Salomatlik Ayollar uchun Bananlarni uzoq vaqt yangidek saqlash uchun nimalarga e’tibor berish kerak?

Bananlarni uzoq vaqt yangidek saqlash uchun nimalarga e’tibor berish kerak?

O'qildi: 370


Bananlarni uzoq vaqt yangidek saqlash uchun nimalarga e’tibor berish kerak?

Bananni sevib iste’mol qiluvchilar ko‘pincha mevaning tez orada o‘z ta’mini yo‘qotishiga duch keladi. Bu muammo yangi emas va sababi uni noto‘g‘ri saqlashdadir.

Foto: Pinterest

E’tibor berish kerak bo‘lgan birinchi narsa — bananlarning ko‘rinishi. Agar meva bir necha kun saqlanishi rejalashtirilgan bo‘lsa, bandi yashil bananlarni tanlash tavsiya etiladi. Sap-sariq va qora dog‘li mevalar tez iste’mol qilish uchun mos keladi.

Bananlarni uzoq vaqt yangidek saqlash uchun ularni salqin joyga qo‘yish kerak. Misol uchun, oshxona javonlari bo‘lishi mumkin. Agar meva butun bandi bilan sotib olingan bo‘lsa, uy bekalari bananning shu qismini folga yoki oziq-ovqat plyonkasi bilan o‘raganidan keyin osilgan holda saqlash tavsiya etiladi.

Sezganingizdek, banan juda tez sarg‘ayadi va asl ko‘rinishini yo‘qotadi. Buning sababi oddiy: banan tarkibida kislorod ta’sirida ko‘plab mikroelementlarga ajraladigan organik birikma — etilen mavjud. Sarg‘ayishning sababi chirish jarayoni bo‘lib, undan keyin mevaning qorayishi kuzatiladi.

Buning oldini olish uchun bir qator oddiy qoidalarga amal qilish kerak. Birinchidan, banan sotib olgandan so‘ng ularni plastik paketdan chiqarish kerak, chunki issiq harorat vaziyatni yanada og‘irlashtiradi. Ikkinchidan, bananlarni boshqa mevalar, ayniqsa, olma bilan birga saqlamaslik zarur, chunki ular tarkibida ham etilen mavjud. Va nihoyat, har bir banan folga yoki oziq-ovqat plyonkasi bilan o‘ralganidan keyin bir-biridan alohida saqlanishi kerak. Aytgancha, salqinlikdan tashqari, banan qorong‘ilikni ham yaxshi ko‘radi, shuning uchun mevalarga quyosh nuri tushmagani ma’qul.

Bundan tashqari, bananlarni muzlatkichda saqlash mumkin emas. Haddan tashqari past harorat tufayli mevalar tez qorayadi. Biroq qobiqning rangiga qaramay, mevaning o‘zi bir necha kun davomida mazali bo‘lib qolishi mumkin. Buni amalga oshirish uchun quyidagilarga rioya qilish kerak: ularni muzlatkichda saqlashda har bir bananni qog‘ozga o‘ralganidan so‘ng eshik yoki meva va sabzavotlarni saqlash uchun maxsus bo‘linmaga qo‘yish mumkin. Bundan tashqari, ko‘plab uy bekalari to‘g‘ralgan mevalarni maxsus idishda saqlashni maslahat beradi. Biroq saqlashdan oldin mevaga limon sharbati sepishni unutmaslik kerak.



Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.