Salomatlik Goʼzallik Yoz mavsumida sochlarni qanday qilib chiroyli turmaklash kerak? Zamonaviy hamda oddiy 5 ta soch turmagi (foto)

Yoz mavsumida sochlarni qanday qilib chiroyli turmaklash kerak? Zamonaviy hamda oddiy 5 ta soch turmagi (foto)

O'qildi: 425


Yoz mavsumida sochlarni qanday qilib chiroyli turmaklash kerak? Zamonaviy hamda oddiy 5 ta soch turmagi (foto)

Yozda uzun sochlar ko‘plab noqulaylik tug‘diradi. Ular yoyilganda, yanada ko‘proq isib ketish mumkin, shuning uchun sochlarni oddiy, ammo chiroyli tarzda yig‘ishtirishga to‘g‘ri keladi. Marie Claire nashri issiq yoz kunlari uchun eng yaxshi soch turmaklarini tavsiya qiladi.

Foto: Marie Claire

Fransuzcha o‘rim ko‘proq oddiy bug‘doy o‘rimining teskarisini eslatadi. ushbu turmak juda oddiy bo‘lib, sochlarni tepaga emas, balki pastga, bir-birining tag qismiga olib o‘tish kerak. Ushbu turmak birinchi urinishda o‘xshamasligi mumkin, lekin xavotir olmang, buning uchun ozgina mahorat va tajriba kerak bo‘ladi va tez orada ajoyib soch turmagi bilan issiq kunlarda qulaylikka erishish mumkin.

Foto: Marie Claire

Yumshoq gubkadan yasalgan dumaloq turmaklagich bilan ham ajoyib ko‘rinish hosil qilish mumkin. Sochning o‘zidan hosil qilingan bu kabi turmak soch tolalarining sinishiga, turmakning tezda buzilishiga olib keladi Shuning uchun maxsus gubkadan foydalanish har tomonlama qulay.

Foto: Marie Claire

Buning uchun soch boshning yuqori qismiga tasma yordamida yig‘iladi. So‘ngra dumaloq gubka taqilib, soch bir tekisda gubka bo‘ylab taqsimlanadi va yana bir tasma yordamida sochning qolgan qismi uning atrofiga berkitiladi. Bu kabi soch turmak bilan rasmiy uchrashuv yoki ziyofatlarga ham borish mumkin.

Foto: Marie Claire

Ushbu soch turmagi jingalak sochlar uchun ayni muddao, shuning uchun sochlar tabiiy ravishda tekis bo‘lsa, uchlarini biroz jingalak qilish tavsiya etiladi. So‘ngra soch gorizontal ravishda ikki qismga bo‘linadi. Birinchisi, boshning yuqori qismiga, ikkinchisi biroz quyiroqda tepadagisi bilan birlashtiriladi. Natijada soch turmagi boshda og‘riq paydo qilmaydi, shuningdek, sochni qalin ko‘rsatadi.

Foto: Marie Claire

Vizual murakkablikka qaramay, aslida bunday soch turmagini yaratish unchalik qiyin emas. Buni amalga oshirish uchun oddiy matodan tasmga kerak. Sochlar boshning orqa qismiga yig‘iladi va ustidan kiyimga mos yoki istalgan yorqin rangda tasma pastdan yuqoriga qarab o‘raladi. Tasmaning peshona qismga bantik yoki boshqa shaklda boylash tavsiya etiladi. Yuzni biroz kichik ko‘rsatish uchun ikki yondan soch tushirib olish mumkin.

Foto: Marie Claire

Grekcha soch turmagi hamisha oddiyligi bilan ajralib turadi. Maxsus grekcha bezak dastlab boshning peshona qismiga taqiladi. Yoyilgan sochlar tagidan boshlab buralgan holatda bezakning yon va orqa qismiga o‘raladi. Qarabsizki, oddiy, qulay hamda nafis soch turmagi hosil bo‘ladi.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.