Odatda tashlab yuboriladigan limon po‘stlog‘idan unumli foydalanishning 14 ta usuli
Limon mevasining xilma xil xususiyatlari haqida ko‘pchilik u yoki bu maʼlumotga ega. Ammo uning po‘stlog‘i… u bilan nimadir qilish mumkinmi?Bilasizmi, limon po‘stlog‘i uning suviga qaraganda 10 baravar ko‘proq vitamin, mineral va tolalarni o‘z ichiga oladi. Bunday foydali xususiyatlardan unumli foydalanishning bir qancha usullari bor.
Terini oqartirish uchun
Limon kislotasi oqartiruvchi va tozalash xususiyatiga ega. Qo‘l terisini oqartirish, tirsak va tovondagi dag‘al terini yumshatish uchun ishlatib bo‘lingan limon po‘stlog‘idan foydalaning.
Xushbo‘ylik uchun
Limon po‘stlog‘i, dolchin tayoqchalari va bir nechta chinnigullarni idishga solib, ustidan suv quying va ularni 15-20 daqiqa qaynatib oling, qozon qopqog‘ini oching. Uyingiz hech qanday kimyo vositalarisiz yoqimli xushbo‘y hidlarga to‘ladi.
Dog‘lardan xalos bo‘lish uchun
Limon po‘stlog‘i yordamida siz kofe idishini qaysar qora dog‘lardan tezda tozalay olasiz. Po‘stloqni idish ichiga soling va ustiga issiq suv quying. Uni bir necha soatga qoldiring, so‘ngra idishlarning yon tomonlarini toza mato bilan artib oling — dog‘lar izsiz yo‘qoladi.
Tozalash uchun
Shisha idishni maydalangan limon po‘stlog‘i va isteʼmol sirkasi bilan to‘ldiring. Idishni qopqoq bilan mahkam yoping va ikki hafta davomida qorong‘i joyda saqlang. Keyin infuzionni 1: 1 nisbatda suv bilan aralashtiring. Limon sirkasi — bu o‘jar yog‘ va qattiqlashib qolgan dog‘larida ajoyib taʼsir ko‘rsatadigan va sog‘liq uchun mutlaqo xavfsiz bo‘lgan samarali oshxona tozalash vositasidir.
Noxush hidlarga qarshi kurashish uchun
Foto: “Noviy ochag”
Agar muzlatgichdan yoqimsiz hidlar paydo bo‘lsa, uni qaytadan yuvish vaqti keldi. Ammo agar vaqt yetarli bo‘lmasa, vaqtinchalik yechimdan foydalaning — yangi limon po‘stlog‘ini muzlatkich javonlariga, yaxshisi mevani bir necha bo‘laklarga bo‘lib joylashtirib chiqing.
Mikroto‘lqinli pechni tozalash uchun
Mikroto‘lqinli pechga suv va bir nechta limon po‘stlog‘i solingan shisha idishni qo‘ying. Jihozni to‘liq quvvat bilan 5 daqiqa davomida yoqib qo‘ying. Shunda suv qaynaydi va pech kamerasini bug‘ bilan to‘ldiradi. Jihozni o‘chiring, yana 5-7 daqiqa kuting, so‘ngra mikroto‘lqinli pechning ichki qismini toza nam mato bilan artib oling.
Metall idishlarni yarqiratish uchun
Ishlatib bo‘lingan limonni tuz yoki sodaga botirib, zanglamaydigan po‘latdan yasalgan qoraygan idishlarga surting. Limon kislotasi metallni asl rangi va yorqinligini qaytaradi.
Qattiq qobiqni tozalash uchun
Choynakning devorlaridan qattiq suvdan qolgan qobiqni oson ketkazish uchun uni suv bilan to‘ldiring va ichiga mayda to‘g‘ralgan limon po‘stlog‘ini soling. Suvni 5 daqiqa qaynatib oling, so‘ngra choynak olovini o‘chirib bir soatga qoldiring. Choynak devorlarini shimgichni va idishlarni yuvish vositasi bilan artib oling va yaxshilab yuving.
Chumolilardan himoya qilish uchun
Agar chumolilar uyingizga o‘z uyiday bostirib kelaversa, limon yordamida ulardan xalos bo‘lishga harakat qiling — ular sitrus hidiga chiday olmaydilar!Kichkina po‘stloq bo‘laklarini eshiklar, derazalar va chumolilar uyingizga kirishi mumkin bo‘lgan boshqa joylarga qo‘yib chiqing.
Limon po‘stlog‘i yordamida siz boshqa “chaqirilmagan mehmonlarni” uydan haydashingiz mumkin — burga va suvaraklarni ham.
Dezinfeksiya uchun
Oshxona taxtakachlarini tozalashning eng oson usuli — ularni limon po‘stlog‘i bilan ishqalab, bir necha daqiqaga qoldiring va keyin toza suv bilan yuvib tashlang.
Shakarni saqlash uchun
Jigarrang shakar bir-biriga yopishib qolmasligi uchun ichiga limon po‘stlog‘ini soling. Lekin birinchi navbatda, po‘stloq ichidagi barcha pulpani olib tashlang va pechda bir oz quriting.
Tanani tozalash uchun
Foto: “Noviy ochag”
Yarim stakan shakar va mayda to‘g‘ralgan limon po‘stlog‘ini aralashtiring. Aralashmani zaytun moyi bilan pasta konsistensiyasigacha suyultiring. Skrabni nam teriga qo‘llang, massaj harakatlari bilan muloyimlik bilan ishqalang va suv bilan yuvib tashlang.
Tirnoqlarni oqartirish uchun
Tirnoqlaringizdagi yomon sariq tirnoq izlarini olib tashlash uchun ularni limon po‘stlog‘i bilan ishqalang.
Qirg‘ichni tozalash uchun
Agar qirg‘ichni o‘z vaqtida yuvmagan bo‘lsangiz va unga oziq-ovqat qoldiqlari yopishib qurib qolgan bo‘lsa, limon po‘stlog‘ining yumshoq tomoni bilan sirtini ishqalab, ularni olib tashlashga harakat qiling.
Manba