Kiyimlarning umrini uzaytirishga yordam beradigan 6 ta layfxak
Albatta, ko‘pchilikning garderobida ajoyib sviter yoki qulay djinsi shimlar kabi qadrdon bo‘lib ulgurgan kiyimlar bor, keyinchalik ularning o‘rnini bosuvchilarini topish esa muammo bo‘lishi mumkin. “Lady.mail.ru” nashri ularning umrini uzaytirishga oid bir qancha tavsiyalarni berib o‘tdi.
Foto: PinterestDog‘larni yuvishni kechiktirmang
Hatto eng ehtiyotkor odamlar ham qora yoki oq ko‘ylak hamda djinsi shimlardagi qahva dog‘laridan himoyalana olmaydi. Agar tasodifan bu kabi muammoga duch kelsangiz, tozalash jarayonini darhol boshlash kerak. Dog‘ni ketkazish qanchalik ortga surilsa, uni tozalash ham shunchalik qiyin bo‘ladi. Imkon qadar dog‘li kiyimni maxsus gelga botirish yoki oddiy suv bilan bo‘lsa ham, yuvib yuborish lozim.
Kiyimlarga atir sepmaslikka harakat qiling
Bu tavsiya atirini kiyimlarga ham sepadigan odamlar uchun atalgan. Birinchidan, atirni teriga sepish kerak — shundagina u yaxshi ifor taratadi. Ikkinchidan, parfyumeriya tarkibida spirt va kimyoviy fiksatorlar mavjud, shuning uchun ular matoga zarar yetkazishi mumkin.
Yorliq ko‘rsatmalariga rioya qiling
Ushbu layfxak ko‘pchilikka yangilik emas. Lekin shunda ham e’tiborli bo‘lish lozim. Agar yorliqdagi ma’lumotlar bilan tanishib chiqilmagan bo‘lsa, uni kir yuvish mashinasiga solmaslik kerak. Chunki ko‘rsatmalar muhim: masalan, nafis liboslarni sovuq suvda yuvish mumkin, ammo siqmaslik kerak.
Tabiiy quritishga ustunlik bering
Albatta, zamonaviy texnologiyalar vazifalarni osonlashtiradi va sizning sevimli garderobingiz uchun xavf tug‘dirmaydi. Agar iloji bo‘lsa, kiyimlarni tabiiy ravishda quritishga harakat qiling. Chunki mashina quritgichi nozik matolarga zarar yetkazishi mumkin. Shuningdek, sviterlarni ilgichga osib qo‘yish o‘rniga ularni taxlab qo‘yish tavsiya etiladi. Aks holda ular keyingi mavsumgacha cho‘zilib, o‘z shaklini o‘zgartiradi.
Naqshli kiyimlarni birdaniga birgalikda yuving
Yorqin rangli to‘plam kiyimlar odatda bir xilda kir bo‘lmaydi. Shuning uchun ularning tepa yoki pastki qismi alohida yuviladi. Lekin bu to‘g‘ri emas. Hamisha ularning bittasini ikkinchisiga nisbatan ko‘p yuvish keyinchalik ular orasidagi farqni sezilarli darajada kuchaytiradi.
Charm kiyimlarga alohida g‘amxo‘rlik qiling
Charm — injiq material, shuning uchun sumka, poyabzal yoki etik egalari, ayniqsa, ehtiyot bo‘lishlari kerak. Mahsulotlarni suv o‘tkazmaydigan vositalar bilan saqlash haqida unutmang: chunki namlik tufayli charm osongina deformatsiyalanadi. Yuvib bo‘lgandan keyin poyabzalni quruq yumshoq mato bilan quritish tavsiya etiladi.
Manba