Muddati o‘tgan kosmetik vositalardan foydalanish yuz terisiga qanday ta’sir qiladi?
Ayol va qizlarning kosmetikalari orasida muddati o‘tgan va yaroqsiz bo‘lgan vositalar ko‘plab topilishi aniq. Yaroqlilik muddati o‘tishidan tashqari banka yoki qopqog‘ining shunchaki ochiq qolishi ham ularning yaxshi samara bermasligiga sabab bo‘lmasligi mumkin. Aksariyat ayollar yillar davomida teri muammolaridan aziyat chekishi, mutaxassislar, xususan dermatologlarga qatnab charchashi mumkin. Ammo aksariyat hollarda ular muammoning kosmetik vositaning vaqti o‘tgani bilan bog‘liq ekanini xayoliga ham keltirmaydi.
Foto: CosmopolitanKosmetik vositalarga yaroqlilik muddati nima uchun kerak?
Istalgan parvarish qilishga mo‘ljallangan kosmetika, u gel yoki tonik bo‘lishidan qat’iy nazar, murakkab kimyoviy tarkibga ega hisoblanadi. Unda ekstraktlar, yog‘, quyultiruvchilar va stabilizatorlar, shuningdek, konservantlar mujassam bo‘ladi. Albatta, tabiiy kosmetik vositalarda konservantlarning miqdori kam yoki umuman yo‘q bo‘ladi. Ammo kimyoviy konservantlar qanchalik kam bo‘lsa, yaroqlilik muddat shuncha qisqa bo‘ladi.
Yaroqlilik muddati tugaganidan keyin foydalansa nima bo‘ladi?
Kosmetika samarasiz bo‘lib qolishdan tashqari, uning kimyoviy tarkibi ham o‘zgaradi. Faol komponentlar zaiflashib, oksidlanish holati kuzatiladi. Eng yomon tarafi unda kasallik qo‘zg‘atuvchi mikroorganizmlar ko‘paya boshlaydi.
Umuman olganda aynan organik komponentlar bakteriyalar o‘sishi uchun qulay muhit hisoblanadi. Bir haftaning o‘zida krem idishi stafilokokk va streptokokk, shuningdek, ichak tayoqchalari uchun haqiqiy inkubator bo‘ladi qoladi. Terining ustki epidermisdan tashqari yana bir bakterial himoya qatlami — teri mikroflorasi bo‘ladi. U terining himoyasi va immuniteti hisoblanadi. Patogen mikroorganizmlar u yerda yallig‘lanish jarayonlarini keltirib chiqaradi. Immunitet mustahkam bo‘lsa avvaliga teri bunga ta’sirlanmasligi kerak. Ammo doimiy ravishda foydalanilganda yuz ta’sirchan bo‘lib qoladi va sezuvchanligi ortadi. Terining immuniteti pasayishi bu esa keyinchalik teri bilan bog‘liq turli muammolarning kelib chiqishiga hissa qo‘shishi mumkin. Ayniqsa, patogen mikroorganizmlarning kosmetik vosita bilan birga lab va ko‘z shilliq qavatiga tegishi xavfliroq hisoblanadi. Bu konyuktivit, blefarit va gerpeslarni keltirib chiqarishi mumkin.
Teri salomatligini ta’minlash uchun nima qilish kerak?
Idishi chiroyli ekani yoki boshqa sababni vaj qilib o‘tirmasdan yaroqlilik muddati tugagan kosmetik vositani darhol tashlab yuboring. Foydalanish muddati tugasa, lekin hech qanday o‘zgarish kuzatilmasa ham undan darhol voz keching. Sababi unda allaqachon bakteriyalar ko‘payishni boshlagan bo‘lishi mumkin. Shuningdek, sovitkichda saqlash kosmetik vositaning yaroqlilik muddatini oshiradi, degan yanglish fikrdan ham voz keching.
Manba