladi.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.