Sochlarni fen va dazmolsiz tekislashning 5 usuli
Sochlarni tekislash uchun har doim ham dazmol va fendan foydalanish yaramaydi. Haroratning issiqligi hisobiga soch tolalari qurishi va shikastlanishi mumkin. Quyidagi zararsiz usullar esa bu borada sizga yordam berishi mumkin.
Foto: Wday“Toga”
Lotin amerikaliklar sochlarini aynan mana shunday tekislashni afzal biladi.
Qanday qilinadi?
Kechasi yuvilgan sochni tabiiy yo‘l bilan quriting. Sochlarni bosh atrofida aylantirib, qisqich bilan yig‘ing. Tongda natijadan ko‘zingiz quvnashi aniq.
Bigudi yordamida
Sochlarni bigudi yordamida tekislash ham mumkin. Bu borada yopishqoq, plastikdan ishlangan bigudi ayni muddao. Ulardan foydalanganda soch tabiiy tekis ko‘rinadi. Buning uchun nomiga quritilgan sochlarni bigudiga o‘rab, tabiiy qurishini kutish kerak. Keyin sochlarni qo‘l yordamida tarash lozim.
Foto: WdayLaminatsiya
Ushbu muolajani professionallar yordamida yoki uy sharoitida jelatin bilan amalga oshirsa bo‘ladi. Ushbu texnika yordamida soch tekis, qalin va jilokor ko‘rinadi. Go‘zallik salonlarida ushbu texnika aksariyat hollarda sellyulozali tarkib bilan qilinadi. Uyda esa bir osh qoshiq jelatinga uch qoshiq suv qo‘shib, bir muddat ustini yopish, keyin esa mikroto‘lqinli pechga qo‘yish kerak. Bir osh qoshiq balzam qo‘shilganidan keyin aralashma sochga surtiladi. Ildizidan bir necha santimetr qolishi kerak. Soch ustidan polietilenli qalpoq kiyib, sochiq bilan o‘rash lozim. 60 daqiqadan keyin sochni shampun bilan yuvib, tabiiy usulda quritish kerak.
Sirkadan foydalanish
Sochni sirka qo‘shilgan sovuqroq suvda yuvish ham yaxshi samara beradi. Buning uchun aralashmadan biroz sirka ta’mi kelib tursa kifoya.
Rezinka yordamida
Sochni ikkiga bo‘lib, pastdan yig‘ing. Yaxshilab tarang va har 3 santimetrga rezinka taqib chiqing. Tongda rezinkalarni yechib, qo‘l bilan tarash kerak.
Manba