Sochlarni uy sharoitida tezroq o‘stirishning 10 usuli
Rapunselning soch o‘rimini orzu qiladigan qizlar kam emas, lekin sochlar bu istaklarni bajarishga shoshilmaydi. U holda soch tezroq o‘sishi uchun nima qilish kerakligi haqida professionallarning maslahatlarini tinglashni tavsiya qilamiz.
Foto: “Domashniy ochag”Tez-tez sochlarni kesib turish
Sochlar sog‘lom va uzun bo‘lishi uchun sartaroshga muntazam tashrif buyurish lozim. Sochni kestirish o‘sishni tezlashtirmaydi. Bu faqat sochning gullagan uchini yo‘q qiladi. Gullagan tolalardan qutulish orqali sog‘lom soch uzunligini saqlab qolish mumkin.
Ko‘proq tarash
Kechqurun charchoqdan keyin sochlarni tarashni ko‘pchilik unutadi. Bu dangasalik tufayli sochlarga zarar yetadi. Soch ildizdan uchigacha taralsa, butun uzunlik bo‘ylab yog‘ bir xilda taqsimlanadi. Yana bir foydali tomoni bor: tarash — qon aylanishini yaxshilaydi va soch yaxshi o‘sadi.
Foydali mahsulotlarni iste’mol qilish
To‘g‘ri ovqatlanish muvaffaqiyatning yana bir kalitidir. Soch tezroq o‘sishi uchun ratsionni go‘sht, baliq, yong‘oq va butun don bilan boyitib, oqsil miqdorini oshirish lozim.
Soch turmaklovchi uskunalardan kamroq foydalanish
Sochlar o‘smasligining yana bir sababi — dazmol, termal jingalak qiluvchi uskuna va fen. Agar ulardan foydalanmaslikning iloji bo‘lmasa, minimal haroratda ishlatish kerak. Issiq havo sochlarning sinishi va to‘kilishiga olib keladi.
Sochni har kuni yuvishdan voz kechish
Umumiy qoida — sochni qalin va tez o‘sishi uchun haftada ikki-uch marta yuvish lozim. Ushbu rejim bosh terisini oziqlantirish, namlash va soch o‘sishini tiklash imkonini beradi.
Vitaminlar qabul qilish
Oziq moddalarning yetishmasligi, birinchi navbatda, sochlarga ta’sir qiladi. Sochni tezroq o‘sishi uchun nima qilish kerak?Teri, tirnoq va sochni parvarish qilish uchun mo‘ljallangan multivitaminlar mavjud. Ularda biotin, C vitamini va soch uchun javobgar bo‘lgan B vitaminlari bo‘lishi shart. Shu bilan birga, terining holati yaxshilanadi.
Sochni sovuq suv bilan yuvish
Juda issiq suv teri va soch uchun zararli. Iloji boricha iliq suvda cho‘milishga harakat qilish kerak. So‘ngra soch follikulalarini oziqlantirish va sochni mustahkamlash uchun sovuq suv bilan yuvish tavsiya etiladi.
Zamonaviy tozalash muolajalari
Yo‘g‘on ichakni yuvadigan tozalash protseduralari organizmni ozuqaviy moddalardan mahrum qiladi va sochlarga ham ta’sir o‘tkazadi. Bir haftalik kursdan so‘ng soch diqqat bilan ko‘rib chiqilsa, ularning o‘sishi sekinlashganini ko‘rish mumkin.
Ipak yostiq jildlarida uxlash
Ha, xuddi haqiqiy malikalar kabi. Sochlar ipak ustida shikastlanmaydi. Tabiiy tola sochlar to‘kilishining oldini oladi.
Shampundan foydalangandan keyin sochlarga e’tibor qaratish
Agar yangi shampundan terining qattiqlashishi yoki qichishi, haddan tashqari yog‘lanishi kuzatilsa, shampunni almashtirish tavsiya etiladi. Boshqa parvarish mahsulotlari kabi teri uchun yaxshi bo‘lmagan har qanday narsa sochga ham salbiy ta’sir o‘tkazadi.
Manba