Ko‘z salomatligini yaxshilaydi, yallig‘lanishni kuchaytiradi: Makkajo‘xorining siz bilmagan foydali va zararli xususiyatlari
Yozning oxiri — makkajo‘xori yeyish vaqti. Biroq yoz mavsumida ushbu mahsulot ayrim insonlarning salomatligiga zarar yetkazishi mumkinligini yodda tuting. Quyida shu haqda ma’lumot beriladi.
Foto: “Yandeks.ru”Makkajo‘xori juda to‘yimli mahsulot bo‘lib, u sizni uzoq vaqt to‘q saqlaydi va sog‘lig‘ingizni mustahkamlovchi vitaminlar bilan ta’minlaydi. Biroq uni haddan tashqari ko‘p iste’mol qilish salomatlikka jiddiy ta’sir ko‘rsatadi.
Makkajo‘xori ichaklarga ta’sir qiladi
Siz iste’mol qiladigan oziq-ovqat mahsulotlari va ichimliklar ichaklaringizga katta ta’sir ko‘rsatadi. Biroq ba’zi oziq-ovqatlar, xususan, makkajo‘xori nafaqat simptomlarni keltirib chiqarishi, balki ularni kuchaytirishi ham mumkin.
Foto: “Yandeks.ru”Mutaxassislar ko‘pincha ichak va ovqat hazm qilish traktida og‘riqni keltirib chiqaradigan barcha oziq-ovqatlar ro‘yxatiga banan, sitrus mevalari, kartoshka, ma’lum turdagi sut mahsulotlari va makkajo‘xorini kiritgan.
Biroq bu siz makkajo‘xori yeyishni to‘xtatishingiz kerak, degani emas. Agar sizda irritabiy ichak sindromi bo‘lsa, ushbu mahsulotni iste’mol qilgandan keyin o‘zingizni qanday his qilayotganingizni aniq kuzatishga harakat qiling.
Makkajo‘xori siropi yallig‘lanishni kuchaytiradi
Foto: “Yandeks.ru”Ko‘pincha makkajo‘xori donlari sirop tayyorlash uchun qayta ishlanadi, biroq bu mahsulot makkajo‘xori kabi sog‘liq uchun foydali emas.
Yodda tuting, qayta ishlash jarayonidan so‘ng mahsulot ozuqa moddalarini yo‘qotadi, unda faqat shakar va yog‘ qoladi. Makkajo‘xori siropi tarkibida juda ko‘p fruktoza mavjud va ushbu mahsulot qisqa muddatda oziq-ovqat sanoatida mashhur bo‘ldi.
Biroq makkajo‘xori siropi qandli diabet, yurak va jigar kasalliklari kabilarni keltirib chiqarishi mumkin. Bundan tashqari, makkajo‘xori yog‘i juda ko‘p to‘yinmagan yog‘larni o‘z ichiga oladi va ular tanadagi yallig‘lanishni kuchaytiradi.
Foto: “Yandeks.ru”Makkajo‘xori vitaminlar va antioksidantlarga boy
Agar ko‘zingizning salomatligini yaxshilamoqchi bo‘lsangiz, makkajo‘xoriga sariq rang beruvchi birikmalar — lutein va zeaksantin yordamga keladi. Bundan tashqari, ular ko‘zlaringizni ko‘k nurdan va kataraktadan ham himoya qilishi mumkin.
Makkajo‘xori sizga B vitaminlarini kunlik iste’mol qilishga yordam beradi, chunki ushbu moddalar mahsulotda juda ko‘p miqdorda mavjud. Makkajo‘xori, ayniqsa, B6 va B9 vitaminlariga boy — bu birikmalar energiya almashinuvida hal qiluvchi rol o‘ynaydi.
Foto: “Yandeks.ru”Manba