Salomatlik Ayollar uchun Uyni tozalashda vaqtni tejashga yordam beradigan 9 ta layfxak

Uyni tozalashda vaqtni tejashga yordam beradigan 9 ta layfxak

O'qildi: 397


Uyni tozalashda vaqtni tejashga yordam beradigan 9 ta layfxak

Tozalashni osonlashtirishda vaqt va kuch sarflamaslik uchun oldindan bajarish kerak bo‘lgan bir nechta narsa bor. “Domashniy ochag” nashri ana shunday paytda asqatadigan bir nechta layfxak bilan bo‘lishdi.

Foto: Pinterest

Quvur tiqilishi

Hammom va oshxonada tiqilib qolgan quvurlar doimiy muammo bo‘lib qolmasligi uchun ¼ stakan nashatir spirti bir litr qaynoq suv bilan aralashtiriladi. Bunday yechim tiqilib qolishning oldini oladi, chunki u quvurlarning ichki tomonida to‘plangan yog‘ni eritadi va tozalaydi. Ushbu jarayonni muammo paydo bo‘lmasligi uchun bir necha oyda bir marta o‘tkazish tavsiya etiladi.

Hammom devori va oynadagi dog‘lar

Hammom devorlarida, oynada sovun va suv dog‘larini tozalashdan charchagan bo‘lsangiz, avtomobil oynasini tozalash vositasidan foydalaning. U tashqi va ichki  yuzalardagi dog‘larni ham olib tashlaydi va hech qanday iz qoldirmaydi. Do‘konlarda ko‘plab oyna tozalagichlarni topish mumkin. Ular bilan yuzani artib, sovun dog‘laridan qutulish mumkin.

Muzlatkichdagi hid

Chiqindilarni tashlashdan oldin muzlatkichga ham qarash lozim: agar eski yoki muddati o‘tgan mahsulotlar bo‘lsa, ularni hech ikkilanmasdan tashlash lozim. Shunda muzlatkich oqimsiz hiddan xalos bo‘ladi.

Dazmollash

Kirlarni keyingi safar dazmollaganda, tarkibida silikon va kraxmal bo‘lgan dazmollash vositasidan foydalaning: suyuqlik matoga sepiladi va g‘ijimlar qo‘l bilan tekislanadi. Bunday jarayondan so‘ng, o‘ta qattiq g‘ijimlarni ham dazmollash sezilarli darajada oson va tezroq bo‘ladi. Agar kiyim juda quruq bo‘lsa, uni hammomga bir necha daqiqa osib, issiq suvni yoqib qo‘yish lozim. Bug‘ bilan to‘lgan xonada 20 daqiqa osilgan kiyimni dazmollashga hojat qolmaydi yoki ish biroz yengillashadi.

Taom tayyorlash

Go‘shtni yoki sabzavotlarni qovurayotganda gaz ustiga yog‘ sachramasligi uchun oddiy usuldan foydalaning: gazning bo‘sh qismlarini qozon qopqog‘i bilan yopiladi. Taom tayyor bo‘lgandan keyin gazni uzoq vaqt davomida tozalash shart emas, shunchaki idishlarni yuvish mashinasiga qopqoqlarni qo‘yish kifoya.

Kafel

Uyda shunday qoida o‘rnatilishi kerak: dushda oxirgi marta yuvingan kishi hammomdagi kafellarni artib qo‘yishi lozim. Agar avtomobil oynasini tozalaydigan rezina qoplamali vositadan foydalanilsa, ish yanada osonlashadi. Bu keyinchalik kafellar soatlab tozalashdan qutqaradi, ularda sovun dog‘lari haftalar, ba’zan esa oylar davomida to‘planib ketmaydi.

Yopishqoq dog‘lar

Keyingi safar shisha idishli zaytun moyi, asal, murabbo yoki siropni ochganda, uni qog‘oz sochiq bilan o‘rab, rezina tasma bilan mahkamlash tavsiya etiladi. Bu ish bir daqiqa vaqt oladi, lekin natijada stol ustidagi tomchilardan qutulish va shkafdagi tozalikni saqlab qolishga yordam beradi.

Pech

Kichkina shisha idishga sof nashatir spirt quyib, sovutilgan pechga qo‘yiladi. Pech yopiladi va bir necha soatga qoldiriladi. Ertasi kuni ertalab nam gubka bilan pechning yuzasidan har qanday kirlarni osongina artib olish mumkin.



Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.