1 daqiqada salomatlikda muammo bor yoki yo‘qligini aniqlashga yordam beradigan 8 test
Salomatlik bilan bog‘liq aniq tashxis shifokor va mutaxassis tomonidan qo‘yilishi kerak, lekin ayrim vaqtlarda organizmdagi o‘zgarishlar belgi bermay qolmaydi va bunga e’tibor berish kerak bo‘ladi.
Foto: FreepikTarog‘ingizni tekshiring.
Nima uchun?
Bu orqali qalqonsimon bez kasalligi yoki vitamin va minerallar yetishmasligini aniqlash mumkin.
Odatda kuniga 100 tola soch to‘kiladi. Lekin odatdagidan ko‘proq soch to‘kilishini payqagan bo‘lsangiz, demak sizda rux, temir yoki biotin yetishmayotgan bo‘lishi mumkin. Soch to‘kilishining yana bir sababi qalqonsimon bez faoliyatida muammolar kuzatilayotgani bilan ham bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Test qanday o‘tkaziladi?
Yuvinish xonasi, rakovina yoki boshqa yerda to‘kilgan soch tolalarini sanab ko‘ring. 200 dan ortiq to‘kilgan tola soch, salomatligingizda o‘zgarish borligi va shifokorga murojaat qilish kerakligini bildiradi.
Ko‘zlaringizni yaxshilab kuzating.
Nima uchun kerak?
Allergiya, gerpes yoki infeksiyani aniqlash uchun.
Ko‘zning sarg‘ish rang bo‘lib qolishi jigarda muammo borligi yoki quyoshda ko‘zoynaksiz yurilganidan darak berishi mumkin. Allergiya, gerpes yoki ba’zi infeksion kasalliklarda esa ko‘z qizarishi kuzatilishi mumkin.
Test qanday o‘tkaziladi?
Ko‘zdagi o‘zgarishlarni yaxshilab kuzating. Agar qizarish yoki sarg‘ayish kuzatilsa va bir necha kundan beri ketmasa, shifokorga murojaat qiling.
Nafas olishni tekshiring.
Nima uchun kerak?
Allergiya yoki nafas olishda muammolar bor yoki yo‘qligini aniqlash uchun.
Odatda burundan nafas olish oson va hech qanday qiyinchiliklarsiz bo‘lishi kerak. Allergiya, shamollash, sinusit kabilarda nafas olish qiyin bo‘ladi. Agar bir necha kun davomida nafas olish yengillashmasa, shifokor qabuliga yozilishni unutmang.
Test qanday o‘tkaziladi?
Salfetkani burningizga olib keling va yaxshilab burundan nafas chiqaring. Agar salfetkada shaffof rang suyuqlik qolsa, allergiya yoki shamollash bo‘lishi mumkin. Suyuqlik sariq va yashil bo‘lsa infeksion kasallikdan darak berishi mumkin.
Tirnoqlaringizni tekshiring.
Nima uchun kerak?
Teri saratoni, buyraklarda o‘zgarish yoki zamburug‘ kasalliklarini aniqlash mumkin.
Sog‘lom tirnoqlar mustahkam, tiniq rangda bo‘lishi kerak. O‘zgarish bo‘lsa vitamin, mineral, oqsil yetishmasligi yoki anemiya hamda gormonlarda muammo bo‘lishi mumkin.
Test qanday o‘tkaziladi?
Tirnoqlaringizni yaxshilab ko‘zdan kechiring. Butun tirnoq bo‘ylab o‘tgan oq chiziq saratondan, jigarrang dog‘ zamburug‘ va yuqori qismi to‘q rangda bo‘lsa, buyrakda muammo borligidan darak beradi.
Tish tozalash ipini ko‘zdan kechiring.
Nima uchun kerak?
Yurak va infeksion kasalliklar bor-yo‘qligini aniqlash mumkin.
Tosh tozalash ipi ishlatilganidan keyin qon bo‘lishi, milkda muammo borligini bildiradi. Milkni zararlagan bakteriyalar esa yurakka ham salbiy ta’sir qilishi mumkin.
Test qanday o‘tkaziladi?
Tishni tozalagandan keyin qon bor yoki yo‘qligini ko‘zdan kechiring.
Peshob
Nima uchun kerak?
Infeksiya va jigar kasalliklarini aniqlash mumkin.
Odatda peshob shaffof yoki och sariq rangda bo‘lishi kerak. Uning to‘q-sariq yoki qizil rang bo‘lishi siydik yo‘llarida infeksiya borligi hamda buyrakda tosh borligidan darak berishi mumkin.
Test qanday o‘tkaziladi?
Tonggi peshob rangiga e’tibor bering. Odatdagidan to‘qroq, pushti yoki yashil rangda bo‘lsa va bir necha kun davomida kuzatilsa shifokorga murojaat qiling. Peshobda qon kuzatilganda esa kutib ham o‘tirmay darhol mutaxassis qabuliga yozilish kerak.
Bel o‘lchami
Nima uchun kerak?
Yurak kasalliklari, qon bosimi oshishi va boshqalarni aniqlash mumkin.
Bel qismida yog‘ yig‘ilishi salomatlik uchun xavfli hisoblanadi. Qorinda yog‘ to‘planishi esa qandli diabetdan darak berishi mumkin.
Test qanday o‘tkaziladi?
Bel va bo‘ksa atrofini o‘lchab ko‘ring. Keyin belda chiqqan ko‘rsatkichni bo‘ksanikiga bo‘ling. Chiqqan raqam 0,8 yoki undan kam bo‘lsa unda xavf yo‘q, lekin 0,81 yoki 0,85 yoki undan yuqori bo‘lsa. salomatligingizga befarq bo‘lmaslik tavsiya qilinadi.
Namlik balansini o‘lchang.
Nima uchun kerak?
Infeksiya va ozuqa moddalarini yetishmasligini aniqlash uchun.
Qurigan teri quyoshli havoda yoki namlik darajasi yetarli bo‘lmagan joyda ko‘p vaqt o‘tkazilganligidan darak beradi.
Test qanday o‘tkaziladi?
Ehtiyotkorlik bilan bilak sohasiga tirnog‘ingizni bosing va undan keyin tilinish yoki boshqa iz qolgan yoki yo‘qligiga e’tibor bering. Agar iz qolgan bo‘lsa, teri qo‘shimcha namlikka ehtiyoj sezayotgan bo‘lishi mumkin.
Manba