Salomatlik Ayollar uchun Muzlatkichda saqlash tavsiya etilmaydigan mahsulotlar

Muzlatkichda saqlash tavsiya etilmaydigan mahsulotlar

O'qildi: 346


Muzlatkichda saqlash tavsiya etilmaydigan mahsulotlar

Grazia nashri muzlatkichda saqlanishi tufayli foydali xususiyatlarini yo‘qotishi mumkin bo‘lgan mahsulotlar ro‘yxatini taqdim etdi.

Foto: Grazia

Kartoshka

Agar kartoshka muzlatkichda saqlansa, po‘chog‘i qorayadi va yaxshi ko‘rinishini yo‘qotadi. Bundan tashqari, kartoshka kraxmali asta-sekin shakarga aylana boshlaydi — ildiz mevalari shirin bo‘lib, foydali moddalar yo‘q bo‘lib ketadi. Kartoshkani qorong‘i hamda salqin joyda saqlash tavsiya etiladi.

Piyoz

Piyoz esa doimiy ravishda toza havo bilan ta’minlanishi kerak — uni to‘rli qoplarda sotishlari bejiz emas. Uni kartoshka bilan saqlash mumkin emas, sababi ular o‘rtasida reaksiya boshlanadi, bu esa piyozlarning to‘liq yaroqsiz holga kelishiga olib keladi.

Sarimsoq

Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, sarimsoq erta unib chiqadi va sovuq havoda yomonlashadi. Bundan tashqari, u ham piyoz kabi toza havoga muhtoj. Shuningdek, uni ham boshqa sabzavotlar, ayniqsa mevalar birg saqlamaslik kerak. Aks holda ularning barchasi sarimsoq tufayli ta’mi o‘zgaradi.

Pomidor

Muzlatkichda bu sabzavotlar tezda yumshaydi va foydali xususiyatlarini yo‘qotadi, ularni xona haroratida qorong‘i joyda saqlash yaxshidir.

Avokado

Agar avakadolar tabiiy ravishda pishishini istasangiz, ularni muzlatkichda saqlamaslik kerak, aks holda jarayon sekinlashadi. Biroq, avokado allaqachon kesilgan bo‘lsa, uni muzlatkichga qo‘yish mumkin.

Banan

Xuddi yuqoridagidek banan ham muzlatkichda sekinroq pishadi, lekin ularning po‘sti tez orada jigarrang bo‘ladi.

Asal

Asal insoniyatga ma’lum bo‘lgan birinchi konservantdir va u tabiiy haroratda deyarli abadiy saqlanadi. Qadimgi Misr qabrlarini qazish paytida ham asal topilgan. Ammo u muzlatkichda qoldirilsa, kristallanadi va qattiqlashadi.

Issiq souslar

Souslar sovutilmasligi kerak, ayniqsa sirkaga asoslanganlari. Muzlatkichda ular o‘z ta’mini yo‘qotadi va tarkibini o‘zgartiradi.

Tarvuz

Pishmagan tarvuzni qorong‘i, salqin xonada saqlash mumkin. Shuning uchun u biroz pishib, shirinroq bo‘ladi. Ammo kesilgan tarvuzni muzlatkichga qo‘yish mumkin, u shirinligini saqlaydi va qurib ketmaydi.

Mevalar

Barcha mevalar xona haroratida pishishi kerak. Agar ularni bir necha oy davomida saqlamoqchi bo‘lsangiz, muzlatkichga qo‘yish kerak, lekin ularning ta’mi o‘zgarishi mumkinligini yodda tutish kerak.

Ziravorlar

Ziravorlarni muzlatkichga qo‘yish uchun hech qanday sabab yo‘q. Birinchidan, namlik va sovuq ularning ta’mini zaiflashtiradi. Ikkinchidan, aksariyat ziravorlar yillar davomida xona haroratida saqlanishi mumkin.



Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.