Salomatlik Goʼzallik Husnbuzarli terini parvarish qilish bilan bog‘liq eng ko‘p tarqalgan 5 xato

Husnbuzarli terini parvarish qilish bilan bog‘liq eng ko‘p tarqalgan 5 xato

O'qildi: 373


Husnbuzarli terini parvarish qilish bilan bog‘liq eng ko‘p tarqalgan 5 xato

Teri go‘zal va sog‘lom bo‘lishi uchun uni to‘g‘ri parvarish muhim sanaladi. Kun davomida yo‘l qo‘yiladigan har qanday xato vaziyatning yomonlashishiga olib kelishi mumkin. Bunday xatolarning eng ko‘p tarqalganlari va ularni qanday bartaraf qilish mumkinligi haqida ma’lumot berib o‘tamiz.

Foto: Getty Images

Terini haddan ortiq darajada tez-tez tozalash

Birinchi va eng ko‘p tarqalgan xato terini haddan ortiq darajada ko‘p tozalash hisoblanadi. Teri yog‘ ishlab chiqarishni jadallashtiradi, yuz yaltirab qoladi. Yuzni tezda yuvib tashlash esa vaziyatni og‘irlashtiradi. Aksariyat hollarda yuzni tez-tez yuvish istalgan yuz terisi uchun zararli hisoblanadi. Tozalash jarayonida terining himoyalovchi lipid qatlami shikastlanadi, quriy boshlaydi. Bu esa bakteriyalar uchun qulay sharoit hisoblanadi va yallig‘lanish kelib chiqadi.

Matoli sochiqdan foydalanish

Nam va issiq yuvinish xonasidagi yuz sochig‘i bakteriyalar yopishishi uchun qulay makon hisoblanadi. Matoli sochiqdan foydalanish orqali siz har gal yuzingizni yuvgandan keyin mikroblarni yuz terisining ustki qatlamiga qaytarishga muvaffaq bo‘lasiz. Shu sabab ham mutaxassislar barchaga(ayniqsa, yog‘li teri egalariga)bir martalik qog‘oz sochiqlardan foydalanishni tavsiya qiladi. Yaxshisi, ularni vannadagi polkada emas qorong‘i, quruq shkafda saqlang.

Namlantirmaslik

Faqatgina quruq terini namlantirish kerak, degan tushuncha xato hisoblanadi. Namlantiradigan vositalardan foydalanmaslik husnbuzar toshishiga sabab bo‘ladi. Yog‘sizlangan teri quruqlikdan himoya qilish uchun ko‘p miqdorda sebum ishlab chiqaradi. Sebumning ko‘pligi esa yallig‘lanish ko‘payishini bildiradi. Shuni inobatga olgan holda yengil formulaga ega bo‘lgan va komedogen ingrediyentlarsiz namlantiruvchi kosmetik vositalardan foydalaning. Glitserin, suv o‘tlari va sut kislotasi eng yaxshi variant hisoblanadi.

Skrabdan foydalanish

Hatto eng yumshoq skrab ham himoya qatlamiga zarar yetkazib, terini shikastlashi mumkin. Albatta, eksfoliatsiya, ya’ni terini yaxshilab tozalash istalgan turdagi teri uchun muhim sanaladi. Ammo husnbuzar bilan bog‘liq vaziyatda fermentli pudra(Enzim face Cleancer —yuzni tozalash uchun mo‘ljallangan vosita), yumshoq piling va yog‘li teri uchun mo‘ljallangan maxsus kislotali losyonlardan foydalangan yaxshi.

Tarkibida spirt bo‘lgan vositalardan foydalanish

A’lo darajada zararsizlantiradigan va yog‘sizlantiradigandek tuyilgani bilan, spirt muammoli teri ahvolini yanada yomonlashtirishi mumkin. Tez-tez tozalash singari spirt ham birinchi navbatda terining himoya qatlamiga zarar yetkazib, bakteriyalarning kirishi uchun mukammal sharoit yaratadi. Shunday ekan, kosmetik vositalarni xarid qilishdan avval e’tiborli bo‘lish va tarkibida spirt bo‘lmaganini tanlash tavsiya qilinadi.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.