Qaynatilgan makkajo‘xorining qanday foydali xususiyatlari bor?
Makkajo‘xori dunyodagi foydali oziq-ovqatlardan biridir. Birgina Amerika Qo‘shma Shtatlarida uning 200 dan ortiq navlari yetishtiriladi. Lotin Amerikasida makkajo‘xori ko‘plab an’anaviy taomlar uchun asos sifatida ishlatiladi. Ushbu dala malikasining qanday foydali xususiyatlari mavjud?Elle nashri quyida ushbu savolga javob berdi.
Foto: PinterestMakkajo‘xorining afzalligi shundaki, u glyutensiz bo‘lib, bug‘doy o‘rniga ishlatilishi mumkin. Shuningdek, u ko‘plab organlarning to‘liq ishlashi uchun zarur bo‘lgan muhim vitamin, mineral va antioksidantlarga boy. Hatto qaynatilgan makkajo‘xori foydalari haqida ilmiy ishlar ham mavjud.
Makkajo‘xorining yurak uchun foydalari
Qaynatilgan makkajo‘xori kaliy manbai bo‘lib, bu ko‘pchilikka yetishmaydigan muhim ozuqa hisoblanadi. Ammo qon aylanish tizimining ishlashi, qon oqimi va yurak urishi tezligini ta’minlash uchun juda zarur. Agar kaliy miqdori to‘ldirilmasa, gipokaliyemiya yuzaga kelishi mumkin, bu hayot uchun xavfli holat.
Ko‘zlar salomatligi uchun
Makkajo‘xori tarkibida ko‘pincha meva va sabzavotlarda uchraydigan A vitaminiga o‘xshash karotinoid bo‘lgan lutein mavjud. Lutein katarakt va boshqa ko‘z kasalliklari xavfini kamaytirishi ma’lum. Qaynatilgan makkajo‘xori har bir kishining ko‘zlar salomatligi uchun foydalidir.
Ovqat hazm qilish tizimi uchun zarur
Makkajo‘xori ovqat hazm qilish traktining to‘g‘ri ishlashi uchun zarur bo‘lgan kletchatkaga boy. Kletchatka — mahsulotning asosiy qismi bo‘lib, u quyidagi boshqa afzalliklarga ega:
- ichak harakatini tartibga soladi;
- mikroflorani saqlashga yordam beradi;
- yo‘g‘on ichak saratoni bilan kasallanishni kamaytiradi;
- qonda shakar miqdorini muvozanatlashtiradi.
Makkajo‘xori tarkibidagi kvarsetin inson organizmini Alsgeymer kasalligi va demensiyadan himoya qiladi. Kvarsetin neyron hujayralariga ta’sir ko‘rsatishi va neyroinflamatsiya, demensiya holatlarini potentsial ravishda kamaytirishi ko‘rsatilgan.
Ayollar uchun
Makkajo‘xori tarkibida B6 vitamini mavjud bo‘lib, u sog‘lom piridoksin darajasini saqlab turish uchun zarurdir. Ushbu moddaning yetishmasligi anemiyaga olib kelishi va yurak kasalliklari hamda depressiya xavfini oshirishi mumkin.
Makkajo‘xori iste’mol qilish ozuqaviy va minerallar darajasini oshirishning ajoyib usuli hisoblanadi. 100 gramm qaynatilgan makkajo‘xori tarkibida:
- 8,4 foiz marganets;
- 9,6 foiz fosfor;
- 2,5 foiz temir;
- 5,2 foiz rux;
- 6,5 foiz magniy.
Makkajo‘xori odamlar uchun foydali bo‘lsa-da, uning kamchiliklari ham bor. Masalan, u ko‘p miqdorda uglevodlarni o‘z ichiga oladi. Shuningdek, qandli diabet bilan og‘rigan odamlarda qonda shakar darajasini oshirishi mumkin bo‘lgan kraxmalga ega. Makkajo‘xorini me’yorida va ratsionning bir qismi sifatida iste’mol qilish muhimdir.
Manba