Salomatlik Ayollar uchun Sabzavotlarni saqlashda ko‘pchilik yo‘l qo‘yadigan 5 ta xato

Sabzavotlarni saqlashda ko‘pchilik yo‘l qo‘yadigan 5 ta xato

O'qildi: 407


Sabzavotlarni saqlashda ko‘pchilik yo‘l qo‘yadigan 5 ta xato

Ko‘pgina sabzavotlarni saqlash unchalik qiyin emas va buning bir nechta usullari bor. “Noviy ochag” nashri taqdim etgan maslahatlar shunchaki vaqtni tejashga yordam beradi.


Foto: “Noviy ochag”

Ushbu oddiy qoidalarga rioya qilish orqali sabzavotlar uzoqroq saqlanadi, ta’mi, hidi va vitaminlarini yo‘qotmaydi.

Yaroqlilik muddati bo‘yicha tartiblash

Sabzavotlarni ko‘p miqdorda sotib olish pul tejashning yaxshi usuli, lekin ularni to‘g‘ri saqlash ham muhimdir. Agar meva va sabzavotlar ulgurji bozorlardan sotib olinsa, ularni qancha vaqt saqlanishi mumkinligiga qarab ajratish lozim.

Kartoshkani piyoz bilan birga saqlash mumkin emas

Kartoshka va piyoz bir oydan ko‘proq vaqt davomida saqlanishi mumkin, lekin ular salqin va qorong‘i joyda bo‘lishi va hech qachon bir-birining yoniga qo‘yilmasligi kerak. Piyoz o‘zidan gaz chiqaradi, bu esa kartoshkaning ko‘karishi va tezroq buzilishiga olib keladi. Sabzi va kartoshkaning saqlash muddati taxminan bir xil, shuning uchun ularni bir xil idishga solib qo‘yish mumkin.

Olmani avokado bilan birga saqlash mumkin

Xuddi shu narsa olma uchun ham amal qiladi: u o‘zidan etilen gazini chiqaradi, bu esa boshqa meva va sabzavotlarning tezroq pishishiga olib keladi. Shuning uchun ularni boshqa oziq-ovqatlardan alohida saqlash kerak. Ammo olma va avokadolarning saqlash muddati bir xil, shuning uchun ularni bir idishga solish mumkin.

Tushlikni oldindan tayyorlamaslik

Sabzavot va mevalarni oldindan tayyorlash vaqtni tejashning yaxshi usuli, ammo ularning ta’mi va rangini saqlab qolishning imkoni yo‘q. Bu karam, brokkoli yoki lavlagi kabi antioksidantlarga boy sabzavot, meva yoki rezavorlarga taalluqli emas. Ular oksidlanmaydi va kesilganda rangini o‘zgartirmaydi. Ammo boshqa ko‘plab sabzavotlar haqida ham shunday deb bo‘lmaydi. Kartoshka, olma, banan, baqlajon yoki avokado kislorod mevaning kesilgan yuzasi bilan o‘zaro ta’sir qilishi bilanoq darhol qoraya boshlaydi. Kesilgan yuzaga limon sharbati surtish yoki sabzavotlarni suvga, mevalarni esa limon kislotasi yoki sirkali suvga botirish orqali bu jarayonni sekinlashtirish mumkin. Ammo oksidlanishning oldini olishning eng yaxshi usuli pishirishni boshlamaguncha ularni butun holda saqlashdir. Aytgancha, sabzi, qovun yoki sitrus mevalari ham kesilgandan keyin yorqin rangini yo‘qotadi.

Kesilgan yoki tozalangan sabzavotlarni sotib olmaslik

Oldindan sabzavotlarni kesib qo‘yish yaxshi emas, chunki u ozuqa moddalarining yo‘qolishiga olib keladi. Foydali vitaminlarning yo‘qolishi kislorod, yorug‘lik va issiqlik bilan ishlov berish natijasida yuzaga keladi va dastlabki ikki holatda ular qobig‘i tufayli aniq saqlanadi. Ularning po‘sti tozalanishi bilan vitaminlar parchalana boshlaydi. To‘g‘ralgan sabzavotlar ham tezroq buziladi, chunki bu shaklda ular karbonat angidridni faolroq chiqaradi. Shuning uchun to‘g‘ralgan va yarmi kesilgan oziq-ovqat mahsulotlarini sotib olish yaxshi fikr emas.

Teng to‘rtburchak yoki bo‘laklarga bo‘lib olish

Sabzavotlarni bir tekis, bir xil bo‘laklarga kesish uchun ko‘p vaqt sarflash mumkin, lekin aslida bu juda muhim va bu birinchi navbatda oshpazlik maktablarida o‘rgatiladi. Bir xil o‘lcham va shakldagi bo‘laklar betartib kesilganlarga qaraganda bir tekisda pishiriladi. Ayniqsa, bu tova yoki pechda pishiriladigan mahsulotlar uchun juda ahamiyatli. Mayda to‘g‘ralgan mahsulotlar katta bo‘laklarga qaraganda tezroq pishadi. Ammo turlicha to‘g‘ralgan mahsulotlar esa bir tarzda pishmaydi, katta bo‘laklarga maromiga yetib pishgunga qadar maydalari ezilib ketadi.

Dumaloq sabzavotlarning chetini kesib olish

Piyoz, kartoshka, pomidor yoki lavlagi kabi dumaloq shakldagi sabzavotlar oshxonada eng xavfli oziq-ovqat hisoblanadi. Dumaloq shakldagi sabzavot va mevalar ko‘pincha taxtakachda sirg‘alib ketishi mumkin. Dumaloq mevalarni kesishning eng yaxshi usuli — ularni to‘g‘ri ushlab turish va iloji bo‘lsa, sabzavot yoki mevani har doim bir chetini kesib olishdir.

Sabzavotlarning ko‘p turlari, masalan, kartoshka, qo‘ziqorin, ismaloq suvda eriydigan vitaminlar, jumladan, B va C vitaminlarini o‘z ichiga oladi. Qaynatilganda, vitaminlar sabzavot pishirilgan suvga kiradi, ammo suv to‘kib tashlanadi. Shuning uchun, ularni bug‘da pishirish tavsiya etiladi. Bu ko‘proq ozuqa moddalarini tejash imkonini beradi.

Shuni ham yodda tutish kerakki, A, D, E va K vitaminlari yog‘ bilan pishirilganda yaxshiroq so‘riladi. Misol uchun, karam, brokkoli yoki sariyog‘ bilan pishirilgan kartoshka suvda qaynatilgandan ko‘ra foydalidir. Agar ular bug‘da pishirilsa, taomga zaytun yoki sariyog‘, smetana yoki sous  qo‘shish mumkin.



Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.