Salomatlik Goʼzallik Dunyoga mashhur go‘zal ayollarning jozibador ko‘rinishiga yordam beradigan 4 ta layfxak

Dunyoga mashhur go‘zal ayollarning jozibador ko‘rinishiga yordam beradigan 4 ta layfxak

O'qildi: 378


Dunyoga mashhur go‘zal ayollarning jozibador ko‘rinishiga yordam beradigan 4 ta layfxak

Yulduzlarning jozibador ko‘rinishi ortida nafaqat kosmetologlar va ko‘plab stilist jamoalarining mashaqqatli mehnati, balki ularning shaxsiy layfxaklari ham bor. Ulardan qaysi biri foydalnishga arzishi haqida Marie Claire nashri ma’lumot beradi.

Liv Teyler: “makiyajsiz pardoz” uchun atirgul suvi

Foto: Legion Media

Livning tabiiy pardoz uchun eng sevimli mahsuloti — atirgul suvi. Yulduz avvvaliga yuziga tonal krem, rumyana, shaffof pudra surtadi, keyin esa yuziga atirgul suvini sepadi. Shundan so‘ng aktrisa bir necha soniya davomida yuziga quruq salfetka qo‘yadi. Natijada unchalik bilinmaydigan yangi, tabiiy makiyaj hosil bo‘ladi.

Kosmetik vosita: Aasha Herbals atirgul suvi spreyi

Gven Stefani: lab bo‘yashda ranglarni aralashtirish

Foto: Legion Media

Gven — makiyaj haqida gap ketganda, eng jasur tajriba qiluvchilardan biri. Yulduzning o‘ziga xos pardozi lab bo‘yog‘i va bleskning turli xil ranglarini aralashtirish natijasida paydo bo‘ladi. Birinchi navbatda, qo‘shiqchi jilosiz rangdan foydalanadi, uning ustidan boshqa lab bo‘yog‘i yoki o‘ziga yoqqan bleskni surtadi.

Kosmetik vosita: L’Etoile’ning Dual Bite Lipstick Perfectly ombre lips lab bo‘yog‘i

Eva Mendes: bronzer va namlovchi vosita

Foto: Legion Media

Eva Mendesning yoz quyoshida toblangan teri rangi ortida oddiy go‘zallik siri bor: teriga eng tabiiy, bir xil rang berish uchun bronzani namlantiruvchi krem bilan birgalikda qo‘llaydi.

Kosmetik vosita: Dolce&Gabbana’dan Solar Glow universal suyuq bronzeri

Gvinet Peltrou: yuz uchun yengil moylar

Foto: Legion Media

Gvinet muxlislari uning omega-3 bilan boyitilgan yengil moylariga bo‘lgan ishtiyoqi haqida uzoq vaqtdan beri bilishadi. Aktrisa uchun ularning qo‘llanilishi chinakam zavq manbai, eng yoqimli odatlaridan biridir. Yulduzning ta’kidlashicha, yengil yog‘lar uning terisiga o‘ziga xos qulaylik beradi va terini parvarish qilish vositalarining o‘rnini bosadi.

Kosmetik vosita: Guerlain’dan Abeille Royale qarishga qarshi moyi

Mavzuga doir:

  • Nima uchun ayollar erkaklarga qaraganda tezroq qariydi?
  • Shaftolining inson terisi uchun ko‘pchilikka noma’lum bo‘lgan foydali xususiyatlari
  • Baliq, limon va teri yorqinligini ta’minlovchi boshqa 4 ta mahsulot


Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.