Kosmetik vositalarning umrini uzaytirishga yordam beradigan 10 maslahat
Bir oylik tanaffusdan keyin ochilmay qolgan sevimli lak shishasini tashlab yuborganmisiz? Unday bo‘lsa shu kabi boshqa muammolarning yechimini quyida taqdim etiladigan maslahatlar ichidan topasiz.
Foto: “Domashniy ochag”Tonal kremi
Qimmatbaho tonal kremini to‘liq ishlatib bo‘lgach, uning qancha qismi hali ham quti burchaklarida qolganini bilib olish mumkin. Buning uchun namlantiruvchi kremdan bir qismi bankaga quyiladi va yaxshilab silkitiladi. Natijada tonalli namlantiruvchi krem hosil bo‘ladi.
Yopishtirgich va upa
Yuz terisida husnbuzar yoki yog‘li hududga surtilgan upa ba’zida qatlam hosil qiladi va ajralib qoladi. Bunday vaqtda yopishtirgich tasmasi kerakli joyga qo‘yiladi va barmoq bilan bosib, qayta olinadi. Tasma keraksiz upa miqdorini o‘zi bilan olib chiqadi. Keyin yana upani surtishda davom etish mumkin.
Ten va spirt
Qovjirab qolgan tenga biroz spirt quyiladi va singib ketguncha kutiladi. Tenni toza qoshiq yoki barmoq bilan bosib, spirt bug‘lanishiga imkon beriladi. So‘ngra ularni yana ishlatish mumkin.
Tush va issiq suv
Albatta, tush yopiq idishda bo‘ladi. Uning qoldiqlari idishning ichki qismida qotib qolgan bo‘lishi mumkin. Uni tashlashdan oldin esa yaxshilab tekshirib ko‘rish kerak. Agar tush uzoq vaqt ishlatilmagan bo‘lsa, shuningdek, rangi va hidga ega bo‘lmasa, uni qaynoq suv ichiga solish mumkin. Yuqori harorat tufayli quti ichidagi tush erib chiqadi.
Singan lab bo‘yog‘i va olov(zajigalka)
Singan lab bo‘yog‘ini tiklash uchun unga olovni yetarlicha yaqin tutish kerak, lekin lab bo‘yog‘i oqib ketmasin. Eritilgan qismlar bir-biriga yopishtiriladi va mahkam siqiladi. Qotib qolishdan oldin barmoq bilan tekislanadi.
Ten va lab bo‘yog‘i
Qurib qolgan tenga oz miqodorda vazelin qo‘shib, yaxshilab aralashtirish kerak. So‘ngra undan lab bo‘yog‘i sifatida foydalanish mumkin.
Lak qutisi
Qotib qolgan lak shishasini ochish uchun shisha qopqog‘ini bir stakan issiq suvda ushlab turish kerak. Ehtiyot bo‘ling, agar shishasi bilan issiq suvga botirilsa, lak parchalanib ketishi mumkin.
Makiyaj cho‘tkalari
Ularga bo‘yoq zarralari tiqilib qolganda, tuklari mo‘rtlashadi. Shuning uchun cho‘tkalarni muloyimlik bilan namlash va ularga biroz tozalangan o‘simlik moyini surtish tavsiya etiladi. Keyin bolalar shampuni bilan yaxshilab yuvib tashlab quritish kerak.
Kosmetika qorong‘i va salqin joyda saqlanadi
Quyosh nurlari va yuqori harorat kosmetik vositaga zarar yetkazishning asosiy sababidir. Agar havo issiq bo‘lsa, muzlatkich uni saqlash uchun eng yaxshi joy. Qanday bo‘lmasin, yuvinish xonasida har kuni foydalanmaydigan dekorativ kosmetika, lak va kremlarni saqlanmasligi kerak. Yuqori harorat farqi tufayli har qanday kosmetikaning tarkibi ma’lum darajada o‘zgarib ketishi mumkin.
Ehtiyot choralari
Yaroqlilik muddati o‘tgan kosmetika vositalaridan yog‘li kremlar, o‘ziga xos bo‘lgan o‘tkir yoki shirin hidli mahsulotlardan ehtiyot bo‘lish lozim. Saqlash yaxshi va o‘rinli, lekin sog‘liqni yo‘qotish evaziga emas.
Manba