Butun dunyo ayollari mehrini qozongan Dyson feni haqida siz bilmagan 5 fakt
Yuqori texnologiyalar hayotimizning ajralmas qismiga aylanib ulgurdi. Gap soch turmaklovchi qurilma haqida ketganda xayolga birinchi bo‘lib, Dyson Supersonic feni keladi. Go‘zallik ixlosmandlari bundan besh yil avval tanishgan mazkur fen hali hamon dolzarbligicha qolmoqda. Vogue’dan tortib National Geographic jurnallari, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda mashhurlikka erishgan, yulduz va aktrisalar tomonidan afzalliklari tinmay ta’kidlangan fenni ishlab chiqargan Jeyms Daysonni esa tanimagan odam qolmagan.
Foto: VogueDyson Supersonic mashhurlikka erishishining sababi nimada?
Birinchidan, minimal va biroz futuristik dizaynga ega ekani asosiy rol o‘ynagan. U paydo bo‘lguniga qadar barcha fenlar bir-biriga o‘xshagan — motori ustki qismida joylashgan.Dyson Supersonic’da esa hammasi boshqacharoq — uning motori ushlaydigan qismida joylashgan. Yana bir afzalligi, qalinligi qanday bo‘lishidan qat’i nazar bir zumda quritish xususiyatga egaligida. Bundan tashqari, undagi magnit bilan fenga mahkamlanadigan “nasadkalar” ishlatish uchun juda ham qulayligi bilan birga hech qachon haddan ortiq isib ketmaydi. Elektron termistor darajaning 150 dan yuqori bo‘lishiga qo‘yib bermaydi.
- 5 yil bo‘lganiga qaramay Dyson fenlarning turli rang va versiyalaridagini taqdim qilishga ulgurgani bilan pushti va kulrang variant eng klassikligicha qolmoqda. Ranglar shunchaki tanlanmagan — bu Jeyms Daysonning rafiqasini sevimli ranglari.
- 2016-yilda fen taqdimoti bo‘lishidan avvalroq mazkur fenni Karl Lagerfildning mushugi ham foydalangan bo‘lib, bu orqali Jeyms, qurilmaning sekin ishlaganidan hatto hayvonlar ham ishlatganda qo‘rqmasligini isbotlamoqchi bo‘lgan.
- Dyson Supersonic’ni ishlab chiqish uchun 4 yil ketgan. Bu vaqt davomida 103 nafar olim va kashfiyotchilar sochlarning turi hamda issiqlik ta’sirida qanday o‘zgarish yuz berishini o‘rgangan. Kompaniyaning hisob-kitobiga ko‘ra fenni ishlab chiqarish uchun 50 million funt sterling(sal kam 70 ming dollar)sarflangan.
- Dyson Supersonic’ni ishlab chiqish vaqtida test maqsadida 1625 km soch tolasidan foydalanilgan.
- Nima uchun Jeyms Dayson byuti-gadjet bozorini zabt etishga qaror qildi, degan savollarga beriladigan javob versiyalaridan birida, uning bunday qarorga kelishiga rafiqasi sochini quritayotgan vaqti fen ovozi ularga xalal berishni istamagani aytiladi.
Manba