Salomatlik Goʼzallik Patchi pul sarflashga arziydimi yoki bu shunchaki marketingmi?

Patchi pul sarflashga arziydimi yoki bu shunchaki marketingmi?

O'qildi: 458


Patchi pul sarflashga arziydimi yoki bu shunchaki marketingmi?

Ko‘z ostidagi shishlarni bartaraf qilishga mo‘ljallangan patchilar chindan ham samaralimi yoki yo‘qligi haqida Cosmopolitan nashri ma’lumot berib o‘tadi.

Foto: Cosmopolitan

Patchi — tarkibida faol moddalar bisyor bo‘lgan kosmetik vositalar singdirilgan, ko‘z ostiga yopishtiriladigan mato yoki gelli plastir.

Qanday samara beradi?

Faol moddalar serob ekani hisobiga darhol natija berishi patchining o‘ziga xosligi hisoblanadi. Patchilar ko‘pincha 15-20 daqiqada teridagi iliqlik ta’sirida ish bera boshlaydi. Uni olgandan keyin vositaning qoldiqlarini artish emas, yengil harakatlar bilan teriga singdirish kerak bo‘ladi.

Qanday foydalanish kerak?

Yaxshilab tozalangan teriga, ko‘zdan 3-4 mm pastroqqa yopishtirish kerak. Ingichka tarafi burun tomonda bo‘lsa shish va ajinlardan, keng tomoni bo‘lsa ko‘z ostidagi halqalardan qutulish mumkin.

Chindan foydalimi yoki bu marketingmi?

Patchi chindan ham foydali. Ammo u oniy natija bergani uchun makiyajdan avval foydalanish kerak. Kechasi uyqudan avval foydalanish esa deyarli hech qanday samara bermaydi.

Tavsiyalar:

  • Patchini o‘ramida ko‘rsatilgan vaqtdan uzoq terida tutib bo‘lmaydi.
  • Tarkibida suv mavjud ekani tufayli patchidagi namlik ketganidan keyin teri ham quruq bo‘lib qolishi mumkin.
  • Yanada yaxshiroq ta’sir qilishi va shishlardan darhol qutulish uchun patchilarni sovitkichda saqlash tavsiya qilinadi.
  • Patchini nafaqat ko‘z ostiga, balki burunning ikki cheti va qoshlarning o‘rtasiga ham qo‘yish mumkin.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.