Salomatlik Ayollar uchun Qoraymaydi va yumshab qolmaydi: Bananni uzoqroq saqlashga yordam beradigan 4 maslahat

Qoraymaydi va yumshab qolmaydi: Bananni uzoqroq saqlashga yordam beradigan 4 maslahat

O'qildi: 255


Qoraymaydi va yumshab qolmaydi: Bananni uzoqroq saqlashga yordam beradigan 4 maslahat

Agar sotib olgan bananlaringiz tez qorayib, yumshoq bo‘lib qolganini sezsangiz, demak saqlashda xatolikka yo’l qo’ygansiz. Bu meva juda tez pishadi, biroq siz uning yangiligi, qattiqligi va yorqin sariq rangda bir necha kungina saqlay olasiz, xolos. Oziq-ovqat mahsulotlari gigiyenasi bo‘yicha mutaxassis Tash Blayt bananni uzoqroq saqlashga yordam beradigan maslahatlarni taqdim etdi.

Foto: “Profil.ru”

Bananni polietielin paketlarda saqlamang

Banan ko‘plab mevalar: olma va shaftoli kabi o‘zidan etilen gazini chiqaradi, bu nafaqat yaqin atrofdagi boshqa meva va sabzavotlarning, balki o‘zining ham pishishiga yordam beradi. Agar banan yopiq polietilen paketda saqlansa, u yerda gaz to‘plana boshlaydi va mevalar tez qorayadi.

Mahsulotni yuqori haroratda saqlamaslikka harakat qiling

Bananning pishishi harorat yuqori bo‘lgan joyda tezlashadi. Shuning uchun mevani to‘g‘ridan-to‘g‘ri quyosh nuri ostida, pechka, batareya va boshqa isitish moslamalari yonida saqlamaslik kerak. Bananlarni xona haroratida, namlikdan va harorat juda issiq bo‘ladigan joylardan uzoqroq saqlagan ma’qul. Bundan tashqari, bananlarning uzoqroq saqlashni istasangiz, boshqa meva va sabzavotlar yaqinida saqlamang.

Bananni yopishqoq oziq-ovqat plyonkasiga o‘rang

Banan uzoq vaqt saqlanishi, qorayib ketmasligi va juda yumshoq bo‘lib qolmasligi uchun Tash Blayt ularni dastasidan ajratishni tavsiya qiladi. Bunday holatda, har bir bananni oziq-ovqat plyonkasi bilan o‘ragan ma’qul. Gap shundaki, etilen bananning poyasidan chiqariladi va plyonka gazning tarqalishiga to‘sqinlik qiladi.

Osib qo‘ying

“Agar bananlarni alohida-alohida emas, balki paketlarda saqlashni afzal ko‘rsangiz, maxsus banan tokchasini sotib oling. Bunday qurilma havo aylanishini yaxshilash orqali bananning pishishini sekinlashtirishga yordam beradi. Bundan tashqari, ilgich yordamida stolga tegib turgan banan qobig‘idagi jigarrang dog‘larning oldini olish mumkin”, — deb yozadi The Express nashri.

Tash Blayt’ning so‘zlariga ko‘ra, agar siz ushbu maslahatlarga amal qilsangiz, banan 16 kungacha yaxshi saqlanishi mumkin. Bunday holda bananda jigarrang dog‘lar paydo bo‘lishidan qo‘rqmasangiz ham bo‘ladi. Mutaxassisning aytishicha, meva po‘stlog‘ining qorayishi bananning yomonlashganini anglatmaydi, bu uning pishganligini bildiradi. Haddan tashqari pishgan bananlardan ba’zi pishiriqlarni tayyorlashingiz mumkin.

Bundan tashqari, mutaxassis pishgan bananlarni muzlatgichga qo‘yib ham uzoqroq saqlash mumkinligini aytgan. U, shuningdek do‘konda bir vaqtning o‘zida sariq va yashil bananlarni sotib olishni maslahat berdi, shunda avval sariq bananlarni yeyishingiz va yashil rangli bananlarning pishishini kutishingiz mumkin.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.