Salomatlik Ayollar uchun “Telefoningizdan kamida bir yarim metr uzoqlikda uxlang”. Mashhurlarning uyqu haqidagi eng yaxshi maslahatlari

“Telefoningizdan kamida bir yarim metr uzoqlikda uxlang”. Mashhurlarning uyqu haqidagi eng yaxshi maslahatlari

O'qildi: 285


“Telefoningizdan kamida bir yarim metr uzoqlikda uxlang”. Mashhurlarning uyqu haqidagi eng yaxshi maslahatlari

Yaxshi uyqu — insonning salomatligi, tetikligi va o‘zini yaxshi his qilishning kaliti hisoblanadi. Biroq hamma ham yetarli darajada uxlay olmaydi. The Voice nashri mashhurlarning sog‘lom va yaxshi uyqu haqidagi maslahatlarini taqdim etdi.

Jennifer Eniston

Foto: “Yandeks.ru”

Aktrisa Jennifer Eniston intervyularining birida: “Maslahatim telefoningizdan kamida bir yarim metr uzoqlikda uxlang. Bu yaxshi uxlashga juda ko‘p yordam beradi”, — deb aytgan.

Merayya Keri

Foto: “Yandeks.ru”

Xonanda havoni namlantiruvchi vositalar bo‘lgan xonada uxlaydi va yotoqxonasini saunaga qiyoslaydi. Maxsus pardalar Merayyaning terisiga tomchilar tushishidan himoya qiladi.

Tom Kruz

Foto: The Voice

Aktyor uzoq vaqt davomida uyqu bilan bog‘liq muammolarni boshdan kechirdi va xonasini snoratorium bilan jihozladi, Tom ovoz o‘tkazmaydigan kichik qorong‘i xonada uxlaydi.

Lea Mishel

Foto: The Voice

Aktrisaning yaxshi uxlash borasidagi siri oddiy, u uyqugag yotishdan yarim soat oldin bir piyola limonli choy ichish kerak, deb hisoblaydi.

Gvinet Peltrou

Foto: The Voice

Aktrisa o‘z do‘koni uchun o‘ylab topadigan g‘alati narsalar uning muxlislari tomonidan keng muhokama qilinadi, lekin u haqiqatan ham sog‘lom turmush tarzi haqida ko‘p narsalarni biladi. Gvinet har kecha uyquga yotishdan oldin dush qabul qiladi.

“Bu meni tinchlantiradi va ortiqcha energiyadan xalos bo‘lishimga yordam beradi. Menda barcha turdagi tuzlar, moylar va skrablar bor, suzishni juda yaxshi ko‘raman.

Miranda Kerr

Foto: “Yandeks.ru”

Model uxlashdan oldin lavanda spreyidan foydalanadi. “Men yostiqqa va yuzimga lavandadan tayyorlangan spreyni sepaman, bu mening ritualim. Lavanda tinchlantiradi va tezroq uxlashga yordam beradi”, — deydi Miranda.

Gal Gadot

Foto: The Voice 

Aktrisa uyquga yotishdan oldin bir stakan apelsin sharbatini ichadi, unda ko‘p miqdorda C vitamini mavjud. Bundan tashqari, u uxlashdan oldin doim makiyajini tozalaydi va shu bilan dam oladi.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.