Salomatlik Goʼzallik Kosmetik vositalarning foydalanish muddatini uzaytirishga yordam beradigan 7 layfxak

Kosmetik vositalarning foydalanish muddatini uzaytirishga yordam beradigan 7 layfxak

O'qildi: 284


Kosmetik vositalarning foydalanish muddatini uzaytirishga yordam beradigan 7 layfxak

Har bir ayol o‘zining sevimli go‘zallik vositalariga ega. Quyidagi maslahatlar ulardan foydalanish muddatini uzaytirishda yordam beradi.

Foto: “Domashniy ochag”

Lab bo‘yog‘ini muzlatkichda saqlash kerakmi? 

Agar kosmetik arsenalingizda kamroq ishlatadigan lab bo‘yog‘i bo‘lsa, ularni muzlatkichda saqlagan ma’qul. Shuni yodda tutish kerakki, muzlatkich ularni saqlash uchun doimiy joyga aylanishi kerak. Shuningdek, ko‘plab lab bo‘yog‘i moy yoki mum asoslaridan tayyorlanadi va sovuq joyda juda uzoq vaqt saqlansa, ular bug‘lana boshlaydi, bu esa saqlash muddatiga salbiy ta’sir qiladi.

Qorong‘ilik — atirlarning do‘sti

Parfyum yoki atirlarni tashkil etuvchi tarkibiy qismlarga qarab, ulardan foydalanish muddati har xil, ammo mutaxassislar bunday mahsulotlarni qorong‘i joylarda saqlash yaxshiroq degan fikrga qo‘shiladi. Quyosh nurlari ta’sirida atir tarkibidagi kimyoviy elementlar reaksiyaga kirishib, uning saqlash muddatini qisqartiradi. Xushbo‘y hidni saqlash uchun ideal joy – bu quti, shkaf yoki tortmalardir.

Hammomdagi javon faqat tozalovchi mahsulotlar uchun

Hammomda yuz va tana uchun mo‘ljallangan kosmetika mahsulotlarni saqlab bo‘lmaydi. Bunday sharoitda harorat tez-tez o‘zgarib turadi va namlik doimo yuqori bo‘ladi. Shuning uchun kosmetik vositalar mustahkamligini o‘zgartiradi va foydalanish muddati kamayadi. Bu tozalash vositalariga taalluqli emas – shampun, konditsioner, gel, sovun, skrablar va boshqalarning tarkibi va qutisi hammomda saqlashni hisobga olgan holda ishlab chiqilgan.

Tush qurib qoldimi?Tashlashga shoshilmang

Albatta, bunday holatda zaxiradagi variantga ega bo‘lishga arziydi, bordi-yu bo‘lmasa, issiq suv va kunjut yog‘i qurigan tushni “jonlantirishga” yordam beradi. Buning uchun tush tayoqchasini issiq suvga botirib, ichiga bir necha tomchi yog‘ tomizish kerak. Qurib qolgan vosita qisqa vaqt ichida suyuq bo‘lib qoladi va makiyajni yakunlash imkonini beradi.

Tirnoq bo‘yog‘i quyuqlashdimi? Muammo yo‘q!

Agar sevimli tirnoq bo‘yog‘i amal qilish muddati tugagunga qadar qalinlashgan, qurib qolgan yoki rangini yo‘qotgan bo‘lsa, bu maslahat aynan siz uchun!Shishaga biroz atseton — tirnoqlar tozalash vositasi qo‘shiladi va yaxshilab silkitiladi. Bo‘yoq yana suyuqlashadi va bir tekisda taqsimlanadi. Ammo bu jarayon uzoq muddatni kafolatlamaydi — bir necha kundan keyin u yana quyuqlashib ketishi mumkin.

Lab uchun mo‘ljallangan qalam erib ketganda

Labga hajm va aniq kontur berishda bir necha marta qalamga murojaat qilinadi, lekin uni qo‘llashdan keyin qalam notekis bo‘lishi yoki butunlay sinishi ham mumkin?Buning uchun qalam muzlatkichga bir necha soatga qo‘yiladi. Bu, birinchidan, uni biroz qattiqlashtiradi, ikkinchidan, undan foydalanish jarayonini osonlashtiradi. Lekin bu usuldan ko‘p foydalanmaslik kerak, chunki qalam muzlatkichda uzoq vaqt saqlansa, u juda qattiq bo‘lib qoladi, ya’ni uni ishlatish qiyinlashadi.

Cho‘tka yoki sponjdan foydalanish tavsiya etiladi

Shubhasiz, har kim ham kamida bir marta barmoqlar bilan tonal kremini qo‘yib ko‘rishi mumkin, chunki bu eng tez va amaliy usul. Ammo bu unchalik ham to‘g‘ri emas, chunki har kuni millionlab bakteriyalar qo‘llarda joylashadi va ular nafaqat yuzda, balki foydalanayotgan kosmetika mahsulotida ham qoladi. Tonal kremdagi mikroblarning oldini olish uchun cho‘tka yoki sponjdan foydalanish kerak, bu nafaqat mikroblarning yuzga tushish xavfini kamaytiradi, balki vositani yumshoq va bir tekis taqsimlashga imkon beradi. Eng muhimi, bo‘yanishdan oldin qo‘llarni yaxshilab yuvish va har foydalanishdan keyin sponj yoki cho‘tkalarni ham tozalash tavsiya etiladi.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.