Salomatlik Goʼzallik Qoshlarni qalin qilib o‘stirishning 5 ta hamyonbop usuli

Qoshlarni qalin qilib o‘stirishning 5 ta hamyonbop usuli

O'qildi: 331


Qoshlarni qalin qilib o‘stirishning 5 ta hamyonbop usuli

Albatta, tabiiylik doimo urfda. Shunday ekan ayollar makiyajda ham qoshlarini tabiiy qalin va qora bo‘lishini istaydi. Buning uchun eng avvalo vaqt va quyidagi ko‘rsatmalarga rioya qilish lozim.

Foto: “Beauty.ua”

Ushbu maqolada qoshlarni yanada qalin va chiroyli bo‘lishiga yordam beradigan foydali maslahatlarni topasiz.

Tabiiy yog‘lar

Qoshlarning tabiiy qalinligini tiklashning eng samarali usullaridan biri bu tabiiy yog‘lardan foydalanishdir. Ro‘yxatdagi yetakchilar chakamug‘(repeynoye)va kanakunjut(kostor)moyidir. Ushbu moylar qosh follikulalarini oziqlantiradi, bu esa qoshlarning yanada kuchli o‘sishiga yordam beradi. Lekin natijaga erishish uchun yog‘ni muntazam ravishda ishlatishni unutmaslik lozim. Usul haqiqatan ham samarali, ayni paytda oddiy va hamyonbopdir. Shuningdek, mo‘jizaviy moylar haqida gapirganda, o‘sma yog‘ini eslatib o‘tmaslik mumkin emas.

Ushbu dorivor o‘simlikning vatani Xitoy bo‘lib, o‘sma yog‘i nafaqat soch o‘sishini tezlashtiradigan vosita, balki soch to‘kilishining oldini olish uchun ham qo‘llaniladi. Yog‘dan tashqari, sochlarga quyuqroq rang beradigan o‘sma suvi ham mavjud.

Massaj

Qon aylanishini rag‘batlantiradigan va shu bilan soch o‘sishini tezlashtiradigan bosh massaji haqida ko‘p aytiladi. Xuddi shu narsa qoshlarga ham tegishli!Massajni yog‘ yoki qosh o‘sishi uchun boshqa har qanday bilan mahsulotni ishlatish ikki tomonlama ta’sirga ega bo‘lish uchun muhim. Buning uchun qosh o‘sishi vektori bo‘ylab burundan quloqqacha massaj qilinadi.

Zardob(sivorotka)

Bugungi kunda qosh va kirpiklarning o‘sishini rag‘batlantiradigan maxsus zardoblar juda mashhur. Ammo ular bilan hushyor bo‘lish juda muhim!Faqat yuqori sifatli tarkibga ega bo‘lgan tasdiqlangan mahsulotlarni tanlash tavsiya etiladi. Ammo, albatta, qoshlarsiz qolishni xohlamasangiz arzon mahsulotlardan xarid qilmaganingiz yaxshi.

Vitaminlar

Soch o‘sishini rag‘batlantiradigan vitaminlar qoshlar uchun ham samarali. Eng mashhurlari biotin – suvda eriydigan B vitamini, viviksal – soch to‘kilishini to‘xtatish va soch o‘sishini rag‘batlantirish uchun aminokislota-mineral kompleksi, A va E vitaminlari. Eng yaxshi ta’sirga ega bo‘lish uchun bu vitaminlar yuqori bo‘lgan tuxum, dengiz mahsulotlari va yong‘oqlar kabi foydali mahsulotlarni iste’mol qilishni unutmaslik lozim.

Muntazam tozalash

Qoshlarni o‘stirishda eng muhim nuqta muntazam tozalashdir. Ko‘pchilik bu jarayonni unutadi va boshqa usullar qo‘llanilganda ham natija bo‘lmaydi. Har kuni qoshlarni cho‘tka bilan tarab, haftada bir necha marta tozalash kerak, shunda teri yangi tolalar o‘sishiga to‘sqinlik qiladigan o‘lik zarralardan xalos bo‘ladi.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.