Tonal krem tanlashda yo‘l qo‘yiladigan 7 ta xato
Odatda ayollar xarid chog‘ida tonal kremining rangi, sifati, zichligini sinchkovlik bilan tekshiradi, lekin mahsulotdan foydalanganda u umuman boshqacha bo‘lib chiqadi. Nega bunday ekanini quyida aniqlaymiz.
Foto: LeticaTonal kremni tanlashda qo‘lga surtishTanish holat, tonal kremni sotib olayotganda, aksariyat ayollar uni qo‘l qismiga surtadi. Albatta, bu jarayon tanlovga to‘g‘ri kelmaydi. Chunki qo‘l va yuz terisi orasida katta farq bor. Ham rang, ham teri jihatidan. Shuning uchun iloji boricha tanlov vaqtida kremni yuzga surish tavsiya etiladi.
Makiyaj ustidan tonal kremini sinab ko‘rish
Tonal kremini sinab ko‘rishda makiyaj ustidan surtish ham noto‘g‘ri yondashuv. Chunki krem ushbu holatda mos kelsa-da, toza yuzda boshqa rangni aks ettiradi.
Tonal kremini soyada tanlash
Yangi krem xaridi asosan, kunduzi va salqin do‘konda amalga oshiriladi. Ammo tashqarida quyosh nurida qanday ko‘rinishi esa sinab ko‘rilmaydi. Shuning uchun turli rangdagi tonallarni quyosh nurida qanday ko‘rinishini sinab ko‘rish kerak.
To‘q rangdagi tonal kremidan foydalanish
Qanday rangdagi tonal kremi yuzga mos kelayotganini aniqlash qiyin bo‘lganda, sotuvchilar nisbatan to‘q rangdagisini tavsiya etadi. Qaror qilishga shoshmaslik zarur, chunki to‘q rangdagi tonal kremi xuddi yuzga dog‘ tushgan kabi ko‘rinishni hosil qilishi mumkin.
Teriga qanday yoyilishini sinamaslik
Tonal kremi shunchalar sinchkovlik bilan tekshirilsa-da, uning teriga qanday yoyilishi ahamiyatsizdek. Aslida bu eng muhim jihat hisoblanadi. Mukammal makiyajni asosan tonal kremi yuzga qay darajada singib ketgani tashkil qiladi.
Tonal kremini tunda sotib olish
Teri kun davomida charchaydi, terlaydi. Teshiklari changga to‘ladi, qizaradi. Shunday vaqtda tonal krem xarid qilish ham yaxshi fikr emas. Yaxshisi, xaridni tongda amalga oshirish tavsiya etiladi. Chunki tunda tozalangan, yetarlicha dam olgan teri boshqacha ko‘rinishda bo‘ladi.
O‘ta quyuq tonal kremi
Yodda tutish kerakki, tonal kremi yuzga suriladi. Yuz terisi qanchalar nafis ekani esa barchaga ma’lum. Shuning uchun undagi nuqsonlarni yashirishda ham o‘rtacha suyuqlikdagi tonal kremidan foydalangan ma’qul.
Manba