Yuzni erta tongda muz bo‘laklari bilan artishning foydasi
Yuzni muz bo‘lagi bilan ishqalash eng qadimgi va munozarali muolajalardan biridir. U Merilin Monro va Marlen Ditrix tomonidan qo‘llanilgan, ammo ko‘plab kosmetologlar uzoq vaqt davomida qabul qilmagan. Endilikda esa “muz bo‘laklari” amaliyoti tobora ommalashib bormoqda – bu ko‘z ostidagi shish va ko‘karishlar bilan kurashish, terini yaxshilash va son-sanoqsiz ajinlarni bartaraf etish va yuz niqoblariga pul tejashning ajoyib usuli.
Foto: “Locon.com”Buning foydasi nimada?
Jarayon bir qator afzalliklarga ega. Muz tun davomida hosil bo‘lgan ko‘z ostidagi shish, ko‘karishlar va xaltachalarni bir zumda olib tashlaydi, jonlantiradi, uyqudan tezroq uyg‘onishga yordam beradi. Ushbu termal effekt qon oqimini rag‘batlantiradi, natijada yuz ko‘rinishi yanada silliq va yorqin rangga ega bo‘ladi. Bundan tashqari, muntazam ravishda “muz bilan yuvish” teri hujayralarining yangilanishiga yordam beradi, qarishni sekinlashtiradi va ajinlar paydo bo‘lishining oldini oladi.
Muzdan qay tarzda foydalanish kerak?
Ko‘proq samaradorlik uchun nafaqat oddiy toza suvni, balki turli xil faol moddalarni ham muzlatib, ishlatish mumkin. Masalan, moychechak bulyonini bir necha tomchi uzum po‘sti yog‘i bilan muzlatib qo‘yish va zararsizlantirish uchun greypfrut sharbati bilan ko‘k choyni muzlatib qo‘yish mumkin. Agar teri juda quruq bo‘lsa, muz aralashmasiga krem yoki kosmetik moy qo‘shish mumkin. Shuni unutmaslik kerakki, o‘simlik tarkibiy qismlari kuchli allergiyaga olib kelishi mumkin. Ushbu kompozitsiya bilan butun yuzni muz bilan ishqalashdan oldin, terining kichik qismida harakatlantirib, biroz kutish lozim. Agar tirnash, qizarish xususiyati paydo bo‘lmasa, kompozitsiya xavfsiz hisoblanadi.
Shunday qilib, bu yerda tartibni to‘g‘ri bajarish bo‘yicha bosqichma-bosqich ko‘rsatma mavjud:
- Jarayon terini tozalashdan boshlanadi. Yuzni odatdagidek yuvish yoki geldan foydalanish mumkin. Agar protsedura kechqurun amalga oshirilsa, yuzni makiyajdan yaxshilab xalos qilish lozim.
- Massaj bo‘yin va dekoltedan boshlanadi va limfa tugunlarini rag‘batlantirish uchun massaj chiziqlariga e’tiborli bo‘lish lozim.
- Burundan yuqori va pastdagi parallel chiziqlar bo‘ylab dumaloq harakatlanadi.
- Ko‘z atrofi yumshoq aylantiriladi, muz bo‘lagini bir joyda 2-3 soniyadan ko‘proq ushlab turmaslik va kuchli bosimdan saqlanish lozim. Sababi teri bu yerda yuzning qolgan qismiga qaraganda ancha yumshoq va shikastlanishi osonroq.
- Surtib bo‘lgach, sochiq ishlatilmaydi, namlik o‘z-o‘zidan qurishi kerak.
- Agar muz oddiy suvdan iborat bo‘lsa, oxirida tonik, so‘ngra krem surish mumkin.
Afsuski, ushbu turdagi muolajalar har kimga ham foyda beravermaydi. Allergiya beruvchi sezgir teri egalari uchun mutaxassislar harorat o‘zgarishi bilan tajriba o‘tkazmaslikni qat’iy tavsiya qiladi. Bu terining holatiga salbiy ta’sir ko'rsatishi mumkin. Xuddi shu narsa husnbuzar va boshqa yallig‘lanishlardan azob chekayotganlarga ham tegishli. Bu holda muz vaziyatni yanada kuchaytirishi mumkin, shuning uchun terini xavf ostiga qo‘ymaslik yaxshiroqdir.
Manba