Salomatlik Goʼzallik Tungi kremni kunduz payti yuzga sursa nima bo‘ladi? Dermatolog javob beradi

Tungi kremni kunduz payti yuzga sursa nima bo‘ladi? Dermatolog javob beradi

O'qildi: 362


Tungi kremni kunduz payti yuzga sursa nima bo‘ladi? Dermatolog javob beradi

Ko‘pchilik teri parvarish qilish vositalarining namlantiruvchi, oziqlantiruvchi, tozalovchi kabi xususiyatlariga e’tibor qaratishga o‘rganib qolgan. Biroq ba’zi kompaniyalar hali ham “kunduzgi krem” va “tungi krem” atamalarini qo‘llaydi. Dermatolog Mariya Polner “Jiza” YouTube kanali mualliflariga bergan intervyusida, kunning istalgan vaqtida bunday mahsulotlardan foydalanishdan oldin uning tarkibi bilan tanishish muhim ekanligini ta’kidladi, deb yozadi Grazia.

Foto: Pinterest

“Chunki ko‘pincha kremlarni ‘kunduzgi’ va ‘tungi’ga ajratish marketingga xos harakatlarning biridir. Ammo ba’zida mahsulot quyosh bilan aloqa qilmasligi kerak bo‘lgan faol moddalarni o‘z ichiga oladi. Misol uchun, agar tarkibda retinol yoki C vitamini bo‘lsa, ular ta’sirchanlikni oshirishi mumkin. Natijada bu kabi mahsulotlarni yuz terisiga qo‘llab, keyin tashqariga chiqishga to‘g‘ri kelsa, teri kuyishi mumkin”, — deydi ekspert.

Foto: Pinterest

Shuningdek, Mariya Polner balchiqli vannalar foydalimi va ular teriga qanday ta’sir qiladi, degan savolga ham javob berdi. Dermatologning so‘zlariga ko‘ra, bu muolaja atopik dermatit va psoriaz bilan kurashishga yordam beradi. Biroq bunday kasalliklarni davolashning yanada samarali usullari mavjud.

Qolaversa mutaxassis barcha teri ham alohida parvarishga muhtoj emasligi haqida ham aytib o‘tdi. Oddiy teri turiga ega bo‘lgan omadli insonlar parvarishda to‘g‘ri tozalash va namlash, shuningdek, quyoshdan himoya qilish bilan kifoyalanishi mumkin.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.