Salomatlik Goʼzallik Darhol amalga oshiring: kuz faslida teri uchun muhim bo‘lgan muolajalar

Darhol amalga oshiring: kuz faslida teri uchun muhim bo‘lgan muolajalar

O'qildi: 309


Darhol amalga oshiring: kuz faslida teri uchun muhim bo‘lgan muolajalar

Yozning jazirama kunlaridan keyin teri qanday muolajalarga muhtoj ekani haqida ma’lumot berib o‘tamiz.

Foto: Freepik

Terini namlantirish 

Issiq va quruq havoda teri tonusini yo‘qotadi, yupqalashadi, quruq hamda so‘lg‘in bo‘lib qoladi. Ammo zagar ortida buni payqash imkonsiz bo‘ladi, kuz kelishi bilan esa muammolar ko‘zga tashlana boshlaydi. Shu sabab ham sentabr kelishi bilan amalga oshirish kerak bo‘lgan ilk muolaja terini yaxshilab namlantirishdir. Bu vaziyatda eng yaxshisi kosmetologik inyeksiyadan foydalanish. Muolaja vaqtida teriga tiniqlik hamda yaltirashni qaytaradigan tarkibida vitamin, minerallar, kislotalar va peptid komplekslar yuboriladi.

Masalan, biorevitalizatsiya va kollogenoterapiya hujayralar tuzilishini tiklaydi, moddalar almashinuvini me’yorlashtirib, teriga taranglikni qaytaradi. Ajinlarni tekislab, namlantiradi va poralarni qisqartiradi. Mezoterapiya esa hujayralar yangilanishini rag‘batlantirib, kollagen ishlan chiqarilishini ta’minlaydi. Muolaja yordamida teri sezilarli darajada mustahkamlanib, kontur yaqqol ko‘zga tashlanadi. Go‘zallik ukollari, shuningdek, terini yaqinlashib kelayotgan sovuq haroratga tayyorlovchi manbalar bilan to‘ldiradi.

Terini yangilash muolajasi

Yozgi quyosh nurlari bilan bog‘liq qizarishlar ketishni boshlashi bilan yuzda sepkil va dog‘lar ko‘zga tashlana boshlaydi. Bunday vaziyatda teriga shikast yetkizmaydigan, nomiga bajariladigan piling muolajasidan foydalanish muhim sanaladi. Jarayondan keyin regeneratsiya jadallashadi, elastin va kollagen ishlab chiqarilishi rag‘batlantiriladi hamda hujayralarning yasharishiga hissa qo‘shadi. Natijada yaqqol ko‘zga tashlanadigan lifting-samara kuzatiladi. Muolajadan keyin teri yangilanib, sog‘lom va tiniq rangda bo‘ladi.

Yallig‘lanishni bartaraf qilish muolajasi

Ultrabinafsha nurlarining faol ta’siri teridagi immunitetni tushiradi. Qolaversa, issiq harorat husnbuzar toshishiga olib keladigan yog‘lar ishlab chiqarilishini jadallashtiradi. Aynan shu sabab ham kosmetologlar kuzni husnbuzar toshishi ko‘payadigan davr deb hisoblaydi. Kislotali piling ushbu muammo bartaraf qilishga yordam beradi. Dag‘al teri qatlamini yo‘q qilib, hujayralardagi regeneratsiya jarayonini ishga tushiradi hamda kollagen ishlab chiqarilishini yaxshilaydi. Muolajadan keyin derma qatlamining teri elastikligi va tarangligi ortadi, sog‘lom va go‘zal ko‘rinishga ega bo‘ladi. Shuningdek, toshma va husnbuzarlar bilan kurashish uchun yallig‘lanishga qarshi samara beradigan kokteyllar yuborish orqali amalga oshiriladigan inyeksiyalar ham yaxshi samara beradi. Ammo ushbu davolash ishlarini amalga oshirish uchun dastlab dermatolog-shifokor gormon va boshqa muhim omillarni tekshirishi kerak bo‘ladi.

Terini tiklash muolajasi

Quyosh nurlarining salbiy ta’siridan keyin apparatli kosmetologiya muolajalari birikmasi samarali natija beradi. Bu yuzni tozalashning turli usullari, yashartirish muolajalari, RF-lifting bo‘lishi mumkin. Uzoq vaqtlik ta’sirga ega ekani sabab teri ahvoli darhaqiqat yaxshilanadi. Ammo terini tiklashga qaratilgan barcha muolajalar bir necha marta takrorlanishi lozim. Chunki uch oyda orttirilgan muammoni 30 daqiqada bartaraf qilish imkonsiz. Kosmetolog ko‘rsatmasiga binoan uy sharoitida amalga oshiriladigan parvarishga alohida e’tibor qarating. Salondagi muolajalar yaxshi, albatta, ammo ijobiy natija nafaqat mutaxassis, balki mijozning uyda amalga oshiradigan parvarishi va oziqlantirishiga bog‘liq bo‘ladi.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.