Quruq shampun qanday samara beradi va u nima uchun kerak?
Shoshilinch vaziyatlarda ayni muddao bo‘lgan quruq shampunlardan foydalanishda nimalarga e’tibor berish kerakligi haqida ma’lumot berib o‘tamiz.
Foto: Marie ClaireTozadek ko‘rsatadi
Pudra yoki sprey ko‘rinishida bo‘lishdan qat’i nazar, quruq shampun eng avvalo soch yuzasidagi yog‘ va kirlarga chora ko‘rib, yangi va tozalik hissini tuyishga sabab bo‘ladi. Shampundagi asosiy komponent sorbent kirlanishni yo‘qotishga javob beradi. Ammo soch bir hafta oldin yuvilgan bo‘lsa, oddiy quruq shampun ham unga yordam bera olmasligi mumkin. Quruq shampun oddiy suyuq shampunchalik toza qilmagani bilan, uning o‘rnini bosishi mumkin. Ammo shu bilan birga ustini yangidek ko‘rsatgani hisobiga, undan foydalanish shoshilinch vaziyatlarda samarali ish beradi.
Stayling
Quruq shampundan foydalangandan keyin soch avvalgidan qalin va hajmliroq ko‘rinadi. Qolaversa, vositadan keyin sochlar “aytganni qiladigan” bo‘lib qoladi, ya’ni tartibga keltirish, mukammal yig‘ish oson bo‘ladi. Ushbu usul ayniqsa, sochi “nachyos” qilingandek ko‘rinishini istaydiganlar uchun ayni muddao. Soch ildiziga sepgandan keyin 2-3 harakatning o‘zi kifoya qiladi. Foydalangandan keyin sochlar shishib, hajmli ko‘rinadi.
Foydalanish qoidalari
Foydalanishdan avval quruq shampunli idishni yaxshilab silkitish keyin esa boshdan 15 sm uzoqlikda soch ildiziga sepish kerak. Keyin massaj harakatlari bilan yaxshilab tarqatishga harakat qilish kerak. 5-7 daqiqadan keyin esa taroq yordamida shishirib istalgan uslubda turmaklasa bo‘ladi.
Nimaga e’tibor berish kerak?
Shampunni faqat quruq sochga sepish va kun davomida undan takror foydalanmaslik kerak. Qayta foydalanish o‘rniga boshni shunchaki pastga egib, qo‘llar bilan tartibga keltiring.
Yodda tutish kerak
Quruq shampun soch va bosh terisini quritib yuboradi, degan tushunchalar bor. Avval chindan ham shunday bo‘lgan bo‘lishi mumkin, ammo zamonaviy formula asosida ishlangan vositalar bunda ta’sir ko‘rsatmaydi. Quruq, shikastlangan soch egalariga sochni jilokor ko‘rsatish uchun turli vositalar, xususan, quruq shampundan foydalanish o‘rniga parvarish qilish, oziqlantiruvchi niqoblar qilish tavsiya qilinadi.
Manba